1. 1. Yugurish musobaqalarida, poygada bosib o‘tiladigan yo‘lning oxirgi nuqtasi.
Marraga birinchi bo‘lib bormoq.
▬
Hamma poygada marraga yetay deb qolgan chavandozning hayajoni bilan yashaydi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
U o‘zini marraga yetay deb qolgan sportchidek sezib, yuragi hapriqdi.
S. Siyoyev, Otliq ayol
2. 2. Safarning oxirgi yeri; manzil, mazgil.
Karvon sahar chog‘ida marraga yetib keldi. Oybek, O.
v. shabadalar.
3. 3. Biror ishning oxiri yoki oldindan mo‘ljallab qo‘yilgan hajmi.
Tursunmat aka kelgusi yili 40 sentnerlik marrani ko‘zlayapti.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Kanop ekuvchi xo‘jaliklar uch ming tonna kanop tayyorlash marrasidan birinchi marta o‘zib ketdilar.
Gazetadan
4. harb. rb. Qo‘shin egallab turgan chegara, chiziq, pozitsiya.
Dushman qo‘shimcha kuchlar keltirib, bosib olgan marrani mustahkamlayapti.
T. Rustamov, Mangu jasorat
Mahalliy aholi yordami tufayli biz, kishi bilmas, hujum marrasini egalladik.
N. Safarov, Olovli izlar
5. 5. Kesim vazifasidagi-niki qo‘shimchali so‘z bilan (asosan shaxs olmoshlari yoki shaxs bildiruvchi so‘zlar bilan) qo‘llanib, yutuq, g‘alaba shu so‘z anglatgan shaxs(lar)ga tegishli bo‘lishini bildiradi.
Yetib kela olsa, marra
Salimniki. Bopladi, endi marra do‘stingniki
Agar biror kattaroq idorada tuzukroq tanishing bo‘lsa, marra seniki!
Tanish basharalar
Kech deganda martning birinchi yarmida chigitni ekib olsak, marra bizniki.
N. Safarov, Uzoqni ko‘zlagan qiz