1. 1. Rahm-shafqat yuzasidan ko‘rsatiladigan iltifot, himmat, yaxshilik.
Do‘stlarning marhamati. Marhamat ko‘rmoq.
▬
Agar mening bu xizmatim xon janobining marhamatiga loyiq ko‘rilur ekan, — dedi hoji, — menga eng manzur bo‘lgan mukofot o‘g‘limning ozod qilinishidir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Xon hazratlari, farzandimni, xonumonimni — hammasini marhamatingizga topshirdim.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. und. s. s. Taklif yoki rozilik bildiruvchi so‘z.
— Cheksam maylimi? — Marhamat! [Maysara:] Qani, taqsirim, to‘rga marhamat!
Hamza, Maysaraning ishi
3. 3. Marhamat (xotin-qizlar ismi).