1. 3-sh. birl. rl. (mag‘zi) 1. Danak, yong‘oq kabi qattiq po‘choqli mevalarning ichki qismi.
Danak mag‘zi. Yong‘oq mag‘zi.
▬
Ipga chizilgan bir shoda mag‘izni bilagiga osib olgan Dilshod xursand, ikki yuzi anordek qizarib turar edi.
S. Zunnunova, Go‘dak hidi
2. 2. Biror narsaning ichki qismi.
Mirishkorlik bilan taralgan suv yerning mag‘iz-mag‘ziga singib, g‘o‘za tuplarining husni-jamolini ochib yubordi.
A. Shermuhamedov, Piskentlik pahlavon
Yetiltirib uzilmagan nonning mag‘zi xom qolib, sifati buziladi.
Fan va turmush
3. 3. Ko‘chma Asosiy mohiyat, mazmun.
Masalaning mag‘zi. Gapning mag‘zi. Shoir ijodining mag‘zi.
▬
Yoppasiga va batamom qurolsizlanish g‘oyasi takliflarimizning mag‘zi, o‘zagidir.
Gazetadan
She’riyatdagi ushbu yo‘nalish falsafiy lirikaning mag‘zini tashkil etadi.
UTA
4. Qora ora sariq Kabi so‘zlar bilan qo‘llanib, kishi betining rangini, shu rangga moyilligini mag‘izga nisbatlab bildiradi.
Husayn Boyqaro bu vaqtda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qizil mag‘iz, barvasta yigit bo‘lgan edi.
M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
Ozg‘in, baland bo‘yli soldat qora mag‘iz bir yigitning qulog‘iga nimadir deb shivirladi.
A. Ubaydullayev, Qonli izdan
5. 3-sh. birl. (mag‘zi) Kiyim, ko‘rpa kabilarning chetiga ikki qavat qilib tikilgan, rangi shu narsalardan boshqacha bo‘lgan tasma; adip, parovoz.
Ko‘rpa mag‘zi. Ikki yoniga qizil mag‘iz tutilgan shim.
▬
Toshpo‘latov yoqasining raxi, yengining uchiga sariq kleyonkadan mag‘iz qilingan fufaykasini yechib, qoziqqa ildi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi