1. 1. To‘g‘ri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan.
Nasriddin Tusiy jabr, tib va mantiq nazariyasi bilimlarining boshqa soha,siri bo‘yicha ham ko‘pgina kitoblar yozgan.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Gap, fikr, harakat va shu kabilarning aqlga monandligi, asosliligi.
Xotinining bu gapi Bo‘taboy akaning jon-jonidan o‘tib ketdi, lekin bundagi kuchli mantiq tilini bog‘ladi-yu, hech narsa deyolmadi.
A. Qahhor, Qo‘shchi-nor
Studentlar ham qiziq-da. Bir-birlariga hech aqlga sig‘maydigan, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan laqablar qo‘yishadi.
F. Musajonov, Himmat
3. 3. Ichki qonuniylik, qonuniyat.
Nedir, nedir hayot mantig‘i? O‘sish, qarish qonuni nega?
M. Shayxzoda
Mantiq talabi shu erur, shohim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik