1. Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui.
Alifbo — inson hayotining, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun ilm, o‘lmas badiiy, falsafiy, axloqiy boyliklar shu harflarga asoslangan.
K. Yashin, Hamza
2. Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari darajasi.
Islom madaniyatini rivojlantirishga katta Hissa qo‘shgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur.
K. Yashin, Hamza
3. O‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat.
Tarbiyachi so‘z bilan ta’sir qilish madaniyatini egallashi zarur.
Fan va turmush
4. Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit.
Deputatning xalq farovonligini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlaridan mehnatkashlar mamnun.
Gazetadan
5. (O‘simlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, o‘stirish, yetishtirish.
Xususan, dehqonchilik madaniyati bobida ilgarilab ketdi ular.
N. Hayitqulov, Yer tafti