Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ma’raka}
So‘z bo‘g‘inlari: ma’-ra-ka
Izoh(lar)i:
ma’raka ot

1. din. in. Motam marosimlarining yig‘indisi va ularning har biri. Gulsumbibi qizining butun ma’rakasini o‘tkazgandan keyin, qabrga haydasalar ham dadil borishga tayyorligini so‘zladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Sobir Odil buvaning ma’rakalariga o‘zi bosh bo‘ldi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

2. 2. To‘y, tomosha va shu kabilar munosabati bilan bo‘ladigan yig‘in, marosim. Shu-shu bo‘ldi-yu, Norbuvining martabasi oshib, har bir ma’raka uning maslahatisiz bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi. H. Shams, Dushman

3. 3. Jang maydoni; jang. Ma’raka —mardniki. Maqol

4. ko‘chma hma Siyosiy yoki xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan biror ishni amalga oshirish uchun o‘tkaziladigan yalpi harakat; kampaniya, Terim ma’rakasi boshlangan kunlardanoq Olimjon og‘izga tushib qoldi. H. Nazir, Qanotlar
Shundan keyin kolxozlashtirish ma’rakasiga oid masalalarni muhokama qilishdi. H. Shams, Dushman

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yig‘in
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.