Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahalla}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-hal-la
Izoh(lar)i:
mahalla ot

1. 1. Shaharning ma’lum bir hududni o‘z ichiga olgan va aholisi bir jamoaga birlashgan, o‘zini-o‘zi boshqarishga asoslangan ijtimoiy-hududiy bo‘lagi. Mahalla faxrlisi. Mahalla qo‘mitasi raisi. Mahalla jamg‘armasi. Mahalla idorasi. Toshkentning Yangiobod mahallasi. boy salmoqli ravishda gapira boshladi: — Alhamdulillo, hammamiz musulmonmiz, bir otaning bolalarimiz, bir mahalladamiz, tobutkashmiz, har kun bir-birimizga salom-alik qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
Bu ishga butun mahalla ahlini ko‘tarib, oyoqqa turg‘izgan kim? Guldasta

2. 2. Ayni bir hudud (mahalla)da yashovchilar; mahalla oqsoqollari. To‘y masalasida mahalla nima desa, shu bo‘ladi.

3. 3. Mahalla kengashi va u o‘rnashgan bino; mahalla guzari. Men mahallaga bir chiqib kelay-chi, nima yangilik bor ekan.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mahalla – guzar – daha – mavze
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

2. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.