Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {majburiyat}
So‘z bo‘g‘inlari: maj-bu-ri-yat
Izoh(lar)i:
majburiyat ot

1. 1. G‘ayriixtiyoriy vazifa, burch yoki biror majburiy ish, holat, ehtiyoj. Toshkent jo‘nash uchun o‘zida majburiyat his etar., boshqa chora yo‘q edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Xaloyiq ham sekin-asta tarqaldi — hokim kelmagan, oftobda sarg‘ayishning majburiyati qolmagan edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Mehnat ahllarining biror ishni bajarish uchun bergan qat’iy va’dasi. Zveno bo‘yicha majburiyat har gektaridan o‘n bir sentner edi, hozir o‘n to‘rt berdik. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ikki brigada musobaqalashib, yuqori majburiyatlar olgan. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.