Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ma}
So‘z bo‘g‘inlari: ma
Izoh(lar)i:
ma [ma ]

1. Biror narsani uzatib, uni olishga undashni bildiradi. — Ma, choy keltir, — deb Avaz unga choynak tutqazdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: pisht
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Mazluma Asqarova1924-yil 4-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent pedagogika bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini (1944) tamomlagan. M.Asqarova qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati, tuzilish va bog‘lanish yo‘llari xususida tadqiqot olib borib, qo‘shma gapni bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gapga ajratgan. Uning «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960), «O‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar» (1966), «O‘zbek tili taraqqiyoti muammolariga doir» (1995) kabi asarlari o‘zbek tili sintaksisini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

M.Asqarovao‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning A.G‘ulomov bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobi o‘zbek tili sintaksisi tadqiqiga bag‘ishlangan sara asarlardan. M.Asqarovaning o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun hammualliflikda yozilgan ona tili darsliklari salkam 20 yil davomida maktablarda o‘qitilib, ta’lim va tilshunoslik taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

 

Atama(termin, istiloh)–fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z. Atamaning qo‘llanishi chegaralanganligi boshqa soha kishisi uchun tushunarsiz degani emas. Mas., to‘g‘ri chiziq, gap, so‘z turkumi, tezlik atamasi ko‘pchilik uchun tushunarli, lekin kam qo‘llanadi. Atama ko‘pincha umumiste’mol so‘zidan ma’lum bir ma’noning maxsuslashuvi asosida hosil bo‘ladi. Mas., fojia, ega, ot, termik, qo‘shish, ayirish so‘zi umumiste’mol so‘z. Lekin ular fanga atama bo‘lib o‘tgan. Atamaning ikki xili farqlanadi: a) Ilmiy atama, b) kasb-hunarga oid atama. Ilmiy atama ma’lum bir fan-texnika, san’at, madaniyatga tegishli bo‘lsa, kasb-hunarga oid atama esa turli kasb-hunar egasi nutqida qo‘llanuvchi so‘z. Kasb-hunar atamasi shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Mas., Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan so‘z Qarshi shevasida bo‘lmasligi mumkin. Kasb-hunarga oid so‘z, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishi nutqiga xos.

So‘zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat yoki miqdorni bildirishi uning lug‘aviy (leksik), ya’ni atash ma’nosi. Atash ma’nosi so‘zning o‘zak, negizida bo‘ladi. Ba’zi bir so‘zda atash ma’nosi bo‘lmaydi: lekin, bilan, va, ammo, uchun, sari kabi. Faqat mustaqil so‘zgina atash ma’nosiga ega. Olmosh bundan mustasno. U o‘zi almashtiradigan mustaqil so‘zning atash ma’nosiga ishora qiladi.

 

Barqaror birikma alohida rasmiylashgan, tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadigan, yaxlitligicha qo‘llanish xususiyatiga ega, tayyor holda mavjud, obrazli, jozibali, ma’no jihatdan shakllangan so‘z bog‘lanmasi. Maqol, matal, ibora, tasviriy ifoda barqaror birikma.

Maqol tugal fikr bildirishi, ibora bir so‘zga teng tushuncha anglatishi, matal esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdek «chala» fikr ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazmuni obrazli va ko‘chma xarakterda bo‘lishi bilan o‘xshash.

Nutqda fikr ifodasi uchun barqaror birikmaga ham ehtiyoj mavjud. Mas., kuchli hayron bo‘lib qolganlikni ta’sirchan ifodalash uchun hayron bo‘lmoq fe’li yetarli emas. Shunda barqaror birikma qo‘llanadi: Og‘zi ochilib qoldi – ibora. U ikki mustaqil so‘zdan iborat, nutqqacha tayyor bo‘lgan. Nutqdan keyin ham ongimizda shu holicha turadi. Uning atash ma’nosi hayron bo‘lmoq fe’li atash ma’nosiga teng bo‘lsa-da, qo‘shimcha, ya’ni hissiy va uslubiy ma’nosi bilan farqlanadi. O‘zbek tilida barqaror birikmasifatida maqol, matal, ibora e’tirof etiladi. Tilshunoslikning barqaror birikmani o‘rganuvchi bo‘limi f r a z e o l o g iya, paremiologiya (lotincha parema – «barqaror», logos – ta’limot) deyiladi. Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birlik ko‘p. Mas., so‘z birikmasi, so‘z qo‘shilmasi, gap, qo‘shma so‘z, tasviriy ifoda, maqol, matal va hokazo. Shuning uchun dastlab, turg‘un bog‘lanish va erkin bog‘lanishni birbiridan farqlash kerak. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning bir grammatik butunlik, ma’noviy yaxlitlik tashkil etib, murakkab tushuncha yoki tugal fikrni ifodalaydigan bog‘lanishi – erkin bog‘lanish. So‘z birikmasi va gap erkin bog‘lanishga kiradi. Chunki so‘z birikmasi va gap nutq jarayonida hosil qilinadi. Birdan ortiq so‘zning qotib qolib, nutqda tayyor holda ishlatiladigan bog‘lanishi barqaror, turg‘un bog‘lanishni tashkil qiladi. Barqaror birikma qo‘shma va erkin so‘z birikmasidan quyidagi xususiyati bilan farqlanadi: 1) barqaror birikmada birdan ortiq so‘z birikib, ko‘chma ma’no ifodalaydi; 2) barqaror birikmani tashkil etgan barcha so‘z shu gap tarkibida butunligicha bir bo‘lak yoki bir gap vazifasida keladi; 3) barqaror birikmaning tarkibiy qismi qat’iy bir qolipga kirgan bo‘ladi.

Barqaror birikmani «buzish»–so‘z kiritish, so‘zini almashtirish, olib tashlash mumkin emas.

Bir ma’noliliktil birliklari, ya’ni so‘z, qo‘shimcha, ibora, tasviriy ifodaning bir ma’noni anglatish hodisasi.

            Bir ma’noli so‘z.Bir ma’noli so‘zmatn tarkibida ham, matndan tashqarida ham bir lug‘aviy ma’noni bildiruvchi so‘z. Mas., kompyuter, sinus, kelishik, olmosh so‘zi. Bir ma’noli so‘zgaterminlar yaqqol misol.

Leksema bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin (qiyos. Ko‘p ma’noli so‘z). O‘n, Dehqonobod, telefon so‘zi bir ma’noni bildirganligi uchun bir ma’noli so‘z deyiladi. Bir ma’noli so‘z monosemantik so‘z ham deb yuritiladi.

Bir ma’noli so‘z tilda kam va ilmiy, biror soha, kasb-hunar atamasini, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zni o‘z ichiga oladi.

Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan ko‘chma ma’no anglatishi mumkin. Mas., haker so‘zi neologizm, «komputer programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda«umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda

 

Kesimni shakllantiruvchi va uni ega bilan bog‘lovchi ko‘makchi fe’l, to‘liqsiz fe’l (edi, ekan, emish) va shuningdek, bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, deyilmoq kabi vaqtincha lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan ayrim mustaqil so‘z, kerak, lozim, zarur, shart, darkor kabi modal ma’noli so‘z – bog‘lama. Mustaqil so‘z -moq, -(i)sh qo‘shimchali harakat nomi bilan kelib kesim tarkibida qatnashganda kesimlik so‘zi ham deyiladi. Ular yuqorida aytilgan ot (shart), modal (kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin, muhim)turkumiga tegishli bo‘lishi mumkin.

Kesim ot, sifat, son, olmosh va bor, yo‘q so‘zi bilan yoki turli modal, undov bilan ifodalansa, ega bilan moslashtirish uchun bog‘lamadan foydalanamiz: a) -dir: Tamagirlik bilan topilgan eng kichik narsa ham bebaqodir. b) to‘liqsiz fe’l: Shu shaharning mevasi erurmiz. Deydilar: sog‘liq hayot bergan ehson ekan. d)bo‘ldi, qildi, etdi yordamchi fe’li: Harom mol kishini halok etadi. Kecha biz bakovul bo‘ldik. O‘qituvchimiz majlis qildi;e) ayrim mustaqil fe’l:Muallim ulug‘ zot sanaladi. Ozodlik buyuk ne’mat hisoblanadi.

Bog‘langan qo‘shma gap sodda gapning o‘zaro teng bog‘lovchi yordamida bog‘lanishidan tuziladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.Tarkibidagi sodda gapning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gap quyidagi turga bo‘linadi: 1) biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 2) zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 3) ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 4) inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.

Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro va, hamda bog‘lovchisi, ham, -u(-yu), -da yuklamasi yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisani ifodalaydi: 1.Mashg‘ulot tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. 2. Bahor keldi va o‘z sepini yoya boshladi. 3.Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kimni uydan chiqarmay qo‘ydi. 4. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlarni obod qildi.Gapni yuklama bog‘lasa, undan keyin vergul qo‘yiladi.

Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamasi, balki vazifadosh bog‘lovchisi (modal so‘z)yordamida bog‘lanadi: Yurtimning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va -u (-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin kunduzi darrov to‘xtadi. Bunday qo‘shma gapdazidlov bog‘lovchisidan oldin, yuklamadan esa keyin vergul qo‘yiladi.

Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gapdagi sodda gap o‘zaro goh...goh, yo...yo, yoki...yoki, ba’zan…-ba’zan…, dam.,.dam, yoxud...yoxud ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap voqea-hodisaning galma-gal bo‘lishini yoki undan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Ayiruv bog‘lovchisi, odatda, gapning boshida keladi.Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchisining keyingisidan oldin vergul qo‘yiladi, bunday bog‘lovchi yakka qo‘llansa, tinish belgisi ishlatilmaydi.

Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gap qismi o‘zaro takror qo‘llangan nainkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va gap orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi. Inkor bog‘lovchisi ham, odatda, sodda gapning boshidakeladi.

 

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapsodda gapning bog‘lovchi vositasiz, ohang yordamida birikishidan tuzilgan qo‘shma gap turi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ilik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gap o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning quyidagi turi mavjud: 1) bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig‘ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.Bunday gapni bog‘lovchi qo‘yib, bog‘lovchili gapga aylantirish mumkin:Tig‘ yarasi bitar, lekin til yarasi tuzalmaydi; 2) ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. Bunday gapni ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin: Qor yog‘di, go‘yoki don yog‘di (o‘xshatish); 3) bog‘langan qo‘shma gapga ham, ergash gapli qo‘shma gapga ham sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.Bunday gapnibog‘lovchi vosita yordamida boshqa tur ergash gapga aylantirib bo‘lmaydi.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda tinish belgisi.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda ohang muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun tinish belgisining ahamiyati katta: 1) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisani ifodalasa, vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zum ham to‘xtatmas edi;2)  agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning xayoli uzoq, yoshlik paytlarida kezmoqda; a) bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz;b) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi o‘zaro zidlik yoki o‘xshashlik munosabatiga kirishgan bo‘lsa, tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida – o‘zim yigitman.

Braxma yozuviqadimgi bo‘g‘inli hind yozuvlaridan biri. Eramizdan avvalgi Hindiston va Hindixitoydagi hozirgi ko‘pgina yozuvlarga asos bo‘lgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar, shoh Ashok (eramizdan avvalgi 272–232) davriga mansub. Bularning ko‘pchiligi qoyalarga va ibodatxonalaning ustun va peshtoqlariga o‘yib yozilgan. Braxma yozuvining kelib chiqishi aniqlanmagan. Olimlar finikiya, oromiy, janubiy arab yozuvlari uning paydo bo‘lishiga ta’sir etgan deb taxmin qilishadi. Shuningdek, u bilan hozircha o‘qishga muvaffaq bo‘linmagan ko‘hna hind yozuvini bog‘lashadi. Braxma yozuvialifbosida 31 bo‘g‘in belgisi (har bir bo‘g‘in bir undosh va “a” unlisi dan iborat), yana 4 ta unlini bildiruvchi alohida belgi hamda “ng” tovushini bildiruvchi maxsus ishora (anus vara) mavjud.

 

«Dahnoma»XV asrda yashagan shoir Yusuf Amiriyning qalamiga mansub, eski o‘zbek adabiy tilining nodir namunasi. Uning XVI asr boshlarida ko‘chirilgan yagona nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Asar nomachilik an’analariga qat’iy rioya qilingan holda yozilgan, shoh Ulug‘bekning akasi Boysung‘ur Mirzoga bag‘ishlangan. Asar tilining ravonligi va sujetining pishiqligi bilan ajralib turadi. Noma asosini ma’shuq va oshiqning bir-biriga yo‘llagan maktublari tashkil etadi. Asardan ayrim parchalar “O‘zbek adabiyoti” kitobining birinchi tomiga kiritilgan. 1987- yili G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan “Muborak maktublar” deb nomlangan majmuaga H.Muxtorova tomonidan tayyorlangan nusxasi kiritilgan.

Ergash gapli qo‘shma gap – birdan ortiq sodda gapning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap turi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan qo‘shma gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi. Berilgan gapda birinchi gap – ergash gap, ikkinchi gap - bosh gap.

Bosh va ergash gap. Boshqa gapni o‘ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlansa, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz. Bu gapning Ta’til boshlansa qismi ergash gap, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz qismi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagani izohlaydi: Rais ko‘rindiki, hamma tinchlanadi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalinsa, sinfga kiradi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darslikda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchi, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, shuningdek, yuklama, ko‘makchi, turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshi, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshi va ko‘rsatish olmoshidan iborat nisbiy so‘z, sababli, tufayli, deb so‘zi orqali bog‘lanadi: 1.Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbai. 2. Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas. -ki, shuning uchun bog‘lovchisi bosh gap tarkibida, boshqa bog‘lovchi esa ergash gap tarkibida bo‘ladi. Bunda ega tarkibidagi -ki bog‘lovchisini e’tiborga olmaslik kerak. Misol: 1.Siz shuni unutmangki(bosh gap),kurashchilar yolg‘iz emas(ergash gap). 2.Kitob bilim manbai (ergash gap), shuning uchun biz uni sevamiz (bosh gap). 3.Rais kirsa (ergash gap), hamma tinchlanadi(bosh gap). 4.Biz kitobni sevamiz(bosh gap),chunki u bilim manbai (ergash gap). 5. Hosil to‘kin bo‘lsa (ergash gap),to‘ylar to‘xtamas(bosh gap). 6.Kimki yomonlar suhbatidan qochsa(ergash gap),u yaxshilar suhbatiga erishadi(bosh gap). Ergash gap gap bo‘lagiga o‘xshaydi. Uning quyidagi turi mavjud: 1) ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) to‘ldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) hol ergash gap:a) payt ergash gap; b) o‘rin ergash gap; d) sabab ergash gap; e) maqsad ergash gap; g) shart ergash gap; h) to‘siqsiz ergash gap; i) miqdor-daraja; j) o‘xshatish ergash gap; k) natija ergash gap. E’tibor qilinsa, hol ergash gapning 9 turi ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lgan holning ma’no turini eslatadi. Aslida aniqlovchi ergash gap ham sifatlovchi-aniqlovchi ergash gap, qaratqich-aniqlovchi ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap vositali to‘ldiruvchi ergash gap, vositasiz to‘ldiruvchi ergash gap kabi turga bo‘linishi kerak edi. Lekin o‘zbek tilshunosligida bunday bo‘linish an’ana emas.

1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan eganiizohlaydi. U bosh gap bilan birga ega ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog‘lovchisi va fe’lning shart mayli qo‘shimchasi -sa hamda so‘roq va ko‘rsatish olmoshi (kimki – u, kimki – o‘sha, kimki – o‘zi, nima – o‘sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog‘lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba’zan bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga ayonki, siz o‘z oilangizdasiz. Bu gapda shu (ega) tushirilgan.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shunisi .......ki,

...................... .

................... ki,

....................... .

 

Ergash gap

Bosh gap

Kim ...............sa,

u ................ .

Kim ............... sa,

o‘zi ............ .

Kimki ..........-sa,

u ................ .

Kimda-kim ...sa,

u ................ .

Nimaiki ... .sa,

o‘sha.............. .

Nima ...........sa,

o‘sha.............. .

 

2. Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlab, u bosh gap bilan birga kesim ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi: Uch og‘ayni botirlarning eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydi. Kesim ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi, o‘rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshi yordamida bog‘lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorla.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

.................. shuki,

................... .

.............….. shu yerdaki,

................... .

...........……..shundaki,

................... .

............……. shundayki,

................... .

 

3. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini izohlaydi. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni tashkil etadi. To‘ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog‘lovchisi, -sashart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma. Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to‘ldiruvchi qatnashadi. Ba’zan bu to‘ldiruvchi tushirilishi mumkin: Iltimos qilamanki, oldin rais so‘zlasin. Bu gapda shunito‘ldiruvchisi tushirilgan.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shuni............. –ki,

............ .

Shundan,....... -ki,

............. .

Shunga............-ki,

............ .

.....................….-ki,

............. .

Buni................ -ki,

.............. .

 

Ergash gap

Bosh gap

Nima (ni)....... –sa,

shuni .... .

Kimda............ –sa,

uni......... .

Nima bilan....-sa,

o‘shani.. .

 

4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo‘lib kelgan olmosh va ayrim sifatni izohlaydi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko‘pincha aniqlovchi bo‘lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so‘zi qatnashadi) yoki -sashart mayli qo‘shimchasi bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmosh, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o‘sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmosh bo‘ladi) bog‘lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhar. 2. Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: (Shunday) Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shunday........... -ki,

............ .

........shunday....... -ki,

.......... .

......shunday..... -ni..., -ki,

unday........

.... shunday (aniql.)..... -ki,

............

..... shunday (hol)......... -ki,

..............

 

Ergash gap

Bosh gap

.... qaysi....... -sa,

o‘sha....................

 

5. Payt ergash gap – bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap. Payt ergash gap bosh gap bilan payt ergash gapli qo‘shma gapnitashkil etadi: 1.Sobirjon priyomnikni endi qo‘ygan edi, eshik taqillab qoldi. Qushlar to‘p-to‘p bo‘lib uchsa, havo ochiq bo‘ladi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

......... -gan edi,

.................... .

......... -ganicha yo‘q edi,

...... .

............ -ar ekan,

.................. .

............. -sa,

......................... .

 

6. O‘rin ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirgan ergash gap. U bosh gap bilan birgalikda o‘rin ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Qayerda intizom kuchli bo‘lsa, shu yerda tartib bo‘ladi. Bog‘lovchi vositasi: -sa (qayerdan, qayga, qayerga, qayerda, shu yerda, o‘sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda) -mang, -masin, ekan: Qaerda suv bo‘lsa, o‘sha yerda hayot bo‘ladi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.......qayerga .. -sa,

o‘sha yerga......

......qayerda ...-sa,

o‘sha yerda,.....

.......qayga.......-sa,

o‘sha yerda, .... .

.......-mang,

u yerda ...........

......-masin,

o‘sha yerda........

.........qayerda,

shu yerda.......

 

7. Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildiradi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi: Qayrilishlar tobora ko‘payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Bu uylar ilgari bedaxona bo‘lganidan, darchasi ham yo‘q edi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.............,

shuning uchun...........

...........shekilli,

...................

...........-gan bo‘lsa kerak,

......

...............-mi,

........................

 

Bosh gap

Ergash gap

............,

chunki.................

................ ,

negaki...............

.............,

sababki.................

.....shuning uchun......-ki,

......................

...............-ki,

......................

 

8. Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildiradi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi. Bog‘lovchi vositasi: deb, -sin deb, -di deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: 1.Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. 2.G‘o‘za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqizildi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

..............deb,

......................

...........-sin deb,

.................

...........-di deb,

..................

..........-ar deb,

..................

............-sa deb,

..................

.............-mi ekan deb,

.............

.................-deya,

........................

 

Bosh gap

Ergash gap

..............,

toki.........................

..............,

.................-sin deb.

 

deb yarim bog‘lovchisi buyruq va shart mayli, kelasi zamon fe’lidan keyin kelsa, maqsad ma’nosini, o‘tgan zamon fe’llaridan keyin kelsa, sabab ma’nosini bildiradi.

9. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildiradi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bog‘lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda(edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi, bo‘lmasa, yo‘qsa, -may, bo‘lay desang, -sinki.Misol:Agar suv bo‘lsa, cho‘l-u sahrolar bo‘stonga aylanadi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

(Agar).............-sa,

...................

(Agar)..........-sa edi,

...................

(Agar)..........-ganda,

...................

(Agar)..........-ganda edi,

...................

(Bordi-yu).....-r(-ar) ekan,

...................

(Mabodo).....-gan ekan,

...................

(Agar)........-moqchi ekan,

...................

...............-mi,

...................

............,

bo‘lmasa...................

...........,

yo‘qsa...................

............bo‘lay desang, .........

...................

 

Bosh gap

Ergash gap

.............-sinki, ...................

...................

 

10.To‘siqsiz ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo‘lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to‘siq bo‘la olmaydigan fikrni anglatadi. U bosh gap bilan birga to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bog‘lovchi vositasi: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa -da, -ganda -da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(ib), -gani holda, -di hamki, xoh...xoh (-sa -masa), -sa. Misol:Quyosh yashiringan bo‘lsa ham, kunduzning yorug‘ligi hali so‘nmagan edi. Ba’zan garchi so‘zi qo‘llanishi mumkin.  

