Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {makon}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-kon
Izoh(lar)i:
makon ot

1. 1. Vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini aks ettiruvchi, materiyaning masofa va hajm bilan belgilanadigan asosiy obyektiv yashash shakllaridan biri.

2. 2. Turarjoy, yashash joyi; maskan, vatan. Birga-birga makonima boraylik, Sendayin miskinning ko‘nglin olaylik. Shirin bilan Shakar
Umrim bino bo‘ldi Ozarbayjonda, Kechdi bolaligim u gul makonda. M. Shayxzoda.
Ular [uch og‘ayni botirlar] tushgan to‘qayning narigi tomonida bir sherning makoni bor edi. Ertaklar
Otaginangning chaylasiga yur. Sen ketgandan beri makonim shu yer. H. G‘ulom, Mash’al

3. 3. Biror narsa to‘plangan yoki ko‘p bo‘lgan joy; kon. Kampirning mish-mishlariga ko‘ra, ajina va alvastilar makoni bo‘lgan bu ovloq joy obod bir sayilgoh bo‘lib qoldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Bag‘ring keng, yering oltin, orombaxsh, go‘zal, obod, Bag‘ringni, orzuyim bor, kuylarga makon etsam. T. Tula.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. makon tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.