1. tar. ar. Hukm qiluvchi, hukm chiqaruvchi idora; sud.
Hokim mahkamasi. Politsiya mahkamasi.
▬
Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil bo‘ldi va qush-begining haqiga duo qilib, uchovlari mahkamadan birgalashib chiqdilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Umuman, boshqarma, idora.
Mahalla fuqarolari u muttahamdan shikoyatlanib, qozixona va boshqa mahkamalarga arizalar topshirishlariga qaramay, har saylovdan Olimxon sip-silliq chiqadi.
Oybek, Tanlangan asarlar