Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maktab}
So‘z bo‘g‘inlari: mak-tab
Izoh(lar)i:
maktab ot

1. 1. O‘qituvchi rahbarligida yosh avlodga savod o‘rgatib, uni ma’lumotli qiluvchi ta’lim-tarbiya muassasasi. Boshlang‘ich maktab. Internat maktab. O‘rta maktab. Maktabga kirmoq. Bolani maktabga bermoq. Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi, odob-axloq o‘rgatishi shart. Gazetadan

2. 2. Kasb, hunar, ixtisos o‘rganiladigan o‘quv yurti. Musiqa maktabi. Shofyorlar maktabi. Hunar maktabi. Toshkent xoreografiya maktabining tashkil etilganiga ellik yil to‘ldi. Saodat

3. 3. Ilm-fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasida biror oqim, yo‘nalish. Maktab yaratmoq. Maktab yaratgan olim. Hozirgi vaqtda bemalol badiiy tarjimada Oybek maktabi, Abdulla Qahhor maktabi, Mirtemir maktabi haqida gapirish mumkin. G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish

4. 4. O‘rganish, tajriba orttirish, o‘rnak olish manbai. Hayot zo‘r maktab ekan, haqiqiy fikrlar vujudga kelayotir. Oybek, Nur qidirib

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bog‘cha – maktab – litsey – kollej – institut – universitet
Ma’nosiga ko‘ra
(ta’lim-tarbiya ko‘lami va salohiyatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.