Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {markaziy}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-ka-ziy
Izoh(lar)i:
markaziy sf

1. mat. at. fiz. Markazga oid, markazda joylashgan. Markaziy nuqta.

2. Boshqa o‘ziga o‘xshash ob’yektlar markazida, o‘rtasida joylashgan. Markaziy ko‘cha. ▬ Bugungi kunda markaziy posyolka gavjumlashib qoldi. Gazetadan

3. Asosiy, muhim. Markaziy masala. Markaziy o‘rinni egallamoq. ▬ Sattor yumushlarini zudlik bilan to‘g‘riladi-yu, markaziy uchastkaga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston qo‘riqlari

4. Quyi tashkilotlarga rahbarlik qiluvchi. Markaziy komitet. Markaziy organ. Markaziy bank.

5. Biror ish, faoliyat sohasidagi kichik mahalliy bo‘limlarni birlashtirib, boshqarib turuvchi; bosh. Markaziy saylov komissiyasi. Markaziy statistika boshqarmasi.

6. Markaz hisoblanuvchi, markaz bo‘lgan. O‘lkamizda bog‘dorchilik shu qadar taraqqiy etganki, yetishtirilgan noz-ne’matlarni o‘zimiz iste’mol qilishdan tashqari, qo‘shni mamlakatlarning markaziy shaharlariga ham yuboramiz. Gazetadan

7. Markazga oid, qarashli ( Uning ustidan markaziy idoralarga shikoyat bilan to‘lgan uzun-uzun arizalar ucha berdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Mahalliy va markaziy gazetalardan olingan ko‘chirmalar bilan bezatilgan nutqining o‘n minutlik davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, Notiq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.