1. 1. Erishish, amalga oshirish uchun ko‘zda tutilgan narsa, murod, muddao.
O‘qishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoq. Maqsadga yetmoq. Maqsadga erishmoq. Xoljon bekaning shaharga tushishidan maqsadi Shernazarboyni bir ko‘rish edi.
J. Sharipov, Xorazm
2. ko‘m. vzf. :f.: 3-sh. egalik, o‘.-p. k. qo‘shimchalari bilan (maqsadida) maqsad, sabab munosabatini bildiradi: uchun; niyatida.
[Hasanali] Otabek bilan birga choy ichish maqsadida, ertalab Oybodoqning damlangan choyiga bormay, Otabekning uyg‘onishini kutib yurdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar