1. 1. Olg‘a qarab yurish, harakatlanish
2. 2. Safda baravar qadam tashlab yurish.
Tantana marshi. Marsh qilmoq.
3. 3. Qo‘shinning tashkiliy ravishda yurish qilib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi (piyoda yoki transport vositalarida).
Polk ikki kunlik marshdan keyin bepoyon, qalin bir o‘rmonga o‘rnashganicha, uzoq vaqt qolib ketdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
4. 4. Harbiy yurishlarda, paradlarda ishtirok etuvchilarni ruhlantirish, ularning hissiyotiga ta’sir etish maqsadida yozilgan musiqa asari.
Zafar marshi.
▬
Yolg‘izlikdan zerikib, radioni qo‘ydi. Allaqanday marshlar chalinyapti.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
5. 1. Safning yurish boshlashi uchun beriladigan buyruq, komanda.
Olg‘a marsh!
6. s.t s.t . Yo‘qol, jo‘na
Hozir uy-uylaringga marsh!
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.