Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ma’naviyat}
So‘z bo‘g‘inlari: ma’-na-vi-yat
Izoh(lar)i:
ma’naviyat ot

1. Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va shu kabilar tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi. Gazetadan
ma’naviyatimizga ta’sir etuvchi jihatlar shunchalik ko‘pki, ularni sanab, sanog‘iga yeta olmaymiz. Gazetadan
Zero, naqshbandiya ta’limoti — ma’naviyatimiz sarchashmalaridan biri hisoblanadi. Gazetadan
Ajdodlarimiz falsafasi ham ma’naviyatimizdir. Gazetadan
Biz talabalarga Sharq ma’naviyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida o‘rgatamiz. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.