Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahmadona}
So‘z bo‘g‘inlari: mah-ma-do-na
Izoh(lar)i:
mahmadona ot

1. 1. O‘zini bilag‘on hisoblab, bilar-bilmas, har qanday gapga aralashaveradigan. Sultonovgina tili biyron mahmadonalarning adabini berib, joyiga o‘tqizadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Ishlarimizning qadrini mana shunaqa hovliqmalar, mahmadonalar, rasmiyatchilar tushiryapti. P. Qodirov, Uch ildiz

2. 2. Yoshiga nisbatan ko‘p gap biladigan; gapdon, qaqildoq. Usta Mahkamning kichik qizi Inobat mahmadonagina chiqqan. S. Ahmad, Sud
Ko‘p mahmadona bola ekan, hech chakagi tinmaydi. Yoshlik

Antonim(lar)i: kamgap , kamsuxan
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.