Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {masala}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-sa-la
Izoh(lar)i:
masala ot

1. 1. Muhokama, munozara bilan hal etilishi lozim bo‘lgan narsa, ish, vazifa, muammo. Uy-joy masalasi. Iqtisodiy masala. Hayot-mamot masalasi. Masalani hal qilmoq. Qo‘yilgan masala ikki kun davom etgan seminar yig‘ilishida atroflicha muhokama qilindi. N. Safarov, Olovli izlar
Ikki chol o‘zlarini tashvishga solgan muhim masalaga ham javob topmaganlar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Bahs, muhokama, munozara va shu kabilar mavzui. Masala yana xat ustiga o‘tib, Otabek qushbegidan so‘radi: — Qo‘lingizdagi maktub bilan, ehtimol, biz oqlangan chiqarmiz? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kampir bo‘lsak ham, majlisga masala bo‘lib o‘tiribmiz. A. Muxtor, Opa-singillar
Notiq O‘rta Osiyoda tub oltin konlari va ularni o‘rganish masalalari ustida to‘xtaldi. S. Karomatov, Oltin qum

3. 3. Umuman, biror shaxs yoki narsa bilan bog‘liq bo‘lgan, nazar-e’tiborda turgan ish, gap va shu kabilar. Hozirgina o‘ylab turgan jo‘nash masalasi ham uning esidan chiqqan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.
— Buning masalasi oson, oqsoqol, — dedi Sodiq aminga, uning o‘yga tolib turganini ko‘rib. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ertagayoq masalangizni dekanatga qo‘yamiz. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Mexanizator kadrlar tayyorlash masalasi keng yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston qo‘riqlari

4. mat. at. Ma’lum sonlar va tegishli munosabatlar asosida noma’lum sonlarni topish haqidagi matematik vazifa. Masalalar to‘plami. Doskaga bir masala va ikkita misol yozilgach, ba’zi bilag‘on bolalarning chehrasi yorishib ketdi. F. Azizxo‘jayev, Yashil chayla
Masalani to‘g‘ri yechdi-yu, oqqa ko‘chirayotganda, vaqt tugab qoldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

5. 5. Diniy mavzudagi tortishuv, munozara yoki va’z. Masala aytishmoq. Nima uchundir [Husayn Boyqaro] shayxulislomdan shariatga doir bir masalani so‘radi. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.