Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {manba}
So‘z bo‘g‘inlari: man-ba
Izoh(lar)i:
manba ot

1. geogr. gr. Daryolarning boshlanish joyi.

2. 2. Biror narsa olinadigan, chiqadigan yoki ishlab chiqariladigan joy, qurilma va shu kabilar Xomashyo manbai. Gaz manbalari. Elektr manbai. [Bu yerlar] Shirin-shakar mevalar va qovun-tarvuz makoniga, arpa-bug‘doy, makka va sabzavot manbaiga aylanadi. S. Karomatov, So‘nggi barxan

3. ko‘chma hma Biror narsa, ish-harakat va shu kabilarning yuzaga kelishi, faoliyat uchun asos-omil bo‘lgan narsa; sabab. Ilmsizlikni nochorlik va noshudlik, alam va sitam, xo‘rlik va baxtsizlik manbai deyishadi. F. Musajonov, Himmat

4. 4. Ilmiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lgan asar, hujjat va shu kabilar Bu [Hindiston safarnomasi] Hindiston bilan O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni o‘rganishda foydali manbadir. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.