1. 1. Hukm qilingan.
Qiz kechgacha boloxonadagi qorong‘i qaznoqda teshikdan mo‘ralab, dor yog‘ochi osti-da jallodning sirtmoq solishini kutgan mahkumday, taqdirga tan berib, otasini kutdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
sharmandali o‘limdan xalos aylang. Men sizdan dor talab qilaman. Mahkumning so‘nggi iltimosini mustajob etmoq siz uchun farzdur.
S. Siyoyev, Avaz
2. (j. k. s. bilan) an) Taqsiri shu kelishikdagi so‘z anglatgan narsa bilan bog‘liqligini, shu narsa yuz berishini, qismati shu bilan yakunlanishini bildiradi.
Eski dunyo — odamlarni ekspluatatsiya qilish va xalqlarni ezish dunyosi halokatga mahkum.
Gazetadan
Kambag‘allar ham musulmonchilikka isnod keltirmaslik uchun, qarz badaliga bo‘lsa ham, katta to‘y o‘tkazib, umrbod qashshoqlikka mahkum bo‘lardi.
J. Sharipov, Xorazm
3. 3. Birovning amrida, hukmida bo‘lgan, qaram, tobe.
Meningcha, bu — mustamlakaning — metropoliyaga, mahkum millatning — hokim millatga, mazlumning zolimga qarshi qo‘zg‘alishi.
A. Qahhor, Sarob