Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {markaz}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-kaz
Izoh(lar)i:
markaz ot

1. 1. O‘rtalik, o‘rta yer; holat, mavqe, vaziyat

2. 2. Mat., fiz. Geometrik shaklning o‘q chiziqlari kesishadigan, masalan, shar sirtining barcha nuqtalaridan baravar uzoqlikda bo‘lgan nuqta, geometrik yoki fizik nisbatlarning o‘rta nuqtasi. Ellips markazi. Linza markazi. Simmetriya markazi. Og‘irlik markazi.

3. 3. Biror sath, maydon va shu kabilarning o‘rta qismi; o‘rtasi. Cho‘l markazida qad ko‘targan posyolkaga aholi ko‘chib kela boshladi. Gazetadan

4. 4. Ko‘chma Ahamiyati, mohiyati va shu kabilar jihatdan asos, asosiy hisoblanuvchi joy, qism, o‘rin va boshqalar Asar markazida bisotlaridagi yolg‘iz eshaklarini minib, safarga chiqqan ota va o‘g‘il obrazlari turadi. O‘TA
Go‘sht tayyorlash, aholi dasturxoniga go‘sht mahsulotlari yetkazib berishdagi qing‘ir ishlar markazida go‘sht kombinatlari turadi. Gazetadan

5. 5. Aholi yashaydigan joyning ma’muriy binolar, savdo va boshqa muassasalar o‘rnashgan asosiy qismi. Shahar markazi. Qishloq markazi. Qaysi kuni markazdan kelgan vrach Hanifa xolaning kasali rak ekanini aytgan edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

6. 6. Biror faoliyat sohasida asosiy ish olib boriladigan joy. Matbuot markazi. Ilmiy markaz. Yaqinda O‘zbekiston atom markazining to‘ng‘ich inshooti — respublika Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy-tadqiqot reaktori ishga tushdi. Fan va turmush

7. 7. Ayn. poytaxt. Toshkent — Respublikamizning markazi. Uning [Musulmonqulning] istibdodi o‘zga shaharlarda uncha sezilmasa ham, markaz — Qo‘qon odamlarini juda to‘ydirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

8. 8. Tar. Oliy boshqaruv, rahbarlik organi. Markaz ko‘rsatmalariga amal qilmoq. Yopiray, — dedi Mavlon aka o‘ziga o‘zi, — nahotki Markazdagilar bunaqa ishlarga indamasa? H. G‘ulom, Mash’al

9. 9. Fiziol. Nerv hujayralarining organizmning biror faoliyatini boshqaruvchi ma’lum guruhi. Harakat markazi. Nafas markazi. Miya po‘stlog‘i markazlari.

10. 10. Diqqat markazidagi yoki diqqat markazida turgan Asosiy diqqat-e’tiborni o‘ziga tortib turgan. Yolg‘izi’g‘lini jangga yo‘llash Me’mor xonadonining diqqat markazida edi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.