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

Qancha .......-sa ham,

.........

Qancha ....-sa hamki,

.........

...............-sa-da,

................

......... –gani bilan,

............

............ -qaramay,

.............

.......... -masin,

..................

..............qaramasdan,

.............

.............-gani holda,

................

........... hamki,

.....................

.............. -sa...-masa,

.............

.............. -sa... -diki,

.............

................ -sa,

.........................

 

11. Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildiradi. Bu gap bosh gap bilan birga miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus olardim.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.... qancha ..... -sa,

....shuncha .....

. ...qanchalik...-sa,

..shunchalik.. .  

...qancha ..... -sa,

...shunchalik .....

....qanchalik..-gan sayin,

..shunchalik

 

12. O‘xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o‘xshatish yo‘li bilan bildiradi. U bosh gap bilan birga o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

....qanday....-sa,

shunday ........

 

Bosh gap

Ergash gap

............-ki,         

go‘yo ...............

............ -ki,

xuddi ..............

 

13. Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildiradi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunonkabi so‘z, ergash gap tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin: Do‘l bir zumda shunday yog‘diki, yer oppoq bo‘lib ketdi. Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to‘ldi.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

....shunday ..... -ki,

natijada .....

...shu qadar....-ki,

oqibatda... .

....shunchalik ....... -ki,

..................

. ...shu darajada ...... -ki,

.......

. ...shuncha ......... -ki,

..............

. ...chunon .......... -ki,

.................

 

Ergash gapning turini aniqlashga doir. Ergash gapning turini aniqlashda qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish amaliyoti yaxshi samara beradi. Bu bir necha bosqichdan iborat. Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirganda, ergash gap bosh gapning tarkibiga kirib, bitta gap bo‘lagiga aylanadi. Mas., Qayerda intizom kuchli bo‘lsa, shu yerda tartib bo‘ladiqo‘shma gapini sodda gapga aylantirish uchun dastlab undagi bosh va ergash gapni aniqlab olish lozim. Ushbu gapda ikkita gapni -sa shart mayli qo‘shimchasi bog‘lamoqda. Bog‘lovchi vosita turganQayerda intizom kuchli bo‘lsaqismi ergash gap, shu yerda tartib bo‘ladiqismi esa bosh gap. Ergash gapni bosh gap ichiga kiritamiz: Intizom bor joyda tartib bo‘ladi. Ko‘rinadiki, ergash gap bosh gap tarkibidagi izohlanishni talab qilayotgan shu yerda bo‘lagi o‘rnini egalladi. U o‘rin holi edi. Demak, ergash gap bosh gap tarkibidagi o‘rin holi joyini egallaganligi uchun o‘rin ergash gap deyiladi. Misol keltiramiz: 1. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi – Yomonlar suhbatidan qochgan (ega) yaxshilar suhbatiga erishadi.Gap – ega ergash gapli qo‘shma gap. 2. Chambil obod bo‘ldi deb, kelayotir Avazxonday zo‘ravon – Avazxonday zo‘ravon Chambil obod bo‘ldi deb (ravish holi) kelayotir. Demak, bu qo‘shma gap ravish ergash gapli qo‘shma gap. 3. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi – Har bir yangilik bexosiyat bo‘lmasligini(to‘ldiruvchi)biling.Bu qo‘shma gap to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Boshqa ergash gap haqida ham shunday deyish mumkin. Faqat shart ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanmaydi, xolos. Jadvalda ergash gapli qo‘shma gapning sodda gapga aylantirilishiga misol beramiz:

 

Ergash gapli qo‘shma gap

Sodda gapga aylangan ko‘rinishi

Qo‘shma gapning turi

1

Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi.

Birovga chuqur qaziganning o‘zi unga yiqiladi.

Ega ergash gapli qo‘shma gap

2

Bizda odat shundayki, uyga kelgan mehmonga ham ko‘sak chuvitamiz.

Uyga kelgan mehmonga ham ko‘sak chuvitamiz.

Kesim ergash gapli qo‘shma gap

3

Men shundan qo‘rqamanki, oramizda ham ikkilanuvchilar bor.

Men oramizda ikkilanuvchilar borligidan qo‘rqaman.

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap

4

Shunday hayot tug‘ildiki, u sensiz yashay olmaydi.

Sensiz yashay olmaydigan hayot tug‘ildi.

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap

5

U kuchanib qancha qattiq puflasa, pilik shuncha lovillab yonardi.

U kuchanib qattiq puflagan sari qattiq yonardi.

O‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gap

6

Quyosh havoni isitsa, do‘stlik qalbni isitadi.

Do‘stlik qalbni, quyosh havoni isitadi.

Chog‘ishtirish-o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap

7

Gapni cho‘zishning hojati yo‘q, sababki odamlar tayyor.

Odamlar tayyor bo‘lgani uchun gapni cho‘zishning hojati yo‘q.

Sabab ergash gapli qo‘shma gap

8

O‘tni lovullating, toki batamom kuydirsin, kul qilsin dushmanimizni.

Dushmanimizni kul qilish, kuydirish maqsadida o‘tni lovullating.

Maqsad ergash gapli qo‘shma gap

9

Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borsa, ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.

Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borgan paytda ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.

Payt ergash gapli qo‘shma gap

10

Gulsum qayerda o‘ynasa, Xolmurodning ko‘zi ham o‘sha yerda.

Xolmurodning ko‘zi Gulsum o‘ynagan yerda.

O‘rin ergash gapli qo‘shma gap

11

Ko‘zim ilgari ochilgan bo‘lsa edi, men o‘z yuragimni bo‘rilarga yedirar edimmi?

 

Shart ergash gapli qo‘shma gap

12

Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirg‘oqdan nari ketmadi.

Soqchining haydashiga qaramasdan Kurashevich qirg‘oqdan nari ketmadi.

To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap

13

Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko‘zingiz qamashadi.

Yaproqlarning tovlanishi oqibatida ko‘zingiz qamashadi.

Natija ergash gapli qo‘shma gap

 

So‘zdan tashqarida, alohida olingan nutq tovushi fonema. Eng kichik lisoniy birlik fonema. Fonema muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlari. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmui asosida vujudga kelgan maxsus «akustik-artikulyatsion portret» yoki «tovushlar obrazi» sifatida saqlanadi. Muayyan fonemaning farqlovchi belgilari uning artikulyatsion va akustik xususiyatlari asosida shakllanadi. Artikulyatsion belgilar muayyan tovushlarni talaffuz qilish uchun nutq a’zolarining bir xildagi harakatga moslashgan avtomatik, standart holatlari haqidagi tasavvur bo‘lsa, akustik belgilar sifatida bir turdagi tovushlarga xos talaffuz sifati va miqdori tushuniladi. O‘zbek tilida so‘zlovchi shaxslarning ongida hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 30 ta tovush tipi – fonema haqida ma’lumot bor. Bu ma’lumot kishi ongida uning til o‘rganishi, o‘zgalar va o‘zining nutqini kuzatish natijasi sifatida jonlanadi. Mas., o‘zbek tili sohibi o‘zining eshitish va so‘zlash a’zolari faoliyatini kuzatish natijasida [a] fonemasining unlilik, kenglik, lablanmaganlik, [u] fonemasining unlilik, torlik, lablanganlik, [p] fonemasining undoshlik, shovqinlilik, jarangsizlik, portlovchilik, lab-lablik kabi belgilarga ega ekanligi haqidagi «tabiiy» (go‘yoki o‘zi hosil qilingan) bilimga ega bo‘ladi. Nutq so‘zlaganda, ana shu tipik belgilarni jonlantirishga, ongidagi imkoniyatni voqelantirishga, fonetik umumiylikni xususiylashtirishga harakat qiladi. Lisoniy birliklar nutqiy birliklarga nisbatan miqdoran cheklangan bo‘lsa-da, ammo ular ham sanoqli emas. Shu boisdan ularning xotirada saqlanish mexanizmini ochish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, inson narsalarni ularning umumlashtiruvchi va farqlovchi belgilari asosida esda saqlaydi. Esda saqlanishi lozim bo‘lgan narsa miqdor jihatdan ko‘p bo‘lsa, eslab qolishning asosiy yo‘li tasniflash, ya’ni guruhlarga ajratish. Tasnif esa o‘xshash va noo‘xshash, umumiy va farqlovchi belgilarini aniqlash asosida kechadi. Bu tamoyil barcha lisoniy birlik, xususan, fonema tasnifida ham to‘la amal qiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 30 ta fonemaso‘zlovchi ongida, avvalo, ikki guruh – unlilar va undoshlarga bo‘lingan holda mavjud bo‘ladi. Bu guruhlar tovushlar talaffuzidagi ovoz va shovqinning ishtiroki darajasiga qarab belgilanadi. Bo‘linish shu tarzda alohida fonemagacha davom etib boradi. Unlilar ham, undoshlar ham qarama-qarshi belgilari asosida kichik guruhchalarga bo‘linib boraveradi. Mas., o‘zbek tilidagi 6 ta unli bir tizim, ular shovqinsizligi bilan undoshlardan ajraladi. Biroq bu tizimchaning o‘zi ham unsurlarning qarama-qarshi belgilari asosida bo‘linadi. Unlilarning qarama-qarshi qo‘yilishi quyidagicha:

I

U

E

O‘

A

O

Umuman olganda, eng kichik lisoniy birlik bo‘lgan fonemalar inson nutq a’zolari yordamida vujudga kelgan tovush ko‘rinishlarining umumiy andozasi, cheksiz tovushlarning umumlashmalari qatori sifatida ongimizda yashaydi. So‘zlovchilar ongidagi ushbu psixo-akustik obrazlar asosida nutq a’zolarini harakatga keltirib, tovushlarni hosil qiladi. Yoki tinglovchi o‘zgalar tomonidan hosil qilingan tovushlarni eshitish orqali ongidagi andozaga solishtirib ko‘radi. Fonemalarning ma’no farqlash xossasi mavjud, bir fonemaning turli ko‘rinishlari bo‘lgan tovushlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bir fonemaning nutqiy varianti bo‘lmish tovush boshqa fonemaning varianti bo‘lgan tovush bilan almashtirilsa, so‘z ma’nosi yangilanadi, ya’ni boshqa so‘zga aylanadi. Qiyoslang: [qora] va [qara], [ota] va [ata], [ona] va [ana]. Shu boisdan ham fonemaga tilning ma’no farqlovchi eng kichik birligi deb ta’rif beriladi. Bir fonemaning turli variantlari ma’no farqlamaydi. Mas., til oldi va til orqa (o‘) unlilari quyidagi so‘zlarda ma’no farqlamagan: o‘l-o‘l.

 

Tilimizda shunday qo‘shimchalar mavjudki, ular umumiy belgilari - muayyan vazifa va ma’nosiga ko‘ra bir tizimga birlashsa, xususiy belgilari bilan bir-biridan zidlanib turadi. Yaqin ma’noli bunday shakllar tizimiga grammatik kategoriya deyiladi. Mas., kelishikning 6 ta shakli bo‘lib, ularning barchasi ismlarni keyingi so‘zga bog‘lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash umumiyligi bilan birlashsa, qaratqich kelishigi ismni ism bilan, tushum kelishigi ismni fe’l bilan, jo‘nalish kelishi ismni fe’l yoki ism bilan aloqasini ta’minlashi hamda gapdagi mavqelarini belgilashi bilan farqlanadi.

Ayni paytda o‘zbek tilida egalik, kelishik, son, daraja, nisbat, bo‘lishsizlik, harakat tarzi, o‘zgalovchi, kesimlik (zamon, mayl, shaxs-son) kategoriyalari ajratiladi.

Grammatik ma’no so‘zning biror turkumga mansubligi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasi. Grammatik ma’no – murakkab hodisa. Mustaqil va alohida olingan so‘zda lug‘aviy ma’no ustiga qavatlanadigan, yordamchi so‘zning mohiyatini tashkil etadigan, ko‘plab so‘z uchun umumiy bo‘lgan ma’no. Mas., kitob so‘zining lug‘aviy ma’nosi ustiga ot, turdosh ot, aniq ot, yakka ot ma’nosi qavatlangan bo‘ladi. Uchun so‘zida “atash” ma’nosi va “so‘zni ergash so‘z sifatida bosh so‘zga bog‘lash” uning mohiyatini tashkil etadi.

Grammatik ma’no leksik ma’nodan umumiyligi bilan farqlanadi. Chunki lug‘aviy ma’no har bir so‘z uchun alohida bo‘ladi. Mas., hatto bir ma’nodoshlik qatoridagi har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosi farq qiladi: bashara so‘zining lug‘aviy ma’nosi “odam boshi old tomoni peshanadan iyakkacha bo‘lgan qismining salbiy ifodasi” bo‘lsa, yuz so‘zining lug‘aviy ma’nosi “odam boshi old tomoni peshanadan iyakkacha bo‘lgan qismining betaraf ifodasi” . Farq: “salbiy ifoda” va “betaraf ifoda”. Lekin nafaqat ma’nodosh, balki narsa-predmet va shaxsni bildiruvchi so‘zning barchasi uchun ot grammatik ma’nosi umumiy. Grammatik ma’no barcha turkumga mansub so‘zda mavjud. Lug‘aviy ma’no esa faqat gap bo‘lagi va gap bo‘la oladigan so‘zda mavjud.

Grammatik ma’noning turi. Mavjudliliga ko‘ra grammatik ma’no uchga bo‘linadi:

a)  so‘zning tabiatida avvaldan mavjud grammatik ma’no;

b)  grammatik vosita yordamida hosil qilinadigan grammatik ma’no;

v)  so‘z birikmasi va gap tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no.

So‘zning tabiatida avvaldan mavjudgrammatik ma’no ot turkumiga mansub ot, aniq ot, mavhum ot, yakka ot, jamlovchi ot, atoqli ot, turdosh ot; sifat turkumida sifat, asliy sifat, nisbiy sifat; son turkumida son, miqdor; fe’l turkumida fe’l, o‘timli fe’l, o‘timsiz fe’l; ravish turkumida ravish, miqdor, payt, sabab; ko‘makchida ko‘makchi, sof ko‘makchi, ko‘makchi vazifasidagi so‘z kabilar ularda avvaldan mavjud grammatik ma’no. Har bir so‘z turkumida bunday ma’no bor. So‘z biror turkumga kirdimi, bu turkum atamasi uning bir grammatik ma’nosining nomi.

Grammatik vosita yordamida hosil qilinadigangrammatik ma’no. Bunday ma’no mustaqil so‘zda mavjud, grammatik qo‘shimcha va yordamchi so‘z vositasida hosil qilinadi. Mas., ot turkumida birlik va ko‘plik, egalik, kelishik, kichraytirish erkalash va ko‘makchi yordamida vujudga keladi: kitobchalarimgaso‘zidagi “kichraytirish oti”, “ko‘plikda”, “birinchi shaxsdagi birlik egalik shaklida”, “jo‘nalish kelishigida” grammatik ma’nosi grammatik vosita yordamida vujudga kelgan grammatik ma’no. Sifat va ravishdagi daraja, sonning sanoq sondan boshqa barcha ma’no turi, fe’lda nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, fe’lning xoslangan shakli, mayl kabilar shunday ma’no sirasiga kiradi.

So‘z birikmasi va gap tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no. Mustaqil so‘z erkin birikma tarkibida bosh so‘z yoki ergash so‘z, gap tarkibida biror gap bo‘lagi, undalma, kirish so‘z, ajratilgan bo‘lak, so‘z-gap bo‘lib keladi. Yordamchi so‘z so‘z yoki gapni o‘zaro bog‘laydi (ko‘makchi va bog‘lovchi), qo‘shimcha ma’no beradi (yuklama). Bu ma’no faqat gap tarkibida hosil bo‘ladi. Gapdan tashqaridagi so‘zda bunday grammatik ma’no bo‘lmaydi.

Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar. Grammatik ma’no maxsus vositalar bilan ifodalanadi. O‘zbek tilida grammatik ma’no ifodalashning quyidagi vositalari mavjud: 1.Grammatik qo‘shimcha. 2.Yordamchi so‘z. 3. So‘z tartibi. 4. Takror. 5. Ohang.

Grammatik qo‘shimcha tilda keng tarqalgan turi grammatik ma’no ifodalovchi vosita. Ifodalaydigan grammatik ma’noning tabiatiga ko‘ra u ikkiga bo‘linadi: lug‘aviy qo‘shimchava sintaktik qo‘shimcha.

Lug‘aviy qo‘shimcha so‘zni bog‘lamaydi, balki lug‘aviy ma’noni nutqqa moslaydi. Mas., ot turkumiga mansub so‘zga -lar lug‘aviy qo‘shimchasi qo‘shilib, uning lug‘aviy ma’nosini birlik yoki ko‘plik ko‘rinishida yuzaga chiqaradi. Fe’lda nisbat lug‘aviy ma’noning harakat bajaruvchisini ko‘rsatadi. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi – so‘z ma’nosini qisman o‘zgartiruvchi, muayyanlashtiruvchi qo‘shimcha. Mas., kitob so‘zida birlik ma’nosi ham (Bu kitob qiziqarli), ko‘plik ma’nosi ham (Do‘konga kitob keldi) mujassamlangan. Nutq sharoiti, matnkitob so‘zida birlik yoki ko‘plik voqelanishini ajratib beradi. Shu so‘zga -lar shakli qo‘shilishi bilan u kitob so‘zida birlik ma’nosini ko‘plik ma’nosidan chegaralaydi, ya’ni lug‘aviy ma’noni muayyanlashtiradi, toraytiradi. Lekin bevosita so‘zni sintaktik aloqaga kiritish uchun xizmat qilmaydi. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi, asosan, 4 yirik so‘z turkumi – fe’l (nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, o‘zgalovchi, sintetik va analitik harakat tarzi shakllari), ot (son, kichraytirish-erkalash), sifat (daraja) va sonda (uning ma’no turini hosil qiluvchi) mavjud.

Sintaktik(munosabat) qo‘shimchaso‘zni so‘zga bog‘laydi yoki so‘zga sintaktik mavqe beradi. Kelishik ergash so‘zni bosh so‘zga, egalik bosh so‘zni ergash so‘zga bog‘laydi: kitobni o‘qimoq, daftarning varag‘i kabi. Sintaktik (munosabat) shakli hosil qiluvchi qo‘shimcha so‘z lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etmay, bir-biriga bog‘lashga yoki unga ma’lum bir sintaktik vazifa berishga xizmat qiladi. Kelishik, egalik, mayl, zamon, shaxs-son shunday grammatik vosita. Kelishik, egalik qo‘shimchasi so‘zni bog‘lasa (Salimning ukasi), mayl, zamon, shaxs-son qo‘shimchasi gap kesimini shakllantiradi: o‘qidim (xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs).

O‘zbek tilida shunday shakl borki, ular bir tomondan so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etadi, ikkinchi tomondan, sintaktik aloqaga kiritadi. Fe’lning ayrim vazifa shakli (ravishdosh, sifatdosh) shunday ikkiyoqlama mohiyatga ega. Mas., shoshilib gapirmoqbirikmasida -ib ravishdosh shakli shoshil so‘zining lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etgan, ya’ni unga ravishlik ma’nosiga yaqin ma’no bergan, shu bilan birga, bu so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash vazifasini ham bajargan.

Yordamchi so‘zham grammatik ma’no ifodalovchi vosita sirasida muhim o‘rin tutadi. U mustaqil so‘zlar va gapda grammatik ma’no ifodalashning alohida turini tashkil etadi.

Ko‘makchi mustaqil so‘z bilan birga kelib, oldin turgan so‘zni keyingi so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritadi. Bu bilan kelishikka o‘xshaydi. Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz gapida ko‘makchi yordamida «holat» grammatik ma’nosi yuzaga chiqib, ishonchso‘zi qaraymiz so‘ziga bog‘lanadi. Telefon orqali gaplashdimgapidako‘makchining«vosita» ma’nosi yuzaga chiqib, telefonso‘zini gaplashdim so‘ziga bog‘lagan. Do‘stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan gapida yordamchi so‘z «atalganlik» ma’nosini ifodalab, biz so‘zini bo‘lib kelgan so‘ziga bog‘lagan. Ko‘rinadiki, grammatik ma’no va gramatik vazifa birga yashaydi.

Bog‘lovchi uyushiq bo‘lakni, qo‘shma gapning tarkibiy qismini bog‘lash, ular orasida har xil tenglashtirish, zidlash, ayirish kabi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi: olma va anor, o‘qidi, lekin yozmadikabi. Ba’zan gap boshida ham keladi: Sitora aytdi. Lekin Munira tushunmadi.

Ko‘makchining morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan keng. Chunki ular mustaqil so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklashi bilan ahamiyatli. Shu sababli ko‘makchi kelishik bilan qo‘llanishga ehtiyoj sezadi.

Mustaqil so‘z ham o‘rni bilan yordamchi so‘zdek grammatik ma’no ifodalaydi: juda, eng, bag‘oyat, nihoyatda, o‘ta, sal, birmuncha kabi ravish daraja ma’nosini ifodalaydi; olmoq, bermoq, qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 30 dan ortiq ko‘makchi fe’l harakat ma’nosini nutqqa moslaydi, lug‘aviy ma’noga grammatik ma’no qo‘shadi: o‘qib chiqdi, yoza boshladi, qo‘rqib ketdikabi.

So‘z tartibigrammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o‘zgarishi so‘z grammatik ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Mas., Dalalar yam-yashilbirikuvi gap bo‘lsa, yam-yashil dalabirikuvi – so‘z birikmasi. «gap» va «so‘zbirikmasi» – grammatik ma’no atamasi. Grammatik ma’no ifodalashda so‘z tartibiga ohang hamrohlik qiladi. Ya’ni yuqoridagi gap va so‘z birikmasida tartib o‘zgarishi bilan ularning ohangi ham o‘zgarib ketgan (so‘z birikmasida tugallanmagan ohang bo‘lsa, gapda tugallangan ohang mavjud).

Ohang–grammatik ma’no ifodalashning fonetik vositasi.Bu vosita yordamida gapning turini, gap bo‘lagini ajratish, farqlash mumkin. Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim, keldi. Gulnora singlim keldigapining birinchisida Gulnora va singlim so‘zi uyushiq bo‘lak vazifasida, ikkinchi gapda Gulnora so‘zi undalma, singlim so‘zi ega, uchinchi Gulnora so‘zi aniqlovchi, singlim so‘zi izohlanmish–ega vazifasida kelgan. Gapni tashkil etuvchidagi bunday farq so‘zlovchining maqsadiga muvofiq tarzdagi ohang yordamida yuzaga chiqmoqda.

 Shakl yasovchi vositalar (shakl yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi so‘z (yordamchi so‘z, ko‘makchi fe’l kabi)) nutqqa kiritish uchun so‘zga yangi shakl berganligi sababli grammatik shakl deyiladi. Bu vositani olgan so‘z ham leksemaning grammatik shakli, grammatik shakllangan ko‘rinishi deb yuritiladi.

          Grammatik shaklning so‘zga qo‘shilish tartibi. Grammatik vositaning so‘z tarkibidagi tartibi ma’lum qonuniyatga ega,ular ma’lum tartibda joylashadi: so‘z yasovchi qo‘shimcha + lug‘aviy qo‘shimcha + sintaktik qo‘shimcha. Grammatik vositaning joylashishidagi tartib va izchillik uning ma’no va grammatik xususiyati bilan bog‘liq: yangi lug‘aviy ma’no hosil qiluvchi (so‘z yasovchi) vosita birinchi, lug‘aviy ma’noga ta’sir qiluvchi vosita (lug‘aviy shakl yasovchi) ikkinchi va lug‘aviy ma’noga ta’sir qilmaydigan, lekin so‘zni bog‘laydigan, unga ma’lum bir sintaktik vazifa tayin etadigan) vosita uchinchi bo‘lib qo‘shiladi.

Qo‘shimchaning joylashuvidagi me’yoriy holat ba’zan buziladi: opa-lar-imopa-m-lar, ayt-di-ng-larayt-di-lar-ing kabi. Bunda sintaktik shakl yasovchi lug‘aviy shakl yasovchidan keyin qo‘shilgan. Bu kam uchraydi. Ba’zan lug‘aviy shakl yasovchi so‘z yasovchidan oldin keladi: ko‘r+gaz+ma, isi+t+ma, maqta+n+choq.

«O‘zak+so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl + sintaktik shakl» qolipi bir qancha xususiyatga ega. Biz quyida faqat shakl hosil qiluvchi doirasida fikr yuritamiz.

Lug‘aviy shakl hosil qiluvchining odatdagi tartibi:

a)  otda: kichraytirish-erkalash+son. Kichraytirish-erkalash shaklining kam qo‘llanadigani ko‘p qo‘llanadiganidan avval keladi: toychoqcha, toyloqcha;

b)  sifatda -roqqo‘shimchasi -ish, -imtir qo‘shimchasidan, shuningdek, ravishdosh va sifatdoshga qo‘shilganda ham ularni hosil qiluvchi qo‘shimchadan keyin qo‘shiladi: oqishroq, ko‘kimtirroq, sovinqiraganroq, tortinibroqkabi;

v)  sonda: taxmin bildiradigan -cha affiksi «dona» ma’nosini ifodalovchi -ta (urg‘usiz) unsuridan keyin keladi: o‘ntacha kabi;

g)  olmoshda: gumon bildiruvchi -dir (urg‘usiz) unsuri, umuman, yuklama tabiatida, hamma turdagi qo‘shimchadan keyin qo‘shiladi: nima-lar-ni-dir...;

d)  fe’lda: o‘zlikdan boshqa nisbat ko‘rsatkichi orttirma nisbat qo‘shimchasidan keyin qo‘shiladi: tarqa-til-di, yugur-tir-ish-di, tik-tir-ish-di; fe’lning tarz qo‘shimchasi va kuchaytiruvchisi (chayqa, bura, to‘zg‘i); bo‘lishsizlik qo‘shimchasi (urintirma, chayqatma); zamon qo‘shimchasi; shart mayli qo‘shimchasi va buyruq maylining kuchaytiruvchisi (bordi, boradi, borsa, boray, borgin/borgil), fe’lning xoslangan shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha (bormoq, borgan, borib va boshqa) oxirida qo‘shiladi.

Sintaktik shaklning tartibi:

a) egalik qo‘shimchasi+kelishik qo‘shimchasi: bolamni, o‘qiganimni;

b) munosabat shakli: tasdiq-inkor+zamon/mayl+shaxs+son: o‘qimayapsan.

Hamma turdagi qo‘shimchadan keyin qo‘shimcha tipidagi yuklama qo‘shiladi: o‘qimayapsanmi. Qo‘shimcha qo‘shilishida istisno holat ham bor. Til hodisasining davrga ko‘ra o‘zgarishi, shevaviy farqi va o‘zgarish xususiyati, badiiy talab bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol: Bilurlar erdi (Qutb) – bilar edilar, qilmag‘aylarsiz(«Boburnoma») – qilmag‘aysizlar, solurlar erdi quloqquloq solur erdilar.

Bunday tartib o‘zgarishi o‘zida nozik ma’noviy farqni aks ettiradi.

Grammatik shaklning tuzilishiga ko‘ra turi. Grammatik vositaning tuzilishiga ko‘ra turi bir qarashda uning sintetik va analitik turlarining yangicha nomlanishiga o‘xshaydi. Grammatik shakl tuzilishiga ko‘ra sodda yoki murakkab bo‘lishi mumkin. Sodda shakl bir grammatik ko‘rsatkichdan iborat bo‘ladi: kelishik, egalik, kichraytirish, nisbat shakli. Murakkab shakl bir necha ko‘rsatkichdan iborat bo‘ladi: uydagi, aytib qo‘ydi,shuning uchun. O‘zbek tilida „hurmat“ ma’nosi ko‘plik qo‘shimchasi egalik shakli bilan birga bo‘lganda ifodalanadi. Dadamlar keldilar. Bunda u murakkab shakl hisoblanadi. Ko‘makchilarning kelishiklar bilan kelishi ham murakkab shakl hisoblanishi lozim.

Grammatik shakllarda ortiqlik va tejam. Bir so‘zda ma’nosi bir xil yoki yaqin bo‘lgan qo‘shimchaning takrorlanishi qo‘shimcha ortiqchaligi deyiladi. Bu bir necha ko‘rinishga ega. Mas., bir qo‘shimchaning aynan o‘zi yoki ma’nodosh qo‘shimcha takrorlanadi: takrorlangan bu qo‘shimcha: a) zich holda (ayting+iz+lar) ham; b) ajralgan holda ham bo‘lishi (ish+da+lig+im+da) mumkin.

Qo‘shimcha ortiqligi har xil sababga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Bir qo‘shimcha o‘zak bilan juda ham zichlashib, o‘zakning tarkibiga singib ketadi, bunda o‘zak mustaqilligidan mahrum bo‘ladi, natijada so‘zga shu qo‘shimchaning ma’nodoshidan biri qo‘shilishi mumkin, qo‘shimcha arxaiklashib, undan keyin tildagi iste’molda bo‘lgan qo‘shimcha qo‘shiladi (ich+kari+ga, tash+qari+ga, na+ri+ga, be+ri+ga, bar+i+si kabi). Takrorlanayotgan sinonim qo‘shimchaning barchasi «tirik» bo‘lsa, ular ta’kid, kuchaytirish kabi uslubiy vazifani o‘z zimmasiga oladi (sizlar aytingizlar kabi). Boshqa tildan kirgan qo‘shimcha tushunarli va keng iste’molli bo‘lmaganda ham uning tilimizdagi ma’nodoshi qo‘llanadi (yor+on+lar kabi). Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasidagi tovush o‘zgarishi ham ma’nodosh qo‘shimchaning qo‘shilishiga sabab bo‘ladi: yarm+i+si, kich+kina+gina, u+n+i+si, anavi+n+i+si, qay+si+n+i+si, singl+i+si, toy+choq+cha kabi.

Ortiqchalik aksar holda til rivoji bilan bog‘liq. Masalan:

Ot va sifat yasovchi -lik qo‘shimchasi farqlanib, vazifasi ajralgandan keyin (mas., -li sifat yasaydi, -lik ot yasaydigan bo‘lgan) ular ketma-ket qo‘llanadigan bo‘lgan: aqllilik, ifodalilik, bilimlilik.

Og‘zaki so‘zlashuv nutqida ba’zan uchrab qoladigan mashshoqchi, xodimchi kabi so‘zda «bajaruvchi» ma’nosi ikki marta ifodalangan: so‘z ma’nosi (arab tilida mashshoq– mashq qiluvchi shaxs, xodim – xizmat qiladigan shaxs) va -chi qo‘shimchasi orqali.

Bir xil ma’nodagi ikki qo‘shimcha qo‘shma qo‘shimcha maqomini oladi: yog‘ingarchilik, namgarchilik, rasvogarchilik kabi.

Kelishik va egalik qo‘shimchasining ikki marta ifodalanishi (kitobni uch so‘mdanga oldi, romanning so‘zboshisi) ham ortiqchalikning o‘ziga xos ko‘rinishi.

Bir qo‘shimchaning o‘zi takrorlanganda, ko‘pincha u fonetik variantning qator kelishi tusida bo‘ladi (fonetik, uslubiy qulaylik): qistalang (-ta, -la), shoshilinch (-l, -n), tiqilinch (-l, -n) kabi.

Tejam – ortiqchalikning ziddi. Tildagi tejam til birligini qisqartirish, tushirib qoldirish orqali ketadigan vaqtni kamaytirish, tildagi ortiqchalikni bartaraf etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Opkeng (olib keling), buyam (bu ham), qong (qoling) kabi hodisa bunga misol bo‘ladi. Tejamning fonetik, morfologik ko‘rinishi mavjud. Morfologik tejam asosida fonetik tejam yotadi. Yirik – irik, yigit – igit, yiroq – iroq qisqaruvi fonetik tejamga misol. Olib berober, bizimbizning, sizing sizning – morfologik qisqaruvga misol. Bu tejalish nutqiy qisqaruvga ham misol.Chunki, mas., sizingso‘zshaklidagi -ingtilda -ning shaklida yashaydi.

Tejam nutqiy aloqani osonlashtirishga xizmat qiladi, biroq axborot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

Grammatikayunoncha, grammatike so‘zidan olingan, “harf o‘qish va yozish san’ati” demakdir. Grammatika ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‘rganuvchi sohasi anglashiladi. Grammatika tilshunoslik sohasi sifatida so‘z turkumi, grammatik ma’no, shakl yasovchi qo‘shimcha, so‘z birikmasi va gap kabi masalani o‘rganadi.

Tillar o‘zaro grammatik xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Mas., o‘zbek tilida kesim gap markazi sifatida boshqa barcha bo‘lakni o‘z atrofida uyushtiradi. Rus tilida ega va kesim birga gap markazi hisoblanadi. O‘zbek tilida ega birinchi va ikkinchi shaxsda tushirib qoldiriladi. Rus, ingliz, nemis va boshqa ayrim tilda bunday emas. O‘zbek tilida sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: qizil gul, maktab bog‘i kabi. Tojik tilida buning aksi bo‘ladi: guli surx, bog‘i maktab kabi.

Til hamisha taraqqiyotda. Bu, asosan, tilning leksikasida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy hayotning o‘zgarishi leksikada katta o‘zgarish yasaydi. Yangi so‘zning vujudga kelishi, so‘zning «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sohasiga ijtimoiy o‘zgarish ta’sir qilmaydi, unda faqat vaqt o‘z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o‘zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, mas., o‘zbek tilining morfologik xususiyati, sintaktik qurilishida o‘zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o‘zgarish bo‘lib turadi. Mas., eski o‘zbek tilida -guaffiksi yordami bilan yasalgan ish otiga -m, -ng qo‘shimchasi qo‘shilib, uning kesim ekanligini ko‘rsatgan: Men ko‘rgum shaklida. Bu hozirgi o‘zbek tilida kuzatilmaydi. Ul, alar, andin, anda, ko‘zun ko‘rub (ko‘zi bilan ko‘rib) kabi qator so‘z – fikrimiz dalili. Yoki eski o‘zbek tilida Bu sening, Bu mening ko‘rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo‘lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko‘rinishiga ega.

Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis birligi, keng ma’noda til qurilishi tushuniladi. Morfologiyada so‘zning grammatik shakllanishi, buni hosil qiluvchi shakl yasovchi qo‘shimcha va yordamchi so‘z, ko‘makchi fe’l, to‘liqsiz fe’l, so‘z turkumlari o‘rganilsa, sintaksisda so‘z birikmasi va gap qurilishi tekshiriladi. Demak, grammatika tor ma’noda – shakl yasalishi (morfologiya) va erkin bog‘lanish haqidagi (sintaksis) bo‘lim.

Ko‘chma ma’no so‘zning o‘z ma’nosidan tashqari, o‘xshatish, mubolag‘a, kinoya asosida boshqa ma’noda qo‘llanishi natijasida hosil bo‘ladi: ko‘z – 1) «yog‘ochning qavariq joyi»; 2) «uzukning yaltiroq dumaloq qismi»; to‘qimoq – «yo‘q narsanio‘ylab chiqarmoq» kabi. Ko‘chma ma’no ham o‘z ma’no kabi har xil manbada turlicha atalgan: yasama ma’no, hosila ma’no, erkin ma’no va hokazo.

Ko‘chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so‘z yordamida anglashiladi. Mas., U bu gaplarni o‘zi to‘qigan jumlasidagi to‘qimoq so‘zining «o‘ylab chiqarmoq» ma’nosi undagi gaplarniso‘zi yordamida anglashiladi. Derazaning ko‘zi sindi gapidagi ko‘z so‘zining «shisha» ma’nosi deraza va sindi so‘zi yordamida yuzaga chiqmoqda. Bir so‘zda o‘nlab ko‘chma ma’no bo‘lishi mumkin. So‘zning ko‘chma ma’nosi faqat matn orqali, gapning ichidagina aniqlanadi. Aytilganidek, o‘z va ko‘chma ma’no deganda qo‘shimcha ma’noni tushunmaslik kerak. Bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosining yana alohidaalohida qo‘shimcha ma’nosiham bo‘lishi mumkin. Mas., yuqorida aytib o‘tilgan to‘qimoq so‘zining o‘z ma’nosida (gazmol to‘qimoq) qo‘shimcha ma’no yo‘q, lekin ko‘chma ma’nosida esa salbiy ma’no borligini anglash qiyin emas. So‘zning ko‘chma ma’nosi – til taraqqiyoti mahsuli. Har qanday so‘z vaqt o‘tishi bilan ko‘chma ma’noli bo‘lib keta oladimi? Ko‘chma ma’no qanday hosil bo‘ladi? Borliqdagi narsahodisa, belgixususiyat, harakatholatning nomi ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsahodisa, belgixususiyat, harakatholatning nomi sifatida ham qo‘llanadi. Bunday vaqtda bitta so‘z bir necha narsahodisa, belgixususiyat, harakatholatning nomi sifatida xizmat qiladi. Mas., burun so‘zi «tirik organizmning yuz qismida bo‘rtib chiqqan nafas olish a’zosi» ma’nosini ifodalash bilan birga «Yerning dengiz yoki okean tomon bo‘rtib chiqqan qismi» ma’nosini ham ifodalaydi. Bunda narsa orasidagi tashqi o‘xshashlik (yuzdan bo‘rtib chiqqan burun bilan yer qirg‘og‘ining dengiz yoki okeanga qarab bo‘rtib chiqishi o‘rtasidagi o‘xshashlik) birining nomini ikkinchisi o‘rnida qo‘llashga asos bo‘lgan.

Ko‘makchiot, olmosh, sifatdosh va harakat nomidan keyin kelib, uni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘z.

Umumiy grammatik belgilari.Ko‘makchimorfologik jihatdan o‘zgarmaydi: turlanmaydi, tuslanmaydi. So‘z yasalishi, shakl yasalishi uchun asos bo‘lmaydi.

Ko‘makchi o‘zidan oldingi mustaqil so‘zga vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi grammatik ma’no va munosabatni berish uchun qo‘llanadi va u bilan bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: 1) vosita: Ismat bobo hassasi bilan (to‘ldiruvchi) eshikni ochdi. 2) sabab: O‘qiganligi uchun (sabab holi) javob berdi. 3) maqsad: O‘qish uchun (maqsad holi) keldi. 4) payt: Kelgandan so‘ng (payt holi) gaplashamiz. 5) makon: Tom boshida (o‘rin holi) tog‘ora.

Ko‘makchili so‘z to‘ldiruvchi va hol, ayrim holda kesim bo‘lib keladi.

Hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchining ikki turi ajratiladi:

1.  Sof ko‘makchi – mustaqil lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotgan, faqat grammatik ma’no ifodalaydi: bilan, uchun, sari, sayin, kabi, singari, yanglig‘, qadar, dovur, to, doir, oid.

2. Vazifadosh ko‘makchi – aslida mustaqil turkumga mansub lug‘aviy ma’noli so‘z, lekin ko‘makchi vazifasini bajarayotganda faqat grammatik ma’no ifodalaydi: tomon, qarab, qaramay, qaraganda, qaramasdan, boshqa, bo‘lak, tashqari, sababli, tufayli, so‘ng, oldin, keyin, beri, ko‘ra, bo‘yicha, uzra, chog‘i, osha, bo‘ylab, ichra, bo‘yi, chamasi, haqida, to‘g‘risida, holda, yo‘sinda, qarshi, yarasha, asosan, binoan, muvofiq, qarata, o‘zga, buyon, burun, ilgari, boshlab, badaliga, davomida, vajidan, evaziga, borasida, bobida, misoli, tortib; ko‘makchi otlar: ost, ust, tepa, old, orqa, yon, ich, ora, bosh, o‘rta (i/si egalik va ga/da/dan kelishik qo‘shimchasi bilan).

Ko‘makchivazifasida qo‘llanuvchi so‘z quyidagi turkumdan ko‘chib o‘tgan: 1) otdan: tomon, haqida, chamasi, misoli, holda, yo‘sinda, bo‘yi; osti, tagi, usti, oldi, orqasi, yoni, bo‘yi, ichi, orasi, o‘rtasi + ga/da/dan; 2) sifatdan: boshqa, bo‘lak, o‘zga, tashqari, sababli, chog‘li, to‘g‘risida, qarshi, muvofiq; 3) ravishdan: so‘ng, oldin, burun, ilgari, keyin, beri, nari, bo‘yicha, uzra, ichra, asosan, binoan; 4) fe’lning sifatdosh shaklidan: qaraganda, qaramasdan; 5) fe’lning ravishdosh shaklidan: qarab, qaramay, ko‘ra, osha, bo‘ylab, yarasha, qarata, boshlab, tortib.

K o‘makchining qo‘llanishiga ko‘ra turi. Ko‘makchi biror kelishik bilan ham birga qo‘llanadi va shunga ko‘ra uning quyidagi turi ajratiladi:

1)  bosh kelishikdagi so‘z va ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh bilan: bilan (qalam bilan, sening bilan, seningla), uchun, kabi, singari, yanglig‘, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog‘li, osha, bo‘ylab, uzra, ichra, bo‘yi, chamasi, haqda//to‘g‘rida, haqida//to‘g‘risida, holda//yo‘sinda;

2)  qaratqich kelishigidagi so‘z bilan: ost, tag, ust, old, orqa, yon, qarshi, bo‘yi, ich, o‘rta, bosh;

3)  jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan: tomon, qadar, ko‘ra, qarshi, qarab, qaraganda, qaramasdan/qaramay, yarasha, doir, asosan, binoan, muvofiq, qarata;

4) chiqish kelishigidagi so‘z bilan: so‘ng, keyin, boshqa, bo‘lak, tashqari, o‘zga, beri, buyon, nari/nariga, burun, ilgari, oldin, avval, boshlab, tortib.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

Ko‘p ma’nolilik – nutq jarayonida til birliklarining birdan ortiq ma’no bildirish hodisasi. Mas., kitob so‘zi ko‘p ma’noli so‘z: 1) «varaqdan tashkil topgan va muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holidagi o‘quv quroli»; 2) «katta hajmli asarning qismi, bo‘limi”. Yoki qo‘zichoq so‘zi «qo‘yning bolasi» va «aziz farzand» ma’nosiga ega. Ko‘p ma’noli so‘zlarda, qo‘shimchalarda, iboralarda, tasviriy ifodalarda bo‘lishi mumkin. (q. Ko‘p ma’noli so‘z, Ko‘p ma’noli ibora, Ko‘p ma’noli qo‘shimcha.)

