Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {luqma}
So‘z bo‘g‘inlari: luq-ma
Izoh(lar)i:
luqma ot

1. 1. Ozgina, bir yutum, bir osham (og‘izdagi) taom. O‘zining javob berishi lozim bo‘lganligini sezgan Usmon polvon og‘zidagi luqmani tez-tez yutib oladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Hosil tagida lazzat, Oshning so‘nggi luqmasi Q. Muhammadiy

2. 2. Bir luqma Umuman, ozgina, oz miqdorda. Elmurod qayoqqa qaramasin, ovqatni ko‘rar, hidi dimog‘iga urar, lekin ulardan o‘ziga qachon bir luqma tegishini bilmasdi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Birov gapirayotganda, uning gapiga javob, izoh, so‘roq tariqasida boshqa kishi tomonidan qo‘shiladigan gap, so‘z. Abdurahmonov luqmalarga e’tibor bermadi O‘zbekiston qo‘riqlari
Shunday qilib, kulgi, qiyqiriq va har xil luqmalar osti-da besh kishi sahnaga chiqdi. M. Xayrullayev, Tilla marjon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. luqma I Ot
bir chaynam, bir yutum (ovqat)

2. luqma II Ot
birov gapirayotganda boshqa tomonidan qo‘shiladigan so‘z, ibora

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. luqma tashladi: biror kishining nutqi davomida shu nutqni bo‘luvchi so‘z- gap ilova qildi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.