Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {marvarid}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-va-rid
Izoh(lar)i:
marvarid ot

1. Ba’zi mollyuskalar (yumshoq tanlilar)ning chig‘anog‘idan olinadigan oq, sarg‘ish, qizg‘ish, ba’zan qora qimmatbaho donacha; dur. Qozikalon sandiqlarni ochib ko‘rsatdi: ba’zisida olmos, yoqut, aqiq, zumrad va marvarid to‘la edi. S. Ayniy, Doxunda
Uning qoshi-da o‘sma, kaftida xina arimas, qulog‘idan zirak, qo‘lidan qo‘sh uzuk, bo‘ynidan marvarid shodasi tushmasdi. M. Mansurov, Yombi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.