Bir ma’nolilik tilda kam va termin, biror soha, kasb-hunar atamasi, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zga daxldor. Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan boshqa ma’no ham kasb eta boshlashi mumkin. Mas., hakker so‘zi neologizm, «kompyuter programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda «umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda. Ko‘p ma’noli so‘z metafora, metonimiya, vazifadoshlik, sinekdoxa usullari bilan hosil bo‘ladi.

Ko‘p ma’noli so‘z. Nutq jarayonida birdan ortiq ma’no bildiradigan so‘z ko‘p ma’noli so‘z. Tildagi so‘zning ancha qismi ko‘p ma’noli, chunki kishi o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchaning har biri uchun alohidaalohida so‘z qo‘llayveradigan bo‘lsa, uning soni o‘ta ko‘payib, xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashadi.

Har qaysi tilda sanoqli til birligining turli xil birikuvidan cheksiz tushuncha va fikrni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zga yangiyangi ma’no yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘z hosil bo‘ladi. Mas., tosh so‘zi dastlab «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosiga ega bo‘lgan: Yo‘lda tosh yotibdi. Keyinchalik so‘zdagi «qattiqlik» ma’no qirrasi faollashib, “g‘am ham yemira olmaydigan” ma’nosi vujudga kelgan: Tosh ekan boshim.

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘z ko‘p ma’noli yoki polisemantik so‘z, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi. Polisemiya yunoncha poli «ko‘p», semio «ma’no» so‘zidan olingan, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono bir, semio ma’no)ga zidlanadi.

Qo‘shimcha (hissiy va uslubiy) ma’no so‘zni ko‘p ma’noli qila olmaydi. Chunki u o‘zi alohida tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaga biror qo‘shimcha ma’no orttiradi. Ko‘p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi.

Ko‘p ma’noli so‘z qancha ma’noni bildirmasin, baribir o‘sha predmet, hodisa, harakat orasida aloqa, umumiy belgi mavjud bo‘lishi shart. Mas., belso‘zi uch predmetni anglatadi, ammo ular orasidagi o‘xshashlikka asoslangan umumiy (“o‘rta qism”) belgisi mavjudligi birbiri bilan bog‘lab turadi. Qiyoslang: 1) Avazxon olmos po‘latni beliga boylab, otning beliga mindi; 2) Ezilib ketadi tog‘larning beli.

Ko‘p ma’noli so‘zda ma’no qancha bo‘lsa ham, u bir so‘z hisoblanaveradi. Ko‘chma ma’no nutq tarkibida boshqa so‘z bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, so‘z nutq tarkibidan chiqarilganda o‘z ma’nosi qoladi. Mas., tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosini anglatadi.

Har qanday ko‘p ma’noli so‘z gapning ichida faqat bir ma’noni anglatadi. Chunki bunda so‘zlovchi bir ma’noni nazarda tutadi va gapdagi qo‘shni so‘z ham boshqa ma’noni yuzaga chiqarmaydi.

            Ko‘p ma’noli ibora. Ko‘p ma’noli iborabirdan ortiq ma’noga ega. Mas., Bosh ko‘tarmoq: 1) «sekin sog‘aymoq»; 2) «sekin qaramoq»; 3) «qo‘zg‘olon qilmoq»; o‘ziga kelmoq: 1) «sekinlik bilan tushunmoq»; 2) «sekinlik bilan sog‘aymoq»; ko‘zi ochildi: 1) «qoqilib tushdi»; 2) «ko‘rdi».

Ko‘p ma’noli iboraningqaysi ma’nosi voqelanayotganligi matndan anglashiladi.

  Ko‘p ma’noli qo‘shimcha. Ko‘p ma’noli qo‘shimchabirdan ortiq ma’no anglatadi. Mas.,-chilik qo‘shimchasini olaylik. Darslik va qo‘llanmada uning quyidagi uch ma’nosi farqlanadi: 1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, uzumchilik.2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik. Aksariyat qo‘shimcha – ko‘p ma’noli. Tilda qo‘shimchaning kamligi uning ko‘p ma’noli bo‘lishiga olib kelgan.

 

Ko‘p ma’noli qo‘shimchaga misol:

Qo‘shimcha

Misol

-li

aqlli (mavjudlik), yog‘li (ortiqlik), o‘tirishli (moslik)

-ma

qovurma (harakat natijasi), burama ( odatdagi xususiyat)

-la

moyla (ega bo‘ldirish), randala (vosita bilan), bolala (paydo qilish)

-chilik

paxtachilik (soha), to‘kinchilik (mavjudlik), tirikchilik (holat)

-dor

Aybdor (mavjudlik), bo‘ydor (ortiqlik)

-no

noumid (ega emaslik), nomard (qarama-qarshilik)

-be

beg‘ubor (yo‘qlik), beg‘am (kamlik)

-siz

Asossiz (ega emaslik), madorsiz (kamlik)

-lik

otalik (qarindoshlik), bolalik (holat), mudirlik (kasb-hunar)

 

 

«Latofatnoma»XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab ijod etgan Xo‘jandiy qalamiga mansub va eski o‘zbek tilining nodir namunasi. Shu davrda Xorazmda hukmronlik qilgan Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag‘ishlangan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan farqli ravishda, har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojotlar ham yo‘q. “Latofatnoma” masnaviy shaklida yozilgan. Bizgacha 4 nusxasi yetib kelgan. Ikkitasi Kobul kutubxonasi muzeyida, bir nusxasi Istanbulda, biri esa Britaniya muzeyida saqlanadi. 488- yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma 313 baytdan iborat. Asar 1980- yilda E.Fozilov tomonidan nashr etilgan. “Muborak maktublar” majmuasiga kiritilgan.

 

Leksemaso‘zning gap tarkibidan tashqaridagi, grammatik qo‘shimchasiz, alohida olingan ko‘rinishi. Mas., kitob, o‘qi, qizil, bir, ko‘p, holbuki.Bular gap tarkibiga kirsa, so‘zga aylanadi: 1.Kitob qiziqarli ekan. 2.O‘qib chiqmoq bo‘ldi odatim. 3.Bir gapirib o‘n kuladi. 4.Holbuki, orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q.Leksemaning har bir so‘z birikmasi, gap tarkibidagi ko‘rinishi alohida so‘z. Mas., tilimizda bitta kitob leksemasi bor. Lekin uning har bir so‘z birikmasi yoki gapdagi ko‘rinishi alohida so‘z. Shuning uchun tilda leksema sanoqli, so‘zning miqdori esa cheksiz.

Lug‘at leksemani tavsiflaydi, so‘zni emas. Aks holda kitobni, o‘qidim, qizilroq so‘zi ham lug‘atda berilgan bo‘lur edi.

 

Ma’no – so‘z va qo‘shimchaning ichki tomoni, semasiologiya va grammatikaningning o‘rganish manbai. So‘z va qo‘shimchani ma’nosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

So‘z tovush orqali idrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet, voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa va predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa, uning xususiyati orasidagi ma’lum bog‘lanishni ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z orqali predmet va hodisa birbiriga qiyos qilinadi va shu yo‘l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Mas., hozirgi o‘zbek tilida daraxt so‘zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi. Ayni zamonda bu so‘z mevali va mevasiz daraxtni, mevali daraxtdan olma, o‘rik, shaftolini, shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalashi mumkin. Misoldan ko‘rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengaygan sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi, shu predmetni anglatgan so‘z ma’nosida ham kengayish yuz beradi.

Narsa va predmet, voqea va hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so‘zda aks etishi so‘zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda, u so‘zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat)ni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo‘lishi.

Odatda, predmet yoki hodisaga duch kelinganda dastlab u tanish predmet yoki hodisa bilan qiyoslanadi va shu asosda yangi predmet yoki hodisaning biror muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi narsa va predmetga nom berish uchun asos bo‘ladi, bu nom so‘zning ma’nosini tashkil qiladi. Buni, ayniqsa, tildagi barcha yasama so‘zda yaqqol ko‘rish mumkin: ishchi – «ishlaydigan», tomchi – «tomadigan», guliston – «gul o‘sadigan», qumtepa – «qum uyumi» kabi.

So‘z gapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro‘yobga chiqaradi. Biz litseyda o‘qiymiz gapi grammatik shaklsiz (Biz, litsey, o‘qi) holida fikr ifodalay olmaydi.

Demak, so‘zning mohiyatini tushunmoq uchun uning fonetik, semantik, grammatik tomoniga e’tibor berish kerak.

So‘zning ma’nosi murakkab, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo, ma’noning lug‘aviy (atash), grammatik va qo‘shimcha ma’no turini farqlash kerak.

Lug‘aviy (atash) ma’no. So‘zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatni bildirishi uning lug‘aviy (leksik), ya’ni atash ma’nosi deyiladi. Masalan: non–“oziqovqat”,keldi“harakat”. So‘zning leksik ma’nosi uning o‘zak, negizida bo‘ladi. Ba’zi bir so‘zda lug‘aviy ma’no bo‘lmaydi: lekin, bilan, va, ammo, uchun, sari kabi. Faqat mustaqil so‘zgina atash ma’nosiga ega bo‘ladi. Olmosh bundan mustasno. U o‘zi almashtiradigan mustaqil so‘zning atash ma’nosiga ishora qiladi.

Grammatik ma’no. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Mas., biror so‘z ot turkumiga, uning turdosh, aniq, yakka turiga mansub, biror kelishikda va ma’lum bir egalik qo‘shimchasini olgan, shuningdek, so‘z birikmasida ergash so‘z, gapda to‘ldiruvchi bo‘lib kelgan. Sanalgan xususiyatning barchasi ot turkumiga mansub bu so‘zning grammatik ma’nosi. Demak, so‘zning morfologik va sintaktik xususiyati uning grammatik ma’nosini tashkil etadi.

Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy. Shuning uchun u umumiy ma’no deyiladi. Bir xil grammatik ma’noli so‘z juda ko‘p. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida.

Qo‘shimcha ma’no. So‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha tarzda kishining histuyg‘u, kayfiyatini, turli munosabatini, so‘zning turli xil uslubda qo‘llana olishini ifodalovchi ma’no so‘zning qo‘shimcha ma’nosi deyiladi. Masalan: yuz, aft, chehra sinonimik qatorida atash ma’nosi bitta, qo‘shimcha ma’no har xil. Yuzso‘zidagi “betaraf”, aft so‘zidagi “salbiy”, chehra so‘zidagi “ijobiy” ma’no qirrasi qo‘shimcha ma’no.

Qo‘shimcha ma’no asosan ikki xil bo‘ladi:

a) hissiy ma’no (emotsionalekspryessiv);

b) uslubiy ma’no (stilistik).

Hissiy ma’no ham o‘z navbatida so‘zlovchining qanday munosabatini ko‘rsatishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:

a) ijobiy;

b) salbiy.

Mas., chehra so‘zi yuzni ijobiy ma’no bilan ifodalaydi. Turq so‘zi esa salbiy munosabatni ifodalaydi.

Ma’no qirrasining yuqori, ortiqcha ekanligini bildiruvchi ma’no ham mavjud. Mas., kerak, lozim, shart, darkor sinonimik qatorida kerakka nisbatan lozimning, lozimdan ko‘ra shartning ma’nosi kuchli ekanligini anglash qiyin emas. Bu uslubiy ma’no. Uslubiy ma’no so‘zning nutq uslubidan biriga mansubligini ko‘rsatuvchi, uni nutq uslubiga ko‘ra tavsiflovchi xususiyati. Mas., bashar, hur so‘zi faqat badiiy uslubga xos. Lozim so‘zi ilmiy, darkor so‘zi badiiy uslubga xos, kerak, shart so‘zi uslubiy betaraf. Uslubiy betaraf so‘zni har qanday nutq vaziyatida ishlatish mumkin. Uslubiy xoslangan so‘z ma’lum bir uslubda qo‘llanadi.

Barcha so‘z qo‘shimcha ma’noga ega bo‘lavermaydi. Qo‘shimcha ma’no so‘zning ma’no tarkibida bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Mas., novchaso‘zining atash ma’nosi – “baland bo‘yli”, qo‘shimcha ma’nosi esa yo‘q. Naynovso‘zida leksik ma’no bilan birga salbiy munosabat ham mavjud. Demak, faqat atash ma’nosiga ega va uslubiy xoslanmagan so‘z xolis (neytral) so‘z deyiladi.

Qo‘shimcha ma’no so‘zdagi kabi leksemada bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin.

Yuqoridagi fikrdan bir so‘zda qanday ma’no bo‘lishi mumkinligini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

a) lug‘aviy ma’no + grammatik ma’no + qo‘shimcha ma’no:bashara, chehra, hur, sevgi, naynov kabi;

b) lug‘aviy ma’no + grammatik ma’no: kitob, stul, odam, ozod;

d) grammatik ma’no + qo‘shimcha ma’no: darkor, chun, la, lek, yoxud;

e) faqat grammatik ma’no: va, bilan, ammo, uchun kabi.

Demak, leksik (atash) va qo‘shimcha ma’no har qanday so‘zda bo‘lmasligi ham mumkin, lekin grammatik ma’no har bir so‘zda mavjud.

          Ma’no kengayishi. Ma’no kengayishi – tildagi birliklarning vaqt o‘tishi bilan ko‘p ma’noni anglatib qolish hodisasi. So‘z ma’nosi doimiy taraqqiyotda bo‘ladi, o‘zgarib turadi. Vatan so‘zi dastlab tug‘ilgan joy ma’nosini anglatgan. Bugungi kunda u respublika, davlat ma’nosini ham bildiradi. Bunday holni hozirgi o‘zbek tilidagi burchak, kecha, yutuq, boshlang‘ich kabi qator so‘zda ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, qarindoshlik bildiruvchi ota, ona, xola, amaki kabi so‘zning keng ma’noda hurmat ifodalovchi sifatida qo‘llanishi ham ma’no kengayishiga misol bo‘ladi. Shuningdek, ba’zi manbada atoqli otning turdosh otga o‘tishi ham ma’no kengayishi sifatida qaraladi: Amper – amper, Rentgen – rentgenkabi.

            Ma’no torayishi. Ma’no torayishi davr o‘tishi bilan ko‘p ma’noni bildiruvchi so‘z ma’nosining kamayishi. Mas., ichkari so‘zi avval biror narsa yoki binoning ichki qismini ham, “biron kishining oila a’zolari”ma’nosini ham bildirgan. Lekin hozir bino yoki narsaning ichki qismini bildiradi, xolos. Kiyik so‘zi ilgari barcha yirtqich hayvonga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, hozir faqat ohuni, pivoso‘zi avval ichimlikning har qanday turini bildirgan bo‘lsa, hozir faqat bir turini ifodalaydi. Turdosh otning atoqli otga ko‘chishi ham ma’no torayishiga olib keladi:po‘lat – Po‘lat, bolta – Bolta, kumush – Kumush, bahor – Bahor kabi.

 

Ma’nodoshlik(sinonimiya)birdan ortiqtil birligirining ma’no munosabatiga ko‘ra har xil shaklda bo‘lsa-da, bir tushunchani bildirishi: ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo.

Tilda bir so‘z ko‘p ma’noni anglatishi bilan birga, bir necha so‘z bir tushunchani bildirishi ham mumkin. Mas., osmon, falak, ko‘k, samo, gardun; yurak, qalb, dil, ko‘ngil kabi. Bir tushunchani turli ma’noda ifodalaydigan so‘z ma’nodosh so‘z. Ma’nodosh so‘zning atash ma’nosi bir xil, o‘zaro qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Mas., yuz, aft, bashara, chehraso‘zining hissiy va uslubiy bo‘yog‘i farqli.

Ma’nodoshlik so‘z, qo‘shimcha, ibora, gaplarda mavjud. Shunga ko‘ra ma’nodoshlik: 1) lug‘aviy (leksik) ma’nodoshlik, ya’ni so‘z ma’nodoshligi: ish, yumush; gapirmoq, so‘zlamoq; 2) ibora (frazeologik) ma’nodoshligi: boshi osmonga yetdi, terisiga sig‘madi; 3) qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi: bu o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi: -ser, -dor, -siz, -be; b) grammatik shakl ma’nodoshligi: yap, yotir, moqda; 4) sintaktik ma’nodoshlik kabi turga bo‘linadi.

Leksikologiyada faqat leksik (lug‘aviy) va frazeologik ma’nodoshlik o‘rganiladi.

Ma’nodoshlikning mohiyatini to‘g‘ri tushunish uchun ikki hodisani birbiridan farqlash lozim:

– tushuncha va so‘z, uning o‘zaro munosabati;

– so‘z va uning ma’nolari, har bir so‘zning ma’no qirrasi.

Tushuncha predmet, belgi, voqea-hodisa, harakat haqida kishining tasavvuri, ma’no – uning tilda namoyon bo‘lishi. Tushuncha ma’noga, so‘z esa tushunchaga to‘la ravishda mos kelavermaydi. Mas.,yuz, aft, bashara, chehraso‘zi bir tushunchani bildiradi, ammo ma’nosi boshqa-boshqa. Ma’nosi bir xil so‘zning bittasi tilda yashaydi, boshqasi iste’moldan chiqib ketadi.

So‘z ma’nosi tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyatini va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va xususiyati o‘zga so‘z bilan ifodalanadi.

M a’nodoshlik qatori.Ma’nodosh so‘zlar to‘plamima’nodoshlik qatori deyiladi. Sinonimik qator birdan ortiq so‘zdan tashkil topadi: osmon, ko‘k, samo, falak; qiziq, g‘alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib kabi.

Sinonimik qatordagi ma’lum aniqlikka ega bo‘lgan, uslubiy jihatdan «betaraf» so‘z bosh so‘z (dominanta) deyiladi: yurak, ko‘ngil, qalb, dil qatorida bosh so‘z – yurak.

Bosh so‘z quyidagi xususiyatga ega: a) boshqalariga nisbatan ko‘p ishlatiladi; b) uslub tanlamaydi; d) boshqasini erkin almashtiradi; e)   hissiy bo‘yoqsiz bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’no anglatish-anglatmasligiga ko‘ra, sinonim uchga bo‘linadi:

a)         to‘liq ma’nodoshlik;

b)        ma’noviy ma’nodoshlik;

d)        sh a r t l i m a’n o d o sh l i k.

Agar asos ma’no ham, qo‘shimcha ma’no ham birbiriga to‘g‘ri kelsa, to‘liq ma’nodoshlik deyiladi: lingvistika – tilshunoslik, fazogir – kosmonavt, huquqshunos – yurist kabi. Bir tilning o‘z so‘zlari o‘zaro to‘liq ma’nodosh bo‘lmaydi.

Asos ma’nosi bir xil, lekin qo‘shimcha ma’nosi (hissiy, uslubiy ma’nosi) birbiridan farq qilsa, ma’noviy ma’nodoshlik deyiladi. Mas., yurak, dil, qalb, ko‘ngil; kerak, lozim, shart, darkor kabi.

Ma’nodoshlikmunosabati bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi: ulug‘, buyuk, katta (sifat); odam, inson, bashar (ot). Ma’nodoshlik deyarli barcha so‘z turkumida uchraydi.

Ko‘p ma’nolilikda ma’ n o d o sh l i k. Ko‘p ma’noli so‘zda ma’nodoshlik o‘ziga xos. U har bir ma’nosi bilan boshqaboshqa ma’nodoshlikqatorida bo‘lishi mumkin. Mas., bitirmoq so‘zi uch ma’nosi bilan uch ma’nodoshlik qatorida birlashadi:

a) bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq. Bu so‘z «yakuniga yetkazmoq» tushunchasi asosida o‘zaro ma’nodosh.

b)bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, do‘ndirmoq. Bu qatordagi so‘z «ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq» tushunchasi asosida o‘zaro sinonim.

d) bitirmoq, sop qilmoq, yo‘qotmoq. Bu so‘z «butkul yo‘q holatga keltirmoq» tushunchasi asosida sinonimlik hosil qiladi.

Yoki birinchi so‘zini olaylik: a)birinchi(sentabr) (sinonimi yo‘q); b)birinchi(farzand), bosh, to‘ng‘ich, katta;d)birinchi(masala),asosiy, muhim, dolzarb;e)birinchi (qadam),dastlabgi, ilk.

M a’nodoshlikning paydo bo‘lishi. Quyidagi yo‘l bilan paydo bo‘ladi: a) bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘tishi natijasida: manglay, peshona; kuch, quvvat; josus, agent; b) mahalliy shevadan so‘z olish natijasida: do‘ppi, kalapo‘sh; buzoq, go‘sala; d) so‘z yasalishi natijasida: his, sezgi; savol, so‘roq; vazifa, topshiriq; e) so‘zning yangi ma’no kasb etishi natijasida: o‘rin, joy, lavozim.

Ayrim so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanib, boshqa so‘zga vaqtincha ma’nodosh bo‘ladi. Mas., qattiq so‘zi ko‘chma ma’noda baxil, xasis, ziqna, mumsik so‘zi bilan, o‘t so‘zi chiroy, husn so‘zi bilan ma’nodosh. Bu shartli ma’nodoshlik deyiladi.

Ko‘rinib turibdiki, ma’nodoshlikning asosi turlicha, ular o‘zaro umumiy ma’nosi asosida bog‘lanadi. Har bir ma’nodosh so‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham uning ba’zisini ikkinchisining o‘rnida ishlatib bo‘lmaydi.

          Ibora ma’nodoshligi. Ibora (frazeologik) ma’nodoshligi–shaklihar xil, ma’nosi birbiriga yaqin bo‘lgan ibora (frazeologik sinonim)lar munosabati: toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq; terisiga sig‘madi – boshi osmonga yetdi.Lug‘aviy birlik sifatida ibora so‘z bilan sinonimlik tashkil qila oladi: g‘azablanmoq – joni chiqmoq, sevmoq – yuragidan urmoq, maqtamoq – ko‘klarga ko‘tarmoq. Bu ibora va so‘z (leksik-frazeologik) ma’nodoshligi deyiladi.

M a’nodoshlik ning uslubiy xususiyati. Og‘zaki va yozma nutqda ma’nodoshlikning amaliy ahamiyati katta. Ma’nodoshlik so‘zni o‘rinsiz takrorlashga yo‘l qo‘ymaydi, uslubning ravonligini ta’minlaydi.

Ma’nodoshlikbadiiy nutqda tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi ma’nodoshlik vositasida kishi xarakterini, voqeahodisani, manzarani aniq va jozibali qilib tasvirlaydi. Ma’nodoshlikdagi bunday xususiyatni XV asrdayoq idrok etgan Alisher Navoiy «Muhokamat ullug‘atayn» asarida ichmoq so‘zining 6 ta, yig‘lamoq so‘zining 7 ta ma’nodoshini keltiradi: yig‘lamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o‘kirmoq, inchkiramoq, hoyhoy yig‘lamoq. Alisher Navoiy bu ma’nodosh so‘zlarni birbiridan o‘zining nozik ma’no qirrasi bilan farqlanishini she’riy nutqda qo‘llash asosida tushuntiradi.

Ma’nodosh so‘z o‘zaro hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i bilan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuzso‘zi betaraf bo‘lsa, bet, aft so‘zi salbiy bo‘yoqli, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turqso‘zida basharaso‘ziga nisbatan ham kuchliroq; chehraijobiy bo‘yoqqa ega, jamolso‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. So‘zlovchi o‘z kayfiyati, maqsadi va munosabatiga qarab undan tanlaydi. Shuningdek, ma’nodoshning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qariso‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganiniki esa chegaralangan.

Ma’nodoshni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xato kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilayso‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu so‘z kishiga nisbatan ishlatiladi; bunda devorga nisbatan nuray (qulamoq) so‘zi qo‘llanishi maqsadga muvofiq edi.

            Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi.Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi– qo‘shimchalardagi shaklning turlicha, lekin ma’noning bir xil bo‘lish hodisasi. Barcha tur qo‘shimcha ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Shu boisdan so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligihamda grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligifarqlanadi.

Qo‘shimcha ma’nodoshligiga misol keltiramiz:

Qo‘shimcha

Misol

Qo‘shimcha

Misol

ba-/-li

bahaybat – haybatli

-qir/-ag‘on

topqir – topag‘on

-ga/-ni

unga tushunmadi –uni tushunmadi

-chi/-shunos

tilchi – tilshunos

-dan/ -ni

nondan oling – nonni oling

no-/-siz

noo‘rin – o‘rinsiz

-dan/-ga

teshikdan sig‘madi – teshikka sig‘madi

-ona/-larcha

mardona – mardlarcha

-dan/-ning

shundan biri – shuning biri

-sa/-sira

suvsamoq – suvsiramoq

-digan/-ar

qiladigan ish – qilar ish

-lab/-dan

saharlab – sahardan

-don/-li

bilimdon – bilimli

(-u)v / -(i)sh

o‘quv – o‘qish

-do‘z/-chi

mahsido‘z – mahsichi

-imtir/-ish/-roq

Oqish – oqimtir – oqroq

-yotir/-moqda/-yapti

borayapti – borayotir – bormoqda

-iz/-dir

Tomiz – tomdir

-ish/-lar

ketishdi – ketdilar

-larcha/-cha/-chasiga

Erkaklarlarcha – erkakchasigaerkakcha

-lay/-ligicha

butunlay – butunligicha

 

 

-loq/-zor

o‘tloq – o‘tzor

-li/-dor

unumli – unumdor

ser-/ -li

sero‘t – o‘tli

be-/-siz

bemaza – mazasiz

-soz/-chi

soatsoz – soatchi

 

 

 

So‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning bir-biriga yaqin ma’noni ifodalashi so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi deyiladi. Mas., sifat yasovchi-li, -dor, -ser, -ba qo‘shimchasi o‘zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi. Biroq ma’nodoshlik to‘liq emas, balki qo‘shimchaning ayrim ma’no qirrasi orasida. Ya’ni bir qo‘shimcha ikkinchi qo‘shimcha bilan barcha ma’nosi asosida sinonim bo‘la olmaydi.

Grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligi. Nonni yengnondan yeng, uyga jo‘namoq – uy tomon jo‘namoq kabi hodisada grammatik ma’nodoshlik mavjud. Grammatik ma’nodoshlik grammatik qo‘shimcha orasida ham, grammatik qo‘shimcha va yordamchi so‘z orasida ham bo‘ladi.

 

Tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi Mahmud az-Zamaxshariy(Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad) 1075- yil 18- martda Xorazmdagi Zamaxshar qishlog‘ida dindor dunyoqarashli oilada tug‘ilgan. Yoshligida ilm-fanning turli sohalari, arab tili va xattotlikni mukammal egallagan. Ustozi – til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur Abu Madar Isfahoniy. Ilmini oshirish maqsadida Buxoroga borib, u yerda shayxulislom Abumansur Nasr Xorisiy, Abu Sa’d Shaqqoniy va Abdulxattob ibn Abulbatrdan saboq oladi. Ma’lum muddat Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, so‘ngra Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq, Bog‘dod va Hijozda, 2 marta Makkada bo‘ladi. Bu yerda arab tili grammatikasi, lahjalari, maqol va urf-odatlari, geografiyasinini o‘rganadi. Asarlarini Makkada yozganligi tufayli u Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nisbaga muyassar bo‘lgan.

Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yozgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. “Al-Mufassal” kitobi (“Grammatika bo‘yicha mufassal kitob” (1121) asari arab tili nahvu-sarfini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham shuhrat topgan. Uning ixcham varianti “Al-Un-muzaj” (“Namuna”) nomi bilan ataladi. “Sibavayh kitobiga sharh” asari - mukammal manba. Otsiz Xorazmshohga bag‘ishlangan “Muqaddimat ul-adab” (“Adab ilmiga muqaddima”, 1137) asaridagi arabcha so‘zlar ostida forsiy va turkiy tarjimalarning berilishi o‘zbek tarixiy leksikologiyasi uchun qimmatli. Asar 5 ta katta qismga bo‘lingan – ot, fe’l, bog‘lovchi, ot o‘zgarishi, fe’l o‘zgarishi. Asarda o‘sha davr arab tilidagi barcha so‘zni qamrab olishga harakat qilingan. “Muqaddimat ul-adab” 1706- yilda Xo‘ja Ishoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan.

“Kitob-al-jibol val-amkina val-miyoh” (“tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob”) asarida qimmatli geografik ma’lumotlar berilgan. “Asos ul-balog‘a” asarida notiqlik san’ati haqida so‘z boradi.

Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan “Al-Kashshof” asari islom olamida mashhur.

Zamaxshariy ijodi A.Z.Validiy, Muhammad Kozimbek, A.Rustamov,U.Tursunov, U.Uvatov, Z.Islomov, M.Hakimjonov kabilar tomonidan o‘rganilgan.

1144- yilda hozirgi Ko‘hna Ugranchda vafot etgan.

Mahmud Koshg‘ariy(XI asr) (to‘liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn ibn Muhammad-al-Koshg‘ariy)– qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist-fonolog, leksikolog, leksikograf, lingvogeograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi. Uni haqli ravishda turkiyshunoslik fanining asoschisi deb aytish mumkin. Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» (1076–77) asari nafaqat o‘sha davr uchun, bugungi turkologiya fani uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan qomusiy asar. Asar davr an’anasiga muvofiq arab tilida yozilgan. Bizgacha birgina qo‘lyoma nusxasi yetib kelgan. U muallif o‘z qo‘li bilan yozgan nusxasidan kotib Abu Bakr Damashqiy tomonidan ko‘chirilgan. Istambulda saqlanadi. 1960–63- yillarda S.Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, uch tomda nashr qilingan.

NizomiddinMahmudov 1951- yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, filologiya fanlari doktori, professor. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining sintaksis, leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika sohalari bo‘yicha qator jiddiy tadqiqotlar yaratgan, ona tili bo‘yicha darsliklar e’lon qilgan yirik va sermahsul olim.

«O‘zbek tilidagi sodda gaplarda semantik va sintaktik asimmetriya» (1984), «Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at – ma’lumotnoma» (1990), «Til va ma’naviyat» (hamkor, 1992), «O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (hamkor, 1992), «Turkcha - o‘zbekcha, o‘zbekcha – turkcha lug‘at» (hamkor, 1993), «O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis» (hamkor, 1995), «Til» (1998), «O‘zimiz va so‘zimiz» (1997), «Ma’rifat manzillarida» (2000), «O‘zbek tilida ish yuritish» (hamkor, 2003), «Ona tili» (hamkor, 2004) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.

Mazkur tillar oilasiana’anaga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: indonez, polinez, melonez va mikronez tillari. Mazkur tillar o‘zagini malay, polinez tillari tashkil qiladi. Malay-polinez tillari oilasi avstronez tillari ham deb yuritiladi. Hozirgi tasniflarda Tayvan avstronez tillari qolgan avstronez tillariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ulardan Okeaniya (sharqiy avstronez) shoxobchasi ajralib turadi.

Maqol grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma.To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ko‘ngli qoraning yuzi qora.Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Maqolning aksariyati qo‘shma gap shaklli bo‘ladi: 1. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. 2. Bekorchining beti yo‘q, qozon osar eti yo‘q. 3. Bodom po‘sti bilan, odam do‘sti bilan. 4.Kamtar bo‘lsang osh ko‘p, manman bo‘lsang, tosh ko‘p.Sodda gap tipidagi maqol ham tilda ancha: 1. Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas. 2. Arg‘amchiga qil quvvat. 3. Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r. To‘liqsiz gap shaklli maqol ham ko‘p uchraydi: 1. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan(qaytmas). 2. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda(bilinadi). Maqol tugal fikr bildirishi, ibora bir so‘zga teng tushuncha anglatishi, matal esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdek «chala» fikr ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazmuni obrazli va ko‘chma xarakterda bo‘lishi bilan o‘xshash.

Matalbarqaror birikma turi, to‘g‘ri ma’no ifodalamaydigan obrazli ifoda, tugal shaklga ega bo‘lmagan hikmatli birikma. Mas., qizil qor yoqqanda, tuyaning dumi yerga yetganda, dumi xurjunda, ali desa vali deydi, berdisini aytguncha kabi. Matalga boshqa bir gap qo‘shilishi bilan fikr to‘liq ifodalanadi. Mas., Berdisini aytguncha jim tur. Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini to‘laydi kabi.

Maxsus ensiklopedik lug‘at fan-texnika, san’at va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallab tavsiflaydi. Bunday lug‘atlar sifatida soha ensiklopedik lug‘atlari – «Meditsina ensiklopediyasi», «Fizicheskiy ensiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar» va qo‘lingizdagi lug‘atni misol qilish mumkin. Umumiy ensiklopedik lug‘atdan farqli ravishda maxsus ensiklopedik lug‘atlar tor sohaga doir tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Mas., rus tilida yaratilgan «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar »da shunday deyiladi: «Bu lug‘at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo‘lgan soha – psixologiya, mantiq, falsafa, etnografiya va adabiyotshunoslik sohalari mutaxassislariga mo‘ljallangan.

Maxsus filologik lug‘at– tor o‘quvchilar ommasi, tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi va boshqa ayrim ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan lug‘at turi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug‘atlari shular jumlasidan.

Gapga kesim vazifasida kirgan fe’l harakatning bajarilishi haqida xabar, buyruq, shart, iltimos ma’nosidan birini bildiradi: o‘qidi, o‘qisa, o‘qigin kabi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart, maqsad ma’nosini ifodalovchi fe’lning munosabat shakli – mayl. Maylning uchta shakli ajratiladi:

Xabar mayli. Harakat-holatning zamon bilan bog‘liq holda bajarilish yoki bajarilmasligi haqida xabar beradi: keldi, kelyapti, keladi. Doimo zamon va shaxs-son qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi. Xabar maylining maxsus ko‘rsatkichi yo‘q.

Buyruq-istak mayli. Harakat-holatning kelasi zamonda bajarilish yoki bajarilmasligi haqidagi buyruq, iltimos, maslahat ma’nosini ifodalaydi. Uning qo‘shimchasi buyruq-istak bilan birga shaxs va sonni ham ko‘rsatadi:

I shaxsda buyruq shakli mavjud emas, ammo istak maylining birligi -(a)y shakli bilan, ko‘pligi unga -lik shaklini qo‘shish bilan yasaladi: yozay, yozaylik. Buyruq-istak maylining asosiy shakli II shaxs, uning birligi: 1) maxsus ko‘rsatkichsiz (nol shakl): yoz; 2) -gin shakli bilan: yozgin; 3) ko‘pligi -ing: yozing va -ingiz: yozingiz shakllari bilan yasaladi. Maxsus qo‘shimchasiz yasalganda buyruq ohangi kuchli bo‘ladi: kel, o‘qi, ket. III shaxs birlikda -sin, ko‘plikda -sinlar shakli bilan hosil qilinadi: yozsin, yozsinlar.

Buyruq-istak maylining inkor shakli -ma qo‘shimchasi orqali hosil qilinadi: bormay, borma(gin), bormasinkabi.

Shart mayli. Boshqa bir harakat/holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakat/holatni, shuningdek, payt, istak, iltimos, maslahat, faraz (kerak so‘zi bilan qo‘llanganda), to‘siqsizlik (asosan, ham va -da yuklamasi bilan) kabi ma’nolarni bildirgan fe’lning munosabat shakli. -sa qo‘shimchasi yordamida yasaladi: 1) shart: Sunnatjon bilsa, aytadi; 2) payt: Mahbuba uyga kirsa, hech kim yo‘q. 3)istak-xohish: tezroq talaba bo‘lsam. 4) maslahat: yaxshisi, o‘tilganlarni takrorlaymiz. 5) faraz, gumon: ertaga qor yog‘sa kerak. 6) iltimos: daftaringizni berib tursangiz. 7) taklif: bitta yostiq bersam, yonboshlasangiz.

Uslubiy belgilari.Mayl qo‘shimchasi bir-birining o‘rnida qo‘llanadi:

a) xabar mayli buyruq maylini ifodalaydi: Qani, yozamiz, bolalar. Ketdik, yigitlar. Bugun ish ko‘p, bolam. Mehmonlarning qo‘liga suv quyasan, joy-joyiga o‘tqazib, avval choy berasan. Ovqatlanayotganda ham gapiradimi, odam.

b) xabar mayli shart mayli o‘rnida: Va’da berdingmi, bajar.

d) buyruq mayli xabar mayli o‘rnida: O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Mehnatni ular qilsin-u, foydani siz ko‘zlaysiz.

 

  Mirzo Mahdixon ((XVII–XVIII asr, Eron) asl ismi – Nizomiddin Muhammad Xodi al-Husayni as-Safaviy). Asli astrobodlik, Eron shohi Nodirshoh saroyida muarrix va xattot bo‘lib ishlagan. Grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan «Sangloh» (1760) lug‘ati mashhur. Asarga qo‘shimcha kiritilgan «Maboni ul - lug‘at» ikki qismdan: muqaddima va tarsif (grammatika) dan iborat.

  Muqaddima qismida asarning yozilish sababi, Alisher Navoiy asarlarining asar yozilishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgani, turkiy tilning arab va tors tillaridan farqlanuvchi o‘ziga xos grammatik xususiyati haqida fikr yuritiladi. Asarning lug‘at qismi, asosan, Navoiy, Lutfiy, Bobur asarlaridagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar izohiga, ularning fors tiliga tarjima qilinishiga qaratilgan.

  Tarsif qismida arab tilida fe’llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek tilida esa II shaxs, birlik, buyruq mayli shaklida ekanligi va fe’lning barcha shakllari shu asosdan hosil qilinishi bayon qilinadi.

  Mirzo Mahdixonning «Maboni ul-lug‘at» asari – XVII–XVIII asr o‘zbek tilshunosligidagi grammatik tushunchani qamrab olgan nodir manba.

«Muhabbatnoma»Xorazmiyning dunyoviy lirikaga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan asari. Eski o‘zbek adabiy tilining va o‘zbek adabiy tilida noma janrining birinchi namunasi. U Oltin O‘rda hududida hukmronlik qilgan Muhammad Xo‘jabekning iltimosiga ko‘ra yozilgan. Shoir uni Sirdaryo yoqalarida yozganligini ma’lum qiladi. Asarning ikki nusxasi fan olamida ma’lum. Biri arab, ikkinchisi uyg‘ur yozuvida. Ikkalasi ham Londondagi Sharq qo‘lyozmalari muzeyida saqlanadi.

Asar xudoga hamd, payg‘ambarlarga na’t bilan boshlanib, so‘ngra asarning kimga bag‘ishlanganligi va uning madhi, lirik chekinish – g‘azal keltiriladi. So‘ngra asarning yozilish sababi aytilib, nomlar keltiriladi. Har qaysi nomadan keyin masnaviy yoki g‘azal beriladi.

«Muhabbatnoma»asari oshiqning o‘z ma’shuqasiga yozgan she’riy maktublari ko‘rinishida. 11 nomadan iborat, 8 tasi eski o‘zbek tilida, uchtasi (4-, 8-, 11-) fors-tojik tilida.

Asarning yozilish yilini shoirning o‘zi hijriy 754 (milodiy 1353) deb aytadi.

Murakkab qo‘shma gapikkitadan ortiq sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap turi. Maktab darsligida uch va undan ortiq sodda gapning birikishidan tarkib topgan gap murakkab qo‘shma gap deyiladi. Ayrim darslikda uning quyidagi turi ajratiladi: 1) bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gap teng bog‘lovchi yoki shu bog‘lovchi vazifasidagi yuklama yordamida bog‘langan qo‘shma gap: Hamma keldi- yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror qildik; 2) ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap (bu haqda quyida so‘z yuritiladi); 3) bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar maxsus bog‘lovchi vositasiz, faqat ohang yordamida bog‘langan murakkab qo‘shma gap: Nonlar yopildi, qo‘ylar so‘yildi, o‘choqlarga o‘t yoqildi. 4) aralash tarkibli murakkab qo‘shma gap. (Bu haqda quyida so‘z yuritiladi).

Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap. Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gap tarkibidagi ergash gap bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirsam, chiroq o‘chib, parda projektor nurida porlab turardi. Bu gapdagi ergash gap bosh gapga quyidagicha bog‘lanadi: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanish (birgalik ergashish).Bunda ergash gapning har biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gapdagi ergash gap: a) bir xil ergash gap (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; b)har xil ergash gap (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lsa ham, juda xunuk gap-ku!Bunda oradagi biror ergash gap tushirib qoldirilsa ham, gap qurilishi va mazmuni buzilmaydi:Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi – Mana bu kanal bitsa, paxta ham ko‘payadi; 2) ketma-ket ergashishda har bir ergash gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga, ikkinchisi keyingisiga va oxirgisi bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gap tarkibida turli xil ergash gap qatnashadi: Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma.Bunda oradagi ergash gap tushurilsa, gap qurilishi va mazmuni buziladi:Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma – Agar siniq shisha bo‘lsa ham xiyonat qilmakabi.

Aralash turdagi qo‘shma gap. Tarkibidagi gap ergashish yo‘li bilan ham, tenglanish yo‘li bilan ham bog‘langan bo‘lsa, aralash turdagi qo‘shma gap deyiladi. Bunday qo‘shma gap uchdan ortiq sodda gapdan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zatash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar. Bunday so‘zlar mustaqil so‘roq qabul qilib gapda turli gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Fe’l, ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub so‘zlar mustaqil atash ma’nosiga ega bo‘ladi.

 

Filologiya fanlari doktori, professor Hamid Ne’matov 1941 yilning 22 noyabrida Buxoro shahrida tavallud topgan. O‘zbek tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi yuzasidan qator asarlar muallifi.

