Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ma’lumot}
So‘z bo‘g‘inlari: ma’-lu-mot
Izoh(lar)i:
ma’lumot ot

1. 1. O‘qish-o‘rganish natijasida olingan bilim ko‘nikmalari hajmi va darajasi. Boshlang‘ich ma’lumot. O‘rta ma’lumot. Oliy ma’lumot. Siyosiy ma’lumot. Hozir maktabdagi o‘qituvchilar oliy va maxsus ma’lumotga egalar. N. Safarov, Olovli izlar
Qiz o‘n olti yoshgacha bu oilada musiqa muallimi bo‘lgan kambag‘al amakining tarbiyasida o‘sadi, ibtidoiy tahsil ko‘radi, musiqadan ham bir oz ma’lumot oladi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Xabar, axborot; dalil bo‘ladigan hujjat, raqam va shu kabilar materiallar. Kechqurun qishloqqa tergovchi keldi. Dastlab Meli polvonni chaqirib, ma’lumot oldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga qaraganda, limonni ekib, qalamcha, payvand va parxish qilib ko‘paytiriladi. Gazetadan
Mirzo saroyidan bizga yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, farg‘onaliklar bizdan kam, ish ko‘rgan sarbozlari oz. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: axborot [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: malomat – [a] Birovni yomonlab aytilgan gap, ta’na.
Qomus: mavjud emas.

1. ma’lumot berdi I: boshqalarni ham xabardor qilish maqsadida so‘zladi

2. ma’lumot berdi II: yuqori organlarga shikoyat tarzida xabar yubordi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.