1. 1. Fuqarolarning turmushi va ish faoliyatiga oid voqea-hodisa va holatlarni aks ettirib tasdiqlab beradigan va talab qilingan joylarga taqdim etiladigan (ko‘rsatiladigan) rasmiy hujjat.
Sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotnoma. Ish (yashash) joyi haqida ma’lumotnoma olmoq.
2. 2. Korxona, muassasa va shu kabilar faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradigan va tasdiqlaydigan, xilma-xil ma’lumotlarni qamrab oluvchi rasmiy hujjat.
Vagonlarda Moskvaga ma’lumotnomalar olib borayotgan xodimlar bor edi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
3. 3. Biror soha yoki masala bo‘yicha ma’lumot beradigan kitob, qo‘llanma va shu kabilar
Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun kimyodan ma’lumotnoma. Amaliy vrachlar uchun pediatriyadan ma’lumotnoma.