H.Ne’matov tilshunoslikning deyarli barcha sohalari bo‘yicha barakali ijod qilib kelmoqda. Uning «Istoriya lingvisticheskix ucheniy» (1981), «Funksionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix pamyatnikov XI – XII v.» (1989), “O‘zbek tili tarixiy fonetikasi” (1992), «Til va nutq» (hamkorlikda, 1993), «O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari» (hammuallif, 1995), «Ona tili ta’limi mazmuni» (hammuallif, 1995), «O‘zbek tili struktural sintaksisi asoslari» (hammuallif, 1999) kabi asarlari, shuningdek, tilshunoslik tarixi hamda hozirgi o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalariga, ona tili ta’limi mazmuniga bag‘ishlangan 300 dan ortiq ilmiy, ilmiy – metodik maqolalari fanimiz rivojiga barakali xizmat qilmoqda.

H.Ne’matov o‘zbek tilini sistemaviy tadqiq qilish asoschilaridan hisoblanadi.

H.Ne’matov o‘rta umumiy ta’limda ona tili predmetini takomillashtirish bo‘yicha ham barakali xizmat qildi. U o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ishlashga mo‘ljallangan «amaliyotdan nazariyaga» tamoyiliga asoslangan yangi tipdagi ona tili darsliklarining nazariy asoschisi.

H.Ne’matov o‘zbek tilini uning milliy tabiatidan kelib chiqqan holda tadqiq etib, boshqa tillar qolipi asosida o‘rganish jarayonida yuzaga kelgan chalkashliklarga aniqlik kiritdi va o‘zbek tilshunosligining keyingi takomillashuviga katta hissa qo‘shdi.

 

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

 

«O‘g‘uznoma»– turk-o‘g‘uz shajarasi va ularning afsonaviy hukmdori O‘g‘uz hoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxminan XV asrda ko‘chirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. «O‘g‘uznoma»ning turli variantlari bor. Uning eng ko‘p tarqalgan varianti Abulg‘oziy Bahodirxonning «Shajarai turk» asarida saqlangan. «O‘g‘uznoma»ko‘p tillarga, jumladan, nemis, rus tillariga o‘girilgan.

O‘z ma’no – so‘zning predmet, voqeahodisa haqidagi dastlabgi, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi. O‘z ma’no atamasi darslikda turli sinonimiga ega: bosh ma’no, denotativ ma’no, asosiy ma’no, to‘g‘ri ma’no, genetik ma’no va hokazo. Masalan: ko‘z – «ko‘rish a’zosi», paxta – «oq mayin tola beruvchi o‘simlik», to‘qimoq – «gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq» kabi. (qiyos. Ko‘chma ma’no).

 

O‘zbek qavmi ham o‘z nomiga ega bo‘lguncha turli nom ostida yashagan. U qadimgi turkiy qavm davrida tarixan shakllangan bir guruh qabiladan tashkil topgan. Garchand o‘zbek nomi bo‘lmasada, o‘zbek xalqining birinchi qatlami IX–XII asrda qoraxoniylar davrida qarluq, chigil, yag‘mo qabilasi ittifoqi zaminida hosil bo‘lgan. O‘zbek tili mustaqil til sifatida XI asrdan shakllana boshlagan. XX asrning boshigacha turk, sart, chig‘atoy, o‘zbek atamasi bilan nomlanib kelgan.

O‘zbek so‘zi urug‘, qabila, elat, «saxiy», «odamiy», «dil tortuvchi», «sevgili» ma’nosida Lutfiy, Atoiy va Navoiy ijodida ishlatilgan.

 

O‘zbek tili leksikasi bir qancha manba asosida boyib, rivojlanib boradi. Uni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ichki imkoniyat; 2) tashqi imkoniyat.

Birinchisi ichki manba, ikkinchisi tashqi manba deyiladi: 1. O‘zbek tili lug‘at tarkibining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyati juda keng. Masalan: a) ilgari qo‘llanib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zdan yangi tushunchani ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash: uyali (telefon), omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqa; d) shevaga xos so‘zni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida. 2. O‘zbek tili lug‘at tarkibi tashqi manba asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda ichki imkoniyati asosidagina rivojlanadigan til yo‘q. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani tilimizning ichki imkoniyati asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbaga murojaat qilish foydali. Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy ham shunga da’vat qilgan. Keyingi davrda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘z yangi tushuncha bilan birgalikda kirib keldi. Masalan: monitoring, diler, skaner kabi. Buning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatini kengaytirib, boyitmoqda.

«O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»–maktabo‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so‘z hamda o‘zlashma so‘zlar aniqlangan.

                   Lug‘atda bosh so‘z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o‘rinlaridan joy olgan.

 

«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.Lug‘atning maqsadi o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o‘quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so‘zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo‘naltirilgan.

  Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun «O‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»dan nafaqat til o‘rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo‘lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so‘zlar ham mazkur lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.

Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVAR INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug‘at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so‘zlari lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma’lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …    

yoki

ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i.

Tilimizda o‘zlashmalar mustaqil so‘zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so‘zlarlar orasida ham uchraydi. Qo‘llanmaning maqsadi o‘zlashma so‘z haqida batafsil ma’lumot berishga yo‘naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so‘zlar kiritilgan.

O‘zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un, u, asosan, so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r]

AKADEMÍK [r akademicheskiy]

Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko‘pma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki ko‘pma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati.

  2 ot Ajablanish, hayronlik.      3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so‘zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo‘ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.

yoki

XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.

O‘z tilida so‘z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan turli yasama so‘slar bizning tilimizga tayyor holda kirib kelganligi sababli, o‘zbek tilida ular tub so‘zlar hisoblanadi. Shuning uchun lug‘atda bunday so‘zshakllarning har biri alohida izohlangan:

DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o‘zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi…

DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.

Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmagan. Muntazam takrorlanuvchi so‘zlar esa qisqartma shaklida berilgan, ushbi qisqartmalar va boshqa belgilar to‘g‘risida lug‘atning KIRISH qismidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

 

O‘zlashma qatlam qarindosh bo‘lmagan tildan kirib kelgan so‘z:kitob, daftar, non, ma’rifat, telefon, kompyuter. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zning asosiy qismini fors-tojik, arab tilidan o‘zlashgan hamda ruscha-baynalmilal (xalqaro) so‘z tashkil qiladi. O‘zbek tilidagi fors-tojikcha so‘zni fonetik ko‘rinishiga ko‘ra o‘zbekcha so‘zdan farqlash qiyin. Lekin ayrim muhim belgisi mavjud: 1) sirg‘aluvchi j tovushi fors-tojikcha so‘zda uchraydi: mujda, gijda, mujgon kabi; 2) so‘z oxirida undosh qator keladi: taxt, baxt, dard, go‘sht, farzand, daraxt kabi; 3) o unlisi cho‘zib aytiladi: non, darmon, bahor kabi. Lekin buning barchasi ham asosiy belgi bo‘lolmaydi.

O‘zbek tilida arabcha o‘zlashma ham talay. Uning muhim belgisi: 1) tutuq belgili so‘z arab tiliga mansub (ruscha-baynalmilal (xalqaro) so‘z mustasno); 2) ko‘plik qo‘shimchasi so‘z oldida bo‘ladi: xulq-axloq, she’r-ash’or, xabar-axbor kabi. 3)-ot, -at, illo, ullo, iy, viy unsuri bilan tugagan so‘z arab tiliga xos: axborot, hayvonot, nabotot, shaxsiyat, tabiat, Abdullo, adabiyot, oilaviy, ilmiy kabi; 4) arabcha so‘z tarkibida g, j, ch, p, ng tovushi uchramaydi; 5) so‘z boshida -ik, -iq, -ak, -mu, -ma unsuri bo‘ladi: ikrom, iqror, akram, muallim, maktab, mahorat kabi.

O‘zbek tili leksikasi tarkibi quyidagicha bo‘lgan: 1923- yildao‘zbekcha so‘z 61%, arabcha-forscha so‘z 37,4 %, ruscha-baynalmilal so‘z 2 %, 1940- yildao‘zbekcha so‘z 69 %, arabcha-forscha so‘z 25 %, ruscha-baynalmilal so‘z 25 %.

Turkiylar ham boshqa tilga ko‘plab so‘z bergan. Masalan rus tiliga: chugun, tovar, kirpich, utyug, aliy, bumaga, topor, yarlik, bara, karakuli, arik, djugara, xirman, dengi, altin, izumrud, jemchug, bazar, kazna, chulok, karman, tulup, sarafan, kaftan, yapancha, tyubeteyka, xalat, kolbasa, kavardak, shurpa, plov, kumis, ayran, jir, arbuz, vishnya, uryuk, ayva, kumach, churek, xalva, alcha, injir, Barsunov, Baskakov, Tolmachov, Turgenev, Saltikov, Polivanov, Arkacheyev, Chirikov, Saratov, Yessentuki, Berdichev, Arbatskaya kabi.

 

O‘zlashma so‘z lug‘ati – o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadigan lug‘at. Bu tipdagi lug‘at – izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Mas., O.Usmon va R.Doniyorov tomonidan 1965 yilda nashr etilgan «Ruschainternatsional so‘zlar izohli lug‘ati»da rus va boshqa yevropa tilidan kirib kelgan so‘z izohlangan. 2007- yil «Yangi asr avlodi» nashriyotida Y.Hamrayevaning maktab o‘quvchisi uchun «O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» chop etilgan (q. “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”.)

 

O‘zganing shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o‘zlashtirma gap deyiladi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan gap: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi(o‘zlashtirma gap) Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman “(ko‘chirma gap). So‘roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.

 

Ko‘chirma gap

O‘zlashtirma gap

Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallaysiz? – dedi O‘ktam.

O‘ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo‘ljallanishini so‘radi

 

O‘zlashtirma gapda ko‘chirma gapdagi kirish so‘z tushib qoladi, undalma vositali to‘ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxslarni ko‘rsatuvchi so‘z 3-shaxsga aylantiriladi:

 

Ko‘chirma gap

O‘zlashtirma gap

1. – Xo‘sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? – so‘radi O‘ktam. 2. – Men ketdim, - dedi ukasi.

1. O‘ktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borligini so‘radi. 2. Ukasi o‘zining ketayotganini aytdi.

 

O‘zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq, undamoq (demoq fe’lidan tashqari) so‘zi bilan ifodalanadi.

Onomastika yunoncha onomastike - “nom qo‘yish san’ati” demakdir. Onomastika – tilshunoslik sohasi. Tilda mavjud bo‘lgan barcha tur atoqli otlarini o‘rganadi. Atoqli otlarning tildagi tarkibining (qanday so‘z va qo‘shimchalardan iboratligi) qaysi til dalillari ekanligi, ma’no soni, tovush o‘zgarishlari onomastikada o‘rganiladi.

Onomastikaning bo‘limlari:

  1. Antroponimika (ismshunoslik), kishilarning ismi, otaism, familya, taxallus va nisbalarni o‘rganadi.
  2. Toponimika joy nomlarini o‘rganadi.
  3. Teonimika iloh, ma’bud, ilohiy shaxs va tushunchalar, payg‘ambar va aziz avliyolar, qadamjolarning nomini o‘rganadi.
  4. Kosmonimika osmon jismlari, sayyora va yulduzlar, burjlarning nomlarini o‘rganadi.
  5. Zoonimika hayvonlarga atab qo‘yilgan maxsus nom-laqablarni o‘rganadi.
  6. Ktematonimika insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan, yaratilgan moddiy va nomoddiy narsa, tushuncha nomini o‘rganadi: kuy-qo‘shiq, badiiy asar, ommaviy axborot vositasi, haykaltaroshlik va rasm kabilarning nomi.
  7. Mifonimika xayoliy narsa va tushunchalar nomini o‘rganadi.

          Onomastik lug‘atlar. Onomastik lug‘ato‘zbek leksikografiyasining alohida sohasi. Bunday lug‘atlarda atoqli otlar (onomosionimlar)dan, mas., toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»ni, E.Begmatovning “O‘zbek ismlari”, S.Qorayevning joy nomlarining izohli lug‘atini misol qilib keltirish mumkin.

2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan T.Nafasov va V.Nafasovaning “O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati” maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

 

 Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zo‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini tashkil etadi. Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishi, qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z barcha turkumda mavjud: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal;4) son: bir, o‘n, yuz, ming; 5)ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari. 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) undov va modal: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari; 9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Ammo, shu bilan birga, ular orasida o‘zlashmasi ham ko‘p. Masalan: tojikcha: go‘sht, non, dard, bobo, dugona, do‘st; arabcha: avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya.

Qo‘shimcha, ya’ni morfema (morfema –yun. morphe – shakl) o‘ziga xos shakl va ma’noga ega bo‘lgan, boshqa ma’noli qismga bo‘linmaydigan, so‘z yasash, so‘zning biror grammatik shaklini hosil qilish uchun asos bo‘ladigan lisoniy birlik. Masalan: ish-chi, ish-ga, ish-lar.

Qo‘shimcha vazifasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: so‘z yasovchi morfema, shakl yasovchi morfema. So‘z yasovchi qo‘shimcha yangi leksema hosil qilishda ishtirok etadi va tilning lug‘at qatlamini boyitadi. Shakl yasovchi qo‘shimcha so‘zning biror grammatik shaklini yasash uchun xizmat qiladi: kitob-lar ko‘plik shakli, bola-ni kelishik shakli va boshqalar.

  Ayrim manbada so‘z o‘zagi ham morfema sifatida qaraladi.

          Qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari. Qo‘shimcha vazifasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

1)so‘z yasovchi qo‘shimcha;

2)shakl yasovchi qo‘shimcha.

So‘z yasovchi qo‘shimcha asosdagi atash ma’nosini yangilaydi: ish-chi, ish-chan, ish-la. Yasovchi qo‘shimcha faqat to‘rtta so‘z turkumi (fe’l, ot, sifat, ravish)da mavjud. Boshqa turkumlarning yasalishi munozarali.

Qo‘shimcha qo‘shishusuli bilan so‘z yasash 12 ta so‘z turkumining 4 tasiga xos. Ular: 1. Ot. 2. Sifat. 3. Fe’l. 4. Ravish.Bu to‘rtta so‘z turkumida so‘z yasovchi qo‘shimcha mavjud. Son, olmosh, taqlid, undov va modal so‘z yasalmasada, xuddi shu usul bilan ot, sifat, fe’l va ravish yasashda ishtirok etadi.Qo‘shimcha qo‘shilayotgan so‘z asos, hosil bo‘lgan so‘z yasalma deyiladi.Yasama so‘z tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha birdan ortiq bo‘lishi ham mumkin. So‘zning yasamaligini belgilashda eng so‘nggi yasalish hisobga olinadi. Mas., terimchilik, suvoqchilik, bichiqchilik, to‘qimachilikso‘zi ter, suva, bich, to‘qife’lidan, terim, suvoq, bichiq, to‘qimaotidan ham emas, balki terimchi, suvoqchi, bichiqchi, to‘qimachiso‘zidan yasalgan.

So‘zda so‘z yasovchi qo‘shimcha birdan ortiq bo‘lishi mumkin: dardmandlik, darmonsizlanmoq, tilshunoslik, tarjimashunoslik, oshpazlik, tekislagich, badavlatlik, bema’nigarchilik, bosqinchi, vafodorlik, notinchlik, beo‘xsha(o)vlik. Qo‘shimcha qo‘shib so‘z yasashga faqat so‘z yasovchi qo‘shimcha emas, qo‘shimchasimon (ya’ni qo‘shimchalashgan so‘z, affiksoid) ham ishtirok etadi: -aro: xalqaro, davlatlararo; -baxsh: orombaxsh, hayotbaxsh, shifobaxsh; -noma: taklifnoma, tavsifnoma, yilnoma; -xona: darsxona, kutubxona, mehmonxona; xush: xushmanzara, xushfe’l, xushbichim.

Bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar o‘zakdosh deyiladi. Mas.,gulla, gulchi, guldon, guldorkabi.Turli grammatik qo‘shimcha olgan bir so‘z ko‘rinishlari o‘zakdosh sanalmaydi: kitob, kitobning, kitobni, kitobdan, kitobdakabi.

So‘z yasovchi qo‘shimcha unumli va unumsiz bo‘ladi. Unumli yasovchi – bugungi kunda ham so‘z yasayotgan qo‘shimcha: -chi, -dosh, -kor kabi.

Unumsiz qo‘shimcha til tarixida so‘z yasagan va bugungi kunda hosila bermaydi: - -archilik(ocharchilik), -i (tinchi), -gi (kuzgi)kabi.

Shakl yasovchi qo‘shimcha so‘zning biror grammatik shaklini yasaydi. Shuning uchun unga doimo shakl so‘zi qo‘shib aytiladi: egalik shakli, nisbat shakli, zamon shakli, daraja shakli, kichraytirish shakli, ko‘plik shakli kabi.

Shakl yasovchi umumiy xususiyatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

1)    lug‘aviy shakl yasovchi;

2)    sintaktik shakl yasovchi.

Lugaviyshaklyasovchiso‘zlug‘aviyma’nosigabirozta’sirqiladi. Qo‘llanilishi bir turkum bilan chegaralanadi. Mas., nisbat fe’lga, kichraytirish, erkalash otga, daraja belgi bildiruvchi so‘zga xos. Lug‘aviy shaklga fe’ldagi nisbat, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, harakat tarzi (-la, -kila, -imsira, inqira), bo‘lishsizlik shakli; otdagi son, erkalash, kichraytirish, o‘xshatish, chegara, qarashlilik, o‘rin belgisi shakli; sonda uning ma’no turini hosil qiluvchi vositalar kiritiladi.

Sintaktik shakl yasovchisintaktik vazifaga ega. Sintaktik (munosabat) shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha so‘z lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etmay, bir-biriga bog‘lashga yoki unga ma’lum bir sintaktik vazifa berishga xizmat qiladi. Kelishik, egalik va kesimlik (mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor) shunday shakl yasovchi. Mas., kelishik ergash so‘zni bosh so‘zga, egalik bosh so‘zni ergash so‘zga bog‘laydi: kitobni o‘qimoq, daftarning varag‘i kabi. Kelishik, egalik qo‘shimchasi so‘zni bog‘lasa (Salimning ukasi), kesimlik (mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor) qo‘shimchasi gap kesimini shakllantiradi: O‘qidim (xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, tasdiq).

           Qo‘shimchalarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Qo‘shimcha tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘ladi. Bir ma’noli qismdan tarkib topgan qo‘shimcha – sodda qo‘shimcha: -chi shaxs oti yasovchi, -dan chiqish kelishigi shakli va hokazo.

Aslida birdan ortiq ma’noli qismdan tarkib topib, ajralmas holga kelib qolgan qo‘shimcha – murakkab qo‘shimcha: -chi+lik (ko‘pchilik, dehqonchilik), -la+b (saharlab, ko‘plab) kabi.

            Qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. Qo‘shimchalar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:

Shakldosh qo‘shimcha (morfologik omonim) – shaklan bir xil, vazifa jihatidan boshqa-boshqa bo‘lgan qo‘shimcha: tinch-i, ranj-i (fe’l yasovchi); rang-i, kitob-i (egalik shakli); bahor-i, jannat-i (sifat yasovchi), chay-i, qaz-i (fe’lning harakat tarzi shakli). -la, -lab, -a, -cha, -iq, -chak, -don, -kash, -dor shakllari ham shakldosh qo‘shimcha.

Ma’nodosh qo‘shimcha (morfologik sinonim) – shaklan har xil, vazifasi bir xil va ma’nosi yaqin qo‘shimcha: -li, -ser, -dor, -mand, ba-, bo-: davlatli, badavlat, serdavlat, davlatmand; unumli, serunum, unumdor.

Zid ma’noli qo‘shimcha (morfologik antonim) – vazifasi o‘zaro zid bo‘lgan qo‘shimcha: -li – -siz, no- – -li, be- – bo- va hokazo.

Talaffuzdosh qo‘shimcha (morfologik paronim) – aytilishi va yozilishi yaqin, vazifasi boshqa-boshqa bo‘lgan qo‘shimcha: -li (sifat yasovchi) / -lik (ot yasovchi) – paltoli – paltolik, otali-otalik; -chan (sifat yasovchi) / -chang (ravish yasovchi) ishchan, uyatchan, unutuvchan; mahsichang, ko‘ylakchang, yaktakchang; -lik / liq: otalik-otaliq, borlik-borliq. Talaffuzdosh qo‘shimchani farqlamaslik so‘z qo‘llashda xatolikka olib keladi.

 

Qo‘shma gap birdan ortiq gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan hosil bo‘ladi: Eshik sekin ochildi-yu (birinchi sodda gap), Qalandarovning yuzi ko‘rindi (ikkinchi sodda gap). Sodda gap tarkibida bir grammatik markaz (kesim birligi) ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida u birdan ortiq qatnashadi. Buni uyushgan kesimli sodda gapdan farqlash kerak: Yomg‘ir yog‘ib, yerlarni loy qildi. Bu gapda kesim uyushgan.

