1. 1. Kishining bilim va ongini oshirish, umumiy saviyasini ko‘tarishga qaratilgan ta’lim-tarbiya, ilm-urfon; ma’rifat.
Maorif ishlari. Maorif tarqatmoq.
▬
Navoiy zamonasida fan va madaniyat, maorif yaxshi taraqqiy etgan.
Gazetadan
2. 2. Ta’lim-tarbiya va madaniy-ma’rifiy muassasalar tizimi; shunday ishlarni boshqaruvchi idora.
Bu haqda boshqa fikr bo‘lmagani uchun, maorifdan boshqa muallim so‘rashga qaror qilindi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari