1. 1. Diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbir, yig‘in.
Diniy marosimlar. To‘y marosimi. Dafn marosimi.
▬
Kelasi juma maxdumning uyida to‘y ijro qilinib, marosimdan so‘ng Ra’no o‘rdaga yuboriladigan bo‘ldi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. 2. Tantanalar bilan o‘tkaziladigan rasmiy yig‘in.
Kanalning ochilish marosimi. Mukofot berish marosimi.
▬
Po‘ttiyev shu dolzarb kunlarda dalaga emas, tantanali marosimga otlangan kishiday bashang kiyingan.
S. Karomatov, So‘nggi barxan
Adolat marshalning parad qabul qilish marosimini birinchi marta ko‘rayotgani uchun qora ko‘zlari nurlanib chaqnardi.
I. Rahim, Chin muhabbat