Qo‘shma gapning turi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi va fe’l shakli hamda ohang orqali bog‘lanadi. Shunga ko‘ra, qo‘shma gapning 3 turi farqlanadi: 1) bog‘langan qo‘shma gap; 2) ergash gapli qo‘shma gap; 3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Ayrim darslikda qo‘shma gap bog‘lovchi vositasiga ko‘ra 5 guruhga bo‘linadi: 1) qismlari teng bog‘lovchi vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 2)    qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 3) qismlari bog‘lovchi-yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 4) qismlar fe’l shakllari vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 5) qismlari nisbiy so‘z vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 6) qismlari faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap (qarang: Bog‘langan qo‘shma gap, Ergash gapli qo‘shma gap, Bog‘lovchisiz qo‘shma gap).

Uslubiy xususiyati:1)bog‘langan qo‘shma gap tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchisi o‘rnida -u, -yu, -da yuklamasi ma’nodosh qo‘llanishi mumkin: Havo bulutlandi va yomg‘ir yog‘a boshladi. Havo bulutlandi-yu yomg‘ir yog‘a boshladi;2)ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga ma’nodosh bo‘ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yo‘lga chiqa olmaymiz – Bizning bugun yo‘lga chiqa olmasligimiz aniq;3) sabab, maqsad, o‘xshatish ergash gapning kesimi sifatdosh, harakat nomi, ot bilan ifodalansa, sodda gapga ma’nodosh bo‘ladi: Tog‘ etagi juda go‘zal edi, go‘yo chiroyli gilam to‘shalganday – Chiroyli gilam to‘shalganday tog‘ etagi juda go‘zal edi;4)payt, sabab, shart, to‘siqsiz, natija, ravish ergash gap o‘z doirasida ma’nodoshi bilan almashishi mumkin: U kelsa, hamma ketib bo‘libdi;5)        bog‘lovchisiz qo‘shma gap bog‘langan va ergashgan qo‘shma gapga ma’nodosh bo‘ladi: Qor yog‘di – don yog‘di (Qor yog‘sa, don yog‘adi. Qor yog‘di-yu, don yog‘di).

 

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Qodirov 1941- yilning 22- oktabrida Farg‘ona vilovatining Buvayda tumanida tavallud topgan. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiy tili tarixini, xususan, Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi.

M.Qodirov oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Ona tili” fani ta’lim mazmuni va usulini yangilash ishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, olim 5-9 sinflar “Ona tili” fanining mustaqillik ruhiga mos, yangilangan o‘quv dasturini yaratishda (1999, 2004, 2009) qatnashdi. Professorlar H.Ne’matov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayevalar bilan hamkorlikda 5-, 6-, 7- sinflar uchun (2000-2004), 8- sinf uchun (2006) yaratgan darsliklari yosh avlodga til haqida bilimva nutqiy ko‘nikmalar berishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Ozbek tilini o‘qitish metodikasi” (200), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (hamkor, 2001), “Til ta’limida milliy istiqlol g‘oyasi” (2003) qo‘llanmalarini tuzgan.

M.Qodirovning o‘zbek adabiy tili me’’yorlari va nutq madaniyati, yozma savodxonlik, mumtoz adabiyot vakillarining o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan muhim hissasi va boshqa masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari respublikamizning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.   

 

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent K.Qosimova 1923- yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1940- yilda maktabni tugatib, mahalla xotin-qizlar klubida tashkilotchi bo‘lib ishladi. 1942-yilda Toshken davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan o‘qituvichilar tayyorlash kursini bitirdi. 1952-1955- yillarda Toshken davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1942-1952- yillarda maktabda o‘qituvichilik faoliyati bilan shug‘ullandi. 1956-1959- yillarda institutning O‘zbek tilshunosligi kafedrasida ishladi. 1960-1964- yillar mobaynida Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat ko‘rsatdi. 1964-1990- yillarda Toshken davlat pedagogika institutida ishladi.

K.Qosimova hammualligida 4- sinf uchun “O‘zbek tili darsligi” (1963) (hamkorlikda), 2- sinf uchun “Ona tili darsligi” (1996) (hamkorlikda), 5- sinfi uchun “Ona tili darsligi” (1997, 1998) nashr qilingan.

K.Qosimova “O‘zbekiston halq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Semasiologiya, asosan, so‘zning ma’no jihatinio‘rganadi. Unda so‘zning ma’no turi, lug‘aviy va grammatik ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, o‘z va ko‘chma ma’no kabilar tadqiq qilinadi. Semasiologiya asosiy diqqatni ikki tomonli (shakl+ma’no) til birliklarining ma’no tomoniga qaratadi. Semasiologiya so‘zlarni o‘rganganda leksikologiya, qo‘shimchalarni o‘rganganda morfemika va morfologiya, erkin birikmalarni o‘rganganda sintaksisga muvofiq keladi.

 

Mustaqil so‘z birikuvi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: 1) barqaror birikuv (turg‘un birikma); 2) nutqiy birikuv (erkin birikma). Mustaqil so‘zning barqaror birikuvi nutq uchun avvaldan tayyor qilib qo‘yiladi: sadarayhon, uchburchak, sotib oldi, Qarshi davlat universiteti,(qo‘shma so‘z), kalavasining uchini yo‘qotdi(ibora), yetti o‘lchab bir kes(maqol). Bu birikuvning har birida kamida ikkitadan mustaqil so‘z bo‘lib, ular o‘zgarmas, buzilmas qilib bog‘langan. Sanalgan birliklar sintaktik qurilma emas, balki lug‘aviy birlik, ularni tildan tayyor holda olamiz.

Mustaqil so‘zning nutqiy birikuvi nutq jarayonida yuz berib, shu jarayon paytidagina yashaydi, vaqtinchalik hodisa ekanligi bilan ajralib turadi: olma va anor, kitobni o‘qidi, Otam – o‘qituvchi, mening uyim kabi. Nutqiy birikuv erkin bog‘lanish deyiladi.Turg‘un birikuv xalq tomonidan, erkin birikuv esa bir kishi tomonidan yaratiladi. Mustaqil so‘zning erkin bog‘lanishi 2 xil bo‘ladi: 1)teng bog‘lanish;2) tobe bog‘lanish;Mustaqil so‘zning teng bog‘lovchi (bog‘lovchi vazifasidagi so‘z) yoki sanash ohangi yordamida teng bog‘lanishi natijasida so‘z qo‘shilmasi vujudga keladi: olma va anor, qalam bilan ruchkayokio‘qidi, yozdi kabi. Teng bog‘lanishda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘lmaydi: erkak va ayol; erkak, ayol.Teng bog‘lanish so‘z qo‘shilmasi hamda bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida uchraydi. Sintaksis tobe bog‘lanishga asosiy e’tibor qaratadi.

Tobe bog‘lanish natijasida so‘z birikmasi (qalamda yozmoq, qishloqdan kelmoq) va gap (Salim – muallim, Yil yaxshi bo‘ldi) hosil bo‘ladi. Birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan tobe bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi: maktabga borish, daftarning varag‘i kabi. So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z bo‘ladi. Bunda ma’nosi izohlanayotgan so‘z bosh (hokim) so‘z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to‘ldirayotgan so‘z ergash (tobe) so‘z hisoblanadi. So‘roq hamma vaqt bosh so‘zdan beriladi, so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z ergash(tobe) so‘z hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?). Gapdagi bir so‘z faqat bir so‘zga tobe bo‘ladi. Lekin bir so‘z ko‘plab so‘zga hokim bo‘lishi mumkin.

O‘zbek tilida, odatda, ergash so‘z oldin, bosh so‘z keyin keladi. Ba’zan gap bo‘lagi tartibi o‘zgarganda, ergash va bosh so‘zning o‘rni almashishi mumkin: o‘qidim (bosh so‘z) tarixni (ergash so‘z), vatanim (bosh so‘z) manim (ergash so‘z) kabi. Bunday hol ko‘pincha she’riy nutqda bo‘ladi.

Bosh so‘zning ifodalanishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikkiga bo‘linadi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma.Bosh so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so‘z bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko‘p, senga kerak.Bosh so‘z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakli bilan ifodalansa, fe’lli birikma deyiladi: kitobni o‘qish , ishni bajarib, tez kelgan, daftarga yozmoq.

Ergash so‘zning qanday sintaktik vazifada kelayotganligiga ko‘ra so‘z birikmasi uchga bo‘linadi: a) aniqlovchili birikma: qizil qalam, ukamning daftari; b) to‘ldiruvchili birikma: kitobni o‘qimoq, qalam bilan yozmoq;d) holli birikma: tez kelmoq, yurakdan kuylamoq;

So‘z birikmasi tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda so‘z birikmasi;2) murakkab so‘z birikmasi.Sodda so‘z birikmasida mustaqil so‘z ikkitadan ortiq bo‘lmaydi: beshta daftar, bugun keldi, o‘zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so‘radi.Ajralmas birikma, qo‘shma so‘z, ibora qatnashgan birikma ham sodda so‘z birikmasi hisoblanadi: qilich bo‘yin ot, borsa kelmas oroli, turib javob bermoq, ichi qora odam, oq ko‘ngil bola.Murakkab so‘z birikmasi tarkibida ikkitadan ortiq mustaqil so‘z qatnashib, so‘z birikmasi ichida yana so‘z birikmasi bo‘ladi: g‘ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo‘y, asfalt yotqizilgan keng ko‘chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilarkabi.Mas., g‘ayratli yosh bolalarbirikmasida g‘ayratli – ergash so‘z, yosh bolalar – bosh so‘z. Bosh so‘z o‘z ichida yana bo‘linadi: yosh – ergash so‘z, bolalar – bosh so‘z. Bunda sodda so‘z birikmasi kengayadi. Bunday birikma so‘z birikmasi zanjiri deb atalgan: kalta yengli chiroyli guldor shefon ko‘ylak kiygan qiz.

So‘z birikmasining so‘z, ibora, sintagma va gapdan farqi. So‘z birikmasi ma’nosi bilan so‘zga, shakli bilan ibora, sintagma va gapga o‘xshaydi, ammo o‘ziga xos farqqa ega.

S o‘zbirikmasi va so‘z. So‘z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umumiy ifodalash uchun xizmat qiladi. Mas., kitob deganda umuman kitobni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz. So‘z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab ketadi, ammo so‘z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatdan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o‘quvchi – a’lochi o‘quvchi, yozish – tez yozish. Demak, so‘z umumiy, so‘z birikmasi nisbatan aniq tushuncha beradi. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi o‘zaro quyidagicha farqlanadi: qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi, chunki u bitta so‘z, so‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z esa alohida-alohida so‘roqqa javob bo‘ladi; sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo‘shma so‘z; jo‘shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo‘shib nima qilmoq?). So‘z birikmasi – qo‘shma so‘zning ilk bosqichi. U o‘sib qo‘shma so‘zga aylanadi: ko‘zning oynagi – ko‘zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash kabi.

S o‘z birikmasi va ibora. Ibora (barqaror birikma) – ma’no jihatidan bir so‘zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan lug‘aviy birlik. Uning tarkibidagi so‘zni bosh yoki ergashga ajratish mumkin emas: tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi, oq yo‘l, og‘zi bo‘sh. Ibora bir so‘zga teng, shuning uchun gapda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: Sizga oq yo‘l(ibora, to‘ldiruvchi) tilayman. So‘z birikmasidagi mustaqil so‘z nutq jarayonidagina birikuv hosil qiladi va bosh so‘z ham, ergash so‘z ham alohida gap bo‘lagi bo‘lib kelishi mumkin: A’lochi (ergash so‘z) o‘quvchilar (bosh so‘z) kelishdi. Bunda ergash so‘z aniqlovchi, bosh so‘z ega vazifasida.

So‘z birikmasi va sintagma. Sintagma fonetik hodisa, unda ikki so‘z o‘zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so‘z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so‘zning o‘zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. Sintagma – gap tarkibidagi kichik pauza bilan ajratilgan qism. Mas., Maktabga borganda Karim bilan gaplashib turibman gapi uch sintagmadan iborat: Maktabga borganda (1) Karim bilan (2) gaplashib turibman (3). Bunda birinchi sintagma Maktabga borganda(1)so‘z birikmasiga teng, qolganida bir mustaqil so‘z va bir mustaqil bo‘lmagan so‘zdan tashkil topgan:Karim bilan (2) gaplashib turibman (3). So‘z birikmasi esa kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi. Sintagmadagi so‘z ketma-ket joylashishi shart, so‘z birikmasida esa shart emas: Mas., Uyga tez bor gapida ikkita so‘z birikmasi mavjud: uyga bor, tez bor. Lekin uyga bor birikmasi a’zosi orasida tez so‘zi joylashgan.

So‘z birikmasi va gap. Gap fikr bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa tushuncha bildirib, tugallanmagan ohang bilan aytiladi: katta ko‘cha. Gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kesimlik qo‘shimchasi bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Bahor. (gap), Atrof yam-yashil libosga burkangan.

          So‘z birikmasida ergash va bosh so‘zning birikish usuli. Ergash va bosh so‘z quyidagi usul yordamida birikadi:a) boshqaruv; b) moslashuv; d) bitishuv.

Boshqaruv. Ergash va bosh so‘zning tushum/jo‘nalish/o‘rin-payt/chiqish kelishigi va ko‘makchi yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi. Demak, boshqaruvda ergash so‘z bilan bosh so‘zning birikishi ikki xil: 1) kelishikli boshqaruv: ilg‘orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish;Ayrim holda kelishik belgisiz bo‘lishi ham mumkin: olma terish, shahar borish. U baribir kelishikli boshqaruv deyilaveradi.2)ko‘makchili boshqaruv: Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to‘g‘risida gapirish.

  1. Bosh va ergash so‘zning qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘lanishi moslashuv deyiladi. Bunda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi ergash so‘zni bosh so‘zga, egalik qo‘shimchasi bosh so‘zni ergash so‘zga bog‘laydi: ukamning kitobi. Bunday birikma a’zolari shaxs va sonda moslashadi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog‘lanadi: Men ketdim. Lekin u gap bo‘lganligi uchun so‘z birikmasi doirasida o‘rganilmaydi.Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab. U baribir moslashuv deyilaveradi.
  2. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so‘z tartibi yordamida birikishi bitishuvdeyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi: tiniq suv, katta ko‘cha. Ularning o‘rni o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi: Suv tiniq. Ko‘cha katta.Bitishuvda ergash so‘z vazifasida shu vazifaga xoslangan sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so‘z keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o‘qigan odam, jo‘shib kuylamoq. Bosh so‘z ot va fe’l turkumidan iborat bo‘ladi.Esda tutish kerakki, birga o‘qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg‘ondan gapirmoqkabi birikmaning ergash so‘zida o‘rin-payt/jo‘nalish/chiqish kelishigi qo‘shimchasi yoki ko‘makchi bo‘lishiga qaramay, boshqaruvli emas, bitishuvli birikma sanaladi, chunki bu birikma tarkibidagi kelishik va egalik qo‘shimchasi o‘zidan oldingi so‘z bilan "qotib" qolgan va so‘zni bog‘lashda hech qanday roli yo‘q.

 

So‘z ma’no munosabatiga ko‘ra ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh, butun-bo‘lak, turjins munosabatidagi so‘zga, shakl munosabatiga ko‘ra esa shakldosh va talaffuzdosh so‘zga bo‘linadi.

Turkmantili–turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; Turkmaniston Respublikasining davlat tili. Asosan, Turkmaniston, shuningdek, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiyaning Stavropol o‘lkasi, Eron, Iroq, Turkiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkman tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 4.8 milliondan oshadi (o‘tgan asrning 90-yili ma’lumoti).

Asosiy lahjalari: taka, yovmut, ersari, go‘klan, sariq, salir, chovdur.

Turkmantilig‘arbiy o‘g‘uz qabila tillari negizida shakllangan. Turkman tilining o‘ziga xos belgilari: birlamchi cho‘ziq unlilarning mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi, kelasi zamon gumon fe’li inkor shaklining -r tugallanmali variantining qo‘llanilish va boshqalar. Leksikasida arab, fors, mo‘g‘ul, o‘zbek, tatar, rus va xitoy tillaridan o‘zlashgan so‘zlar uchraydi.

Eski adabiy turkmantili, asosan, she’riyat tili hisoblangan. Hozirgi adabiy turkman tiliXXasrning 20- yillaridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan.

Undalmaso‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/narsa/mavjudotni bildirgan so‘z. Undalma, odatda, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi: Kel, ey, dilbar, ki bo‘ston vaqti bo‘ldi. She’riy asarda shoir ba’zan o‘ziga, ya’ni so‘zlovchiga ham murojaat qilishi mumkin: Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Undalma boshqa gap bo‘lagi bilan faqat mazmunan bog‘langan bo‘ladi. Undalma egaga o‘xshab ketadi, chunki u ishtirok etgan gapda ko‘pincha ega tushiriladi. Biroq ega kesim bilan shaxs va son (birlik va ko‘plik)da bog‘langan bo‘ladi, undalma esa bog‘lanmaydi: Karimjon (ega, 3-shaxs, birlik) ertaga keladimi? (kesim, 3-shaxs birlik) Karimjon (undalma, 3-shaxs, birlikda), ertaga kelasizmi? (2-shaxs, ko‘plikda). Ayrim holda, ayniqsa, she’riy asarda hayvon/qush/jonsiz narsa/ning nomini bildirgan so‘z ham undalma bo‘ladi: Quyosh, nuring to‘ka ber mo‘l-ko‘l! Bahor, ketma bizning bog‘lardan! (Oyb.) Bir so‘z bilan ifodalangan undalma yig‘iq undalma (Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek), so‘z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq undalma (Ey, usta Parfi, keling, bormisiz?) deyiladi. Undashni kuchli ifodalash uchun undalmadan oldin e, ey, hoy, obbo kabi undov ham qo‘llanadi, keyin vergul qo‘yiladi. Undalmaning ifodalanishi: 1) ot: Hamid, badiiy o‘qish to‘garagiga qatnashasanmi?2) olmosh: Hoy, sen, menga qara-chi.3) otlashgan sifat: Shunday demaysizmi, azizim! 4) otlashgan son: To‘rtinchi, birinchiga javob bering.5) undov: Hoy! Beri keling!6) so‘z birikmasi: Hoy, imonsiz qari chol, aroq-paroq ichdingmi?7) turg‘un birikma: Yigit tushmagur, nima qilib qo‘yding! Undalma gapning boshida kelsa, undalmadan so‘ng, gap o‘rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undalmadan oldin vergul qo‘yiladi: So‘zla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon!

Yuklama – ayrim so‘z yoki gapga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalar. Yuklamalar morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, so‘z yasalishi va shakl yasalishi uchun asos bo‘lmaydi, mustaqil gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi.

Yuklamalar tuzilishiga ko‘ra so‘z (faqat, axir, hatto//hattoki, na – na, xuddi, naq, nahot//nahotki, ham, xolos, hech, sira, naq) va qo‘shimcha yuklamalarga (a//ya, mi, chi, oq//yoq, ki// kim, gina//kina//qina, dir, u//yu, ku, da) bo‘linadi.

Yuklama ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:

So‘roq va taajjub yuklamalarigap ma’nosiga so‘roq, ajablanish, buyruq ma’nolarini yuklaydi: mi, chi, a//ya;

Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun bir gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keladi: axir, hatto//hattoki, oq//yoq, nahot//nahotki; tim, qoq, liq, lim, g‘irt, g‘arq, shilta, jiqqa; ku, da, ki//kim, u//yu, ham;

Ayiruv-chegaralov yuklamasi o‘zi qo‘shilgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keladi. gina//kina//qina, faqat, xolos; yolg‘iz (sifat), bir (son);

O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi so‘zga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklaydigan yordamchi so‘z: xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq;

Gumon yuklamasi gap yoki so‘zga gumon manosini yuklaydi: dir;

Inkor yuklamasi gapdagi fikrning inkorini bildiradi: na, hech, sira.

Imlosi:mi, gina//kina//qina, oq//yoq, dir, ki//kim yuklamalari so‘zga qo‘shib yoziladi. chi, a//ya, ku, da, u/yu yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi.

