Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahsul}
So‘z bo‘g‘inlari: mah-sul
Izoh(lar)i:
mahsul ot

1. 1. Ish, faoliyat, mehnat samarasi, mevasi. Ijodiy mehnatning mahsuli. U ko‘tarinki kayfiyatda edi, kechagi, bugungi ish mahsulidan xursand. M. Xayrullayev, Ko‘ngil

2. ayn. yn. Mahsulot. Og‘ir sanoat mahsuli. Paxta bizning g‘alabamizni belgilab beruvchi asosiy mahsulimizdir. Gazetadan

3. 3. Hosil, unum. Yer ham tirik jon. Insondek nafas oladi, oziqlanadi, nihoyat, mahsul beradi. S. Karomatov, So‘nggi barxan
Dehqon osmonga qarab, yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab, mo‘l mahsulidan suyunadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

4. ko‘chma hma Biror narsadan yuzaga kelgan narsa; natija. Yigitalining rangiga bir oz zahillik uribdi. Bu muttasil davom etib kelayotgan uyqusizlik, adadsiz iztiroblarning mahsuli, albatta. D. Nuriy, Osmon ustuni
Xulosa shu: ehtiros yo‘q, bu ezmalik, beparvolik mahsuli. Mushtum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.