Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahram}
So‘z bo‘g‘inlari: mah-ram
Izoh(lar)i:
mahram ot

1. tar. ar. Buxoro va Xiva xonligida: saroy amaldorlarining yozishma ishlarini boshqargan lavozimli kishi va uning mansabi. Karvonboshi amir haqiga uzun duo qilgandan keyin yonini ochib, mahramga yigirma tanga xizmatona berdi. S. Ayniy, Qullar

2. esk. sk. Ishonchli xizmatkor, cho‘ri. Mahramlar piyolalarda may keltiradilar. Yoshlik

3. esk. sk. Sirdosh do‘st, hamdam. Hasanali Otabekka mahram bo‘lishga loyiq bir mehri-bonlikka ega bo‘lganlikdan bek bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Eng yaqin o‘rtog‘i Zebixon bo‘lib qoldi. Ikkalasi sirdosh, mahram. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

4. din. in. Shariatga ko‘ra, ayol kishi yuzi ochiq holda ko‘rishishi mumkin bo‘lgan, ammo nikoh noravo bo‘lgan yaqin erkak qarindosh (ayolning otasi, o‘g‘illari, aka-uka, amaki, buva, tog‘a, qaynotasi); zid. nomahram.

5. sft. ft. Man qilingan, taqiqlangan; boshqalardan sir tutiladigan, maxfiy; nojoiz. Keling endi, birpas totuv bo‘lib, mahram gaplardan gapirishib, ko‘ngildagi kuduratlar-ni yozaylik. Hamza, Boy ila xizmatchi

6. etn. tn. Ayn. bachcha. Avval uni [Mamaraimni] mullavachchalar sudradi, keyin imonsiz mudarris o‘ziga mahram qilib oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.