Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahkam} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mah-kam-la-moq
Izoh(lar)i:
mahkam sf

1. Buzilish, o‘zgarish kabilarga chidamlilik darajasi yuqori: puxta, mustahkam. Mahkam imorat. Eshikni mahkam berkitmoq. ▬ G‘azal to‘laligicha o‘z qalbiga ko‘chib, xotirasida mahkam o‘rnashib qolganidan, o‘zida yo‘q sevinib, og‘zining tanobi qochdi. K. Yashin, Hamza

2. ko‘chma hma Turg‘un, o‘zgarmas, sabotli. Mahkam iroda. ▬ G‘ulomjon fikrida, qarorida mahkam edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. Zo‘r kuch bilan, qattiq. Ko‘lni mahkam qismoq. Mahkam ushlamoq. ▬ Yugurib borib, mahkam quchoqlab oldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Mahkam (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mustahkam [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.