1. 1. Ma’muriyatga doir, boshqarish va ijro bilan shug‘ullanadigan.
Ma’muriy bo‘lim. Ma’muriy ish. Ma’muriy huquq.
▬
Norboy ikki qavatli ma’muriy bino oldida mashinadan gerdayib tushdi.
Yoshlik
Bu, avvalo, ma’muriy pog‘onalarni kamaytirish, eng muhimi, boshqaruv xarajatlarini tegishli ravishda kamaytirish imkonini beradi.
Gazetadan
2. 2. Ma’muriyat yo‘li bilan amalga oshiriladigan.
Ma’muriy chora.
▬
Nodirjon, bir bufetchini, Roziqvoyning iltimosiga ko‘ra, ma’muriy jazodan qutqazdi.
A. Muhiddin, Chap cho‘ntak