Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {marjon}
So‘z bo‘g‘inlari: mar-jon
Izoh(lar)i:
marjon ot

1. 1. Suv ostidagi qoyalarga buta shaklida to‘da-to‘da bo‘lib yopishib olib, qo‘zg‘almay yashovchi dengiz jonivori.

2. 2. Shu jonivorlarning ohakli skelet qoldiqlari (munchoq va boshqalar bezak buyumlari yasash uchun ishlatiladi).

3. 3. Munchoq va shu kabilarni ipga tizib yasalgan, bo‘yinga taqiladigan bezak buyumi; taqinchoq. Bo‘ynida shoda-shoda marjon.

4. ko‘chma hma Narsani marjonga, marjon qatoriga nisbatlab ifodalaydi; marjondek. Rang kirib qolgan jiyda marjonlari gulga o‘xshab tovlanadi. S. Zunnunova, Go‘dak hidi
Bir mahal qarasam, ko‘zlarida marjon yoshlari oqib, onam tepamda turardi. P. Nishonov, Ota o‘g‘li

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.