Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {martaba}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-ta-ba
Izoh(lar)i:
martaba ot

1. Daraja, bosqich; qadr-qimmat, obro‘; mavqe, o‘rin] ayn. marta. Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida o‘z husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor bo‘lgan haram kanizlaridan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

2. 1. Daraja; obro‘; mavqe, o‘rin] 1 Jamiyat o‘rtasida erishilgan obro‘, e’tibor, nufuz. Shu-shu bo‘ldi-yu, Norbuvining martabasi oshib, har bir ma’raka uning maslahatisiz bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. H. Shams, Dushman
— Rahmat, jon bolam, eson-omon bo‘lsang bo‘lgani, tengquring orasida martabangni tushirma, — degan edi onasi. A. Muxtor, Tug‘ilish.

3. 2. Mansab, lavozim, amal. Oliy martaba. Martabaga minmoq. Kelajakda o‘g‘lining katta martabaga erishmog‘ini umid qilardi. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. martaba I Ot
lavozim, e’tibor, nufuz

2. martaba II hisob so‘z
marta, qatla

Paronimi: marotaba – [a] Daf’a, marta.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.