Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mana}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-na
Izoh(lar)i:
mana ys

1. olm. lm. So‘zlovchining qo‘lida yoki yaqinida turgan narsani, bo‘layotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqea, hodisani ko‘rsatishda ishlatiladigan so‘z. — Kitobing qani? — Mana, Mana kechagi aytgan o‘rtog‘im. — Mana, bekachim, — dedi kulib To‘ybeka, — Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam, achchiqlanding, ammo kelib-kelib seni o‘shanga berdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Mana, ikki oyning ichida yaydoq dala yuzi yam-yashil g‘o‘za nihollari bilan qoplandi. Gazetadan

2. 2. Ko‘rsatish olmoshlari oldida kelib, kuchaytiruv va ta’kid bildiradi. Urushga orzumandmisiz, mana bu boyvachcha ukangizni olib jo‘nay bering, yo‘l ochiq. Oybek, Tanlangan asarlar

3. yukl. kl. Alohida ta’kid bildiradi. Yigitlarni eltib, to‘ppa-to‘g‘ri o‘q tagiga haydaydilar, mana, keyin eshitib qolarmiz. Oybek, Tanlangan asarlar
Mana, boshqarma plan bo‘limida uni rosa qizartirishdi. S. Ahmad, Bosh og‘rig‘i

4. 4. Undov gapda hayrat, kinoya, taajjub kabi ma’nolarni bildiradi. Ana husn-u mana malohat! Mana bama’nilik! Mana ilm-u qobiliyat! Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. mana man deb: o‘zini o‘zi ko‘rsatib

1. Bu – mana – ana – o‘sha
Ma’nosiga ko‘ra
(ishoradagi uzoq-yaqinligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.