 

Zid ma’nolilik– so‘z, ibora va qo‘shimchaning o‘zaro zid ma’no asosidagi munosabati. Uning leksik (yaxshi – yomon, keng – tor), morfologik (li – siz), frazeologik (qo‘li uzun – qo‘li kalta) ko‘rinishi mavjud. Zid ma’nolilikni hosil qiladigan belgi – asos ma’nodagi zidlik. Qo‘shimcha ma’nosidagi zidlik antonimlik hosil qila olmaydi. Mas., chehra va bashara so‘zi qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Inkor yoki fe’lning bo‘lishlibo‘lishsizlik shakli ham antonimlik hosil qila olmaydi.Mas., o‘qidi va o‘qimadi fe’llari o‘zaro antonim emas. Ma’nodagi zidlik asosida bo‘ladigan inkor bilan biror narsa, belgi yoki harakatning aynan o‘zining inkor etilishini farqlash kerak. Zid ma’nolilikda, yuqorida ko‘rilganidek, o‘zaro zidlik yotadi. Bu zidlik ikki birlikning ma’nosi o‘rtasida bo‘ladi. Oddiy inkorda esa, aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bunda o‘zaro qaramaqarshi turadigan ikki narsa, ikki belgi, ikki harakat bo‘lmaydi. Mas., tun, qora, olmoq so‘zi bildirgan narsa, belgi, harakat inkor etilishi bilan tun emas, qora emas, olmadikabida oq – qora, bormoq – kelmoq so‘zidagiga o‘xshash zidlik yo‘q. Ko‘p ma’noli so‘zning zid ma’noliligi qanday ma’noda kelganligiga qarab belgilanadi. Bir so‘z har xil ma’nosi bilan har xil so‘zga zid ma’noli bo‘la olishi mumkin. Mas., qattiq so‘zi bir ma’nosi bilanyumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosi bilan esa saxiy so‘ziga zid ma’noli bo‘ladi. Qiyoslang: qattiq predmet – yumshoq predmet, qattiq odam – saxiy odam. Zid ma’noli so‘zlar juft holda qo‘llanib ko‘chma ma’no ifodalaydi: yaxshiyomon(har xil) gaplar, ertakech (doim) xayolimdasan. Zid ma’nolilik, asosan, belgi bildiruvchi so‘z – sifat va ravishda uchraydi. Ot va fe’lda kamroq: vafo – jafo, yig‘lamoq – kulmoq kabi. Zid ma’nolilikyordamida badiiy adabiyotda tazod, antiteza san’ati hosil qilinadi. Biroq zid ma’noliliknitazod va antitezaga tenglashtirib qo‘ymaslik kerak. Zid ma’noli bo‘lmagan so‘zlar ham bu san’atni hosil qilaveradi.

Zid ma’nolilikdan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini tatigan kishiga o‘xshaydi. Gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchuk juftligi ishlatilishi kerak edi.

1. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi

2. amalga oshmoq: voqelikka aylandi

3. ammamning buzog‘i: landovur, lapashang

4. amri mahol: qiyin, gumon

5. azimat etmoq: jazm qilmoq

6. azimat qilmoq: jazm qilmoq

7. beli og‘rimaydi: mashaqqat chekmaydi, qiynalmaydi

8. beti chidamadi: andisha qildi, nomus qildi

9. betlamaslik: nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaslik

10. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

11. bir kun bo‘lmasa-bir kun: qachondir, kelgusida

12. bir so‘zi ikkita bo‘lmadi: aytgani bajarildi

13. bo‘yni yor bermadi: izzat-nafsi yo‘l qo‘ymadi

14. boshi chiqmadi: xalos bo‘lmadi, qutulmadi

15. boshiga urmaydi: kerak emas

16. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

17. chakagi chakagiga tegmaslik: 1. tez va ko‘p gapirmoq; ezmalanmoq; 2. ko‘p ovoz chiqarmoq. 3. ko‘p, tinimsiz yig‘lamoq (bola haqida).

18. chakagi tinmaydi: Ko‘p beto‘xtov gapiradi; ezma

19. chang qo‘ndirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.

20. chang yuqtirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.

21. childirmasiga o‘ynadi: izmi bilan, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish ko‘rdi

22. chizgan chizig‘idan chiqmaydi: barcha talablarini to‘la-to‘kis bajardi, ko‘rsatmasiga ko‘ra ish tutdi

23. cho‘t bermaslik: daromad olishga olib kelmaslik.

24. dami chiqmadi: hech narsa demadi, indamadi

25. dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaydi: o‘taketgan beg‘am, haddan tashqari beparvo

26. egardan tushmaslik: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutdi

27. ep ko‘rmaydi: noloyiq, yarashmaydigan ish deb bildi

28. ermak qilmoq: 1.ermak uchun biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lmoq 2.masxara qilmoq, ustidan kulmoq, kulgi qilmoq

29. gap bermaydi: boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapiradi

30. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

31. ichini bir nima tataladi: yashirin holda ruhan bezovtalandi, tashvishlandi

32. jini suymaydi, jini sevmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

33. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

34. jon bermaslik: taslim bo‘lmaslik, o‘zini yengilgan deb hisoblamaslik

35. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

36. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi

37. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

38. kechani kecha, kunduzni kunduz demay: vaqt tanlamay, sutkaning istalgan vaqtida

39. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik

40. ko‘ngli bormadi: hohlamadi

41. ko‘ngli ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

42. ko‘ngliga sig‘maslik: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik

43. ko‘ngliga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

44. ko‘ngliga vahima tushdi: kuchli darajada qo‘rqish hissi uyg‘ondi

45. ko‘nglini bo‘lmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

46. ko‘nglini buzmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

47. ko‘rsatib qo‘yaman: qo‘rqitish

48. ko‘z ilg‘amas I: bilinar-bilinmas, mayda

49. ko‘z ilg‘amas II: cheksiz, poyoni ko‘rinmaydigan

50. ko‘z ilg‘amaydi: poyoni ko‘rinmaydi

51. ko‘z ochgani qo‘ymaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq siquvga oldi

52. ko‘z ochirmaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq, siquvga oldi

53. ko‘z olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

54. ko‘zdan qochirmaslik: doim kuzatib turdi

55. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

56. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

57. ko‘zi ilg‘amaydi: kichik, sezilar-sezilmas bo‘lgani uchun ko‘ra olmaslik

58. ko‘zi o‘tmaydi: nuri ketib, ko‘zi kamquvvat bo‘lib qoldi

59. ko‘zi qamashdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi

60. ko‘zi qiyarda-qiymay: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

61. ko‘zi qiymadi: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

62. ko‘ziga ko‘rinmaslik I: ro‘para bo‘lmaslik, duch kelmaslikka harakat qilish

63. ko‘ziga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

64. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

65. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

66. ko‘zini qamashtirdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydigan bo‘ldi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi

67. ko‘zini uzmaslik: muttasil qarash

68. ko‘zini uzmay: muttasil (qaradi)

69. kun bermaslik: chiqishtirmaslik, ta’bini xira qiladigan, osoyishtaligini buzadigan harakatlar qildi

70. kurakda turmaydigan: aytib bo‘lmas darajada nomunosib

71. labi labiga tegmaydi: juda tez va ko‘p gapiradi

72. lom demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

73. lom-mim demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

74. lom-mim demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

75. lom-u mim demay: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

76. luqma tashladi: biror kishining nutqi davomida shu nutqni bo‘luvchi so‘z- gap ilova qildi

77. ma’lumot berdi I: boshqalarni ham xabardor qilish maqsadida so‘zladi

78. ma’lumot berdi II: yuqori organlarga shikoyat tarzida xabar yubordi

79. ma’qul ko‘rdi: ma’qul , durust deb bildi

80. ma’qul topdi: to‘g‘ri deb hukm chiqardi

81. ma’qul tushdi: yoqdi

82. maftun etmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

83. maftun qilmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

84. makon tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

85. malol keldi: ortiqcha bir narsadek qabul qildi, og‘ir tuyuldi

86. mana man deb: o‘zini o‘zi ko‘rsatib

87. man-man degan: eng oldingi, eng yuqori, o‘ziga yuksak baho beradigan

88. mast uyqu: Rohatli qattiq uyqu.

89. mayda gap: bo‘lar-bo‘lmas gaplarni dastak qilib gapirib yuruvchi odam

90. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

91. mazasi ketdi I: sog‘ligi yomonlashdi

92. mazasi ketdi II: biror ishi yomonlashib, inqirozga yuz tutdi

93. mazasi qochdi I: sog‘ligi yomonlashdi

94. mazasi qochdi II: biror ishi yomonlashdi, inqirozga yuz tutdi

95. mazasi yo‘q I: sog‘ligi yomon holatda

96. mazasi yo‘q II: harakati, layoqati sust

97. mijja qoqmadi: sira uxlamadi

98. mushugini «pisht» demaydi: hech qanday ozor etkazmaydi

99. nafasi chiqarmaslik: hech narsa demadi, indamadi

100. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik

101. nazarga ilmaydi: 1)mensimaydi, pisand qilmaydi 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaydi

102. nomimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

103. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

104. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi

105. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

106. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

107. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi

108. o‘ziga yuqtirmaydi: o‘ziga tegishli deb bilmaydi

109. o‘zini qayerga qo‘yishni bilmaydi: 1)kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi 2)bekorchilikdan zerikib toqatsizlandi 3)sevichdan kuchli hayajonlandi

110. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

111. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

112. og‘zi bormadi: biror andisha-mulohaza bilan aytishni ma’qul ko‘rmadi

113. og‘zidan bol tomadi: shirinsuxan bo‘ladi, shirnsuxanlik qiladi

114. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

115. og‘ziga olmaydi: 1)umuman iste’mol qilmaydi 2)gapirmaydi

116. og‘ziga qaramay: o‘ylamasdan («gapirdi»)

117. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

118. oralaridan qil ham o‘tmaydi: nihoyatda ahil, inoq, yaqin

119. otdan tushsa ham, egardan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

120. otdan tushsa ham, uzangidan tushmaydi: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutadi

121. otimni boshqa qo‘yaman!: biror ishni bajarishga qasd qilganlikni bildirishda aytiladi

122. oyog‘i tortmadi: borgisi kelmadi

123. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik

124. pinagini buzmaslik: o‘ziga qartilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa bilmagandek tutish

125. qalbiga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

126. qirq marta o‘lchab, bir marta kesadi: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi

127. qo‘li bormadi: nimanidir qilmaslikka undovchi his–tuyg‘uning ta’sirida biror faoliyatga kirisha olmaydi

128. qo‘li tegmadi: juda bandligi tufayli vaqt topolmaydi

129. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi

130. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi

131. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi

132. qulog‘iga kirmaydi: 1) parishon bo‘lish, kuchli hayajonlanish yoki mashg‘ul bo‘lish tufayli o‘ziga qarata aytilayotgan gaplarni anglamaydi, eshitmaydi 2)e’tiborsiz qoldiradi, qabul qilmaydi

133. quloqni qomatga keltirmoq: hayratlanmoq, e’tibor bilan eshitmoq, yoki diqqat bilan kuzatmoq

134. quvochi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

135. sanamay «sakkkiz» dedi: aniq bilmay turib gapirdi

136. san-man ga bormoq: janjallashuv, tortishuv darajasiga yetdi

137. sazasi o‘lmadi: gapi e’tiborsiz qolsa, xafa bo‘lmasin deb aytganini bajardi

138. sazasini o‘ldirmaslik: gapi e’tiborsiz qolsa, xafa bo‘lmasin deb aytganini bajardi

139. sevinchi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

140. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi

141. shodligi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

142. sirkasi suv ko‘tarmaydi: tanqidga mutlaqo chidamaydi

143. so‘z bermaslik I: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvda yutib chiqishga qodir bo‘ldi

144. so‘z bermaslik II: muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat berdi

145. so‘z bermaydi: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmadi, o‘z bilganicha ish tutdi 3)bahslashuvda yutib chiqishiga qodir bo‘ldi

146. so‘zini bermaslik: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvdayutib chiqishga qodir bo‘ldi

147. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

148. tap tortmaydi: qo‘rqmay botindi, hayiqmaydi

149. tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi: hech kimga tinchlik bermaydi

150. tepsa-tebranmas: har qanday ishni ham imillab qiladigan, sustkash

151. terisiga sig‘may ketdi: behad sevindi

152. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora

153. tikanga dumalamoq: Tinchligini yo‘qotmoq, notinch bo‘lmoq, ruhiy azob tortmoq, qiynalmoq

154. tili bormadi: biror andisha mulohaza bilan aytishni ma’qul ko‘rmaydi

155. tinka - madori quridi: toliqdi, darmonsizlandi

156. tirnog‘ini o‘stirmaslik: Birovning biri ikki bo‘lishiga, o‘nglanishiga, boyishiga yo‘l qo‘ymaslik

157. tirsakni tishlab bo‘lmas: Ko‘rinib turgan, ammo qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan narsa yoki amalga oshmaydigan orzu

158. tishi o‘tmaydi: 1)biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga tishining qurbi etmaydi 2)enga olmaydi, o‘zlashtira olmaydi 3) idrok qilib yeta olmaydi, uqib yeta olmaydi

159. to‘zim bilmaydi: seni mangu chiqaverasan, To‘zim bilmas sendagi bardosh.

160. tob berolmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

161. tob keltira olmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

162. tuprog‘i sovimasdan: Vafot etganiga ko‘p vaqt bo‘lmay

163. tushida ham ko‘rmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

164. tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

165. tutantiriq ham bo‘lmaydi: Juda oz, kifoya qilmaydi, urvoq ham bo‘lmaydi

166. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.

167. tuz-namak bo‘lmoq: Ma’lum muddat ham-tovoq bo‘lmoq, topganini kimsa bilan o‘rtada baham ko‘rmoq

168. uxlab, tushida ko‘rmaslik: mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik

169. uyqu bermaslik: Uxlashga qo‘ymaslik, uxlatmaslik

170. uzoqqa bormaydi: Ko‘p davom etmaydi, tez fursatda barham topadi, tamom bo‘ladi

171. vahima bosdi: qo‘rqinchli o‘y-xayollarga berildi

172. vahimaga solib qo‘ydi: qo‘rqitib, o‘ylantirib qo‘ydi

173. vahimaga tushdi: qo‘rqqan holda o‘ylanib qoldi

174. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

175. xo‘roz hamma joyda bir xil qichqiradi: Hamma joyda ahvol birday, degan ma’noli ibora

176. xo‘roz qichqirmasdan: Nihoyatda barvaqt, erta tongda

177. xudoga nima yozdim: «Nima gunoh qildim, gunohim yo‘q edi-ku?!» mazmunidagi ibora

178. xurmacha qiliq: Yomon, bema’ni, sovuq qiliq; xunuk odat

179. xurmachasi oqarmagan: ayn. kosasi oqarmagan q. oqarmoq

180. xursandchiligi ichiga sig‘maydi: xursandligi oshib-toshib ketdi

181. yeng shimarib: astoyidil, jiddiy ravishda

182. yeng shimarmoq: biror yumushni bajarishga taxt bo‘ldi, biror ishni qilishga otlandi

183. yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadi: nomus qilganidan o‘zini qayoqqa olib qochishni bilmadi

184. yeru ko‘kka ishonmaydi: o‘ta darajada ardoqlaydi, parvona bo‘ladi

185. yetti uxlab, tushiga kirmaydi: mutlaqo o‘ylamaydi, kutmaydi

186. yuragi betlamadi: nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaydi

187. yuragi dov bermadi: cho‘chib botina olmaydi

188. yuragi ko‘tarmaydi: 1)yana eb-icha olmaydi 2)yoqtirmaydi

189. yuragiga qil sig‘maydi: juda qattiq tajang bo‘lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg‘ul bo‘lolmaydi

190. yuragiga sig‘maslik: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik

191. yuragiga vahima solmoq: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

192. yuz ko‘rmas bo‘lmoq: aloqani butunlay uzdi

193. yuzi chidamaslik: andisha qildi, nomus qildi

194. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

195. zimmasiga olmoq: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

196. zimmasiga tushmoq: javobgar qilindi

1. Abadiy – mangu – umrbod – toabad – ilalabad.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Abjaq bo‘lmoq – majaq bo‘lmoq – dabdala bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

3. Ablah – yaramas – razil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Agar – magar – basharti – mabodo – bordiyu
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

5. Allanima – nimadir – allanarsa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha ifodalash doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

6. Aqlli – dono – donishmand – mutafakkir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining oshib borishiga ko‘ra)

7. Atama – termin – istiloh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ishlatilish doirasining kamligiga ko‘ra)

8. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

9. Badnom – uyatli – sharmanda – sharmsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

10. Bakalavr-magistr-aspirant- doktorant
Ma’nosiga ko‘ra
(mutaxassislik salohiyatining oshib borishiga ko‘ra)

11. Baxtli – baxtiyor – saodatli – toleli – mas’ud
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishidagi oz-ko‘plik darajasiga ko‘ra)

12. Be’ma’ni – badqiliq – dilozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortishiga ko‘ra )

13. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

14. Bemahal – bevaqt – bemavrid
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oz-ko‘p qo‘llanilishiga ko‘ra)

15. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

16. Bog‘cha – maktab – litsey – kollej – institut – universitet
Ma’nosiga ko‘ra
(ta’lim-tarbiya ko‘lami va salohiyatiga ko‘ra)

17. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

18. Bu – mana – ana – o‘sha
Ma’nosiga ko‘ra
(ishoradagi uzoq-yaqinligiga ko‘ra)

19. Dang‘illama – hashamatli – serhasham – muhtasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

20. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

21. Dushanba – seshanba – chorshanba – payshana – juma -shanba – yakshanba
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish ketma-ketligiga ko‘ra)

22. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

23. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajad ifodalashiga ko‘ra)

24. Eh – esiz – afsus – attang– pushaymon – nadomat – taassuf
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

25. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

26. Faxrlanmoq – g‘ururlanmoq – mag‘rurlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

27. Fonema – morfema – so‘z – qolip
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining katta-kichikligiga ko‘ra)

28. Foyda – naf – manfaat – sud – hayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

29. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

30. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

31. Geym – set – match
Ma’nosiga ko‘ra
(tennis o‘yinidagi hal qiluvchilik bosqichiga ko‘ra)

32. Gulzor – gulshan – guliston – gulbog‘ – bo‘ston – chaman – chamanzor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

33. Guruh – sinf – sistema
Ma’nosiga ko‘ra
(birlashuvning o‘sib borishiga ko‘ra)

34. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

35. Hamal – Savr – Javzo – Saraton – Asad – Sunbula – Mezon – Aqrab – Qavs – Ja’di – Dalv – Hut
Ma’nosiga ko‘ra
(burjlar ketma-ketligiga ko‘ra)

36. Hamma – ba’zi – hech kim
Ma’nosiga ko‘ra
(bor-yo‘qligiga ko‘ra)

37. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

38. Harf – so‘z – so‘z birikmasi – gap – matn
Ma’nosiga ko‘ra
(birlikning katta-kichikligiga ko‘ra )

39. Hikoya – qissa – roman
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamiga ko‘ra)

40. Iliq – issiq – jazirama.
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning oshib borishiga ko‘ra)

41. Indamas – pismiq – ming‘aymas – damdo‘z
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik buyog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

42. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

43. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

44. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

45. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

46. Jirkanch – qabih – razil – manfur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

47. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)

48. Kelishgan – xushbichim – xushqomat – bejirim – ketvorgan – lobar – tamtam
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiylik belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

49. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

50. Lablanmagan – noto‘liq lablangan – lablangan
Ma’nosiga ko‘ra
(labning ishtirokiga ko‘ra)

51. Laqma – go‘l – merov – tentak
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

52. Ma’noli – mazmundor – mantiqli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra)

53. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

54. Mahalla – guzar – daha – mavze
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

55. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

56. Maslahat – kengash – mashvarat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish davrining tarixiyligiga ko‘ra)

57. Masnaviy – musallas – murabba – muxammas – musaddas – musabba – musamman – mutasse – muashshar
Ma’nosiga ko‘ra
(bandlar miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

58. Men – biz – hamma
Ma’nosiga ko‘ra
(shaxsning ko‘pligiga ko‘ra)

59. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

60. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

61. Oriq – qiltiriq – dirdov – ramaqijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

62. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

63. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

64. Qistamoq – zo‘rlamoq – majburlamoq – majbur qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

65. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

66. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

67. Qo‘rqinch – qo‘rquv – vahima – dahshat – vahshat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

68. Qo‘rqinchli – vahimali – dahshatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

69. Qomat – qad(d) – qad-qomat – bast – bo‘y-bast – duxt – kelbat – soxt – sumbat – soxt-sumbat – andom – bichim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra )

70. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

71. Rahmat – tashakkur – qulluq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

72. Raqib – harif – muxolif – dushman
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

73. Sabil (savil) – ordona – zormanda – baytalmon – egasiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

74. Saxiy – himmatli -saxovatli – hotam – tanti
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

75. Shariat – tariqat – ma’rifat – haqiqat
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvufiy bosqichlarning joylashuviga ko‘ra)

76. Sol – qayiq – kema
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

77. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

78. To‘pponcha – avtomat – pulemyot – pushka
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

79. Tushuncha – muhokama – hukm
Ma’nosiga ko‘ra
(fikrlash bosqichiga ko‘ra)

80. Tuzsiz – chuchmal – rosa – sho‘r
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yordan ortiq-kamligiga ko‘ra)

81. Unumli – samarali – barakali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

82. Vijdonsiz – noinsof – yaramas – muttaham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

83. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

84. Xat – maktub – noma
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining faol-nofaolligiga ko‘ra)

85. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

86. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

87. Yanvar – fevral – mart – aprel – may- iyun – iyul – avgust – Sentyabr – oktyabr – noyabr – dekabr
Ma’nosiga ko‘ra
(ketma-ket joylashuviga ko‘ra)

88. Yarali – yarador – jarohatli – majruh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

89. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

90. Yig‘ilish – majlis – qurultoy – konferentsiya
Ma’nosiga ko‘ra
(miqyos kengligiga ko‘ra)

91. Yopmoq – o‘ramoq – chirmamoq – berkitmoq – yashirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

92. Zavqlanmoq – maroqlanmoq – shavqlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.