Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {maishat}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-i-shat
Izoh(lar)i:
maishat ot

1. 1. Kundalik tirikchilik, yashash. [ Boy:] Mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi. Ertaklar
Otam o‘lib, maishatim tanglikda qoldi. G‘. G‘ulom, Tirilgan murda

2. s. t. t. Kayf-safo, aysh-ishrat. Hoji-xonni aysh-ishratlar, shohona maishatlar charchatdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Halol mehnat bilan qilgan maishat noravo bo‘lmas. Habibiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.