Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mangulik}
So‘z bo‘g‘inlari: man-gu-lik
Izoh(lar)i:
mangulik ot

1. kt. kt. Abadiylik, abadiyat. Mangu hayot nimada asli? Bormi o‘zi cheksiz mangulik? To‘lqin.
O‘ylay — mangulikning bu oynayi jamolida Kim qolarkan sevgiday abadiy va suyukli. A. Oripov

2. sft. ayn. yn. Abadiy. Mutalning boshi shilq etib, loyxonaga tushdi-da, mangulik uyquga ketganligi ma’lum bo‘ldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
U — mening hech bitmas quyoshim. U — mening mangulik quyoshim. Guldasta

3. 3. Mangu ekanlik. Kimki quyosh haroratining manguligin his qilmoqchi bo‘lsa, uni ham diyorimdan topadi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.