Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maqol}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-qol
Izoh(lar)i:
maqol ot

1. Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap. O‘zbek xalq maqollari. Maxdum Anvarning biror kambag‘al bilan ezilishib o‘tirganini ko‘rsa Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar maqoli ko‘p to‘g‘ri so‘z, deb o‘ylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Maqol grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma.To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ko‘ngli qoraning yuzi qora.Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Maqolning aksariyati qo‘shma gap shaklli bo‘ladi: 1. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. 2. Bekorchining beti yo‘q, qozon osar eti yo‘q. 3. Bodom po‘sti bilan, odam do‘sti bilan. 4.Kamtar bo‘lsang osh ko‘p, manman bo‘lsang, tosh ko‘p.Sodda gap tipidagi maqol ham tilda ancha: 1. Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas. 2. Arg‘amchiga qil quvvat. 3. Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r. To‘liqsiz gap shaklli maqol ham ko‘p uchraydi: 1. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan(qaytmas). 2. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda(bilinadi). Maqol tugal fikr bildirishi, ibora bir so‘zga teng tushuncha anglatishi, matal esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdek «chala» fikr ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazmuni obrazli va ko‘chma xarakterda bo‘lishi bilan o‘xshash.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.