Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lug‘at}
So‘z bo‘g‘inlari: lu-g‘at
Izoh(lar)i:
lug‘at ot

1. 1. Biror tildagi so‘zlarni ma’lum tartibda (odatda alifbo tartibida) jamlab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilib berilgan kitob. Izohli lug‘at. O‘zbekcha-ruscha lug‘at. Imlo lug‘ati.

2. 2. So‘z; tildagi barcha so‘zlar majmui; so‘z boyligi. Shu go‘zal, shu qutlug‘ yangi yil tuni, Qalbim hayajonga, sevinchga to‘lib, Lug‘at bisotidan rosa axtardim, Bir og‘iz shirin so‘z aytmoqchi bo‘lib. Uyg‘un

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

“At-tuhfat uz-zakiyatu fil-lug‘atit turkiya”XV asrning birinchi yarmida noma’lum muallif tomonidan Misrda yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Istambulda Valiuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda.

«At-tuhfa» nomi bilan mashhur bu asarda qipchoq tili materiallari izohlanadi. Asar uch qism: kirish, lug‘at, grammatikadan iborat, qipchoq tili morfologiyasi va sintaksisi talqiniga keng o‘rin berilgan. Muallif arab tilshunosligini mukammal o‘rgangan olim, turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni arab tilshunosligi atamalari vositasida izohlagan.

Bu nodir yodgorlik asrimizning 20-yillarida turk olimi Fuod Kupruluzoda tomonidan fanga ma’lum qilingan. Polyak, venger, turk olimlari mazkur asar asosida tadqiq ishlari olib borishgan. O‘zbek tiliga 1966- yilda S.Mutallibov tomonidan tarjima qilingan. Asarning mukammal ruscha nashri 1978- yilda E.Fozilov va M.Ziyayevalar tomonidan amalga oshirilgan. “At-tuhfa”da bayon qilingan ko‘pgina fikrlar hozirgi turkiyshunoslik uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Turkiy tillarning tarixiy grammatikasini yaratishda “At-tuhfa”qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Chastotali lug‘atda so‘zning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika» (Toshkent, 1970) lug‘ati chastotali lug‘at, unda so‘zning ma’lum bir tanlangan manbada necha marta uchraganligi va qo‘llanishi ko‘rsatilgan.

Dialektal lug‘ato‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘atlar umuman o‘zbek tilining barcha shevalariga xos so‘zlarni yoki ma’lum bir sheva so‘zlarini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971- yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:

  Govara (Buxoro) beshik

  Gavdo‘sha(Buxoro) xurma

  Gajdim(Nayman) chayon (62- bet).

Etimologik lug‘at –lug‘atning alohida ko‘rinishi. Bunday lug‘atda so‘zning kelib chiqishi izohlanadi. Bunga Sh.Rahmatullayevning 2 tomli “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (Toshkent, “Universitet”, 2000, 2003,) T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, “O‘qituvchi”, 1988) ni misol qilish mumkin. «Yangi asr avlodi» nashriyotida T.Jumayevning maktab o‘quvchisi uchun mo‘ljallangan «O‘zbek tilining o‘quv etimologik lug‘ati»ni chop etish rejalashtirilgan.

Frazeologik lug‘at maxsus filologik lug‘atning bir turi, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) – uning mukammal namunasi. Bu lug‘atdan ayrim namuna keltiramiz:

Qulog‘(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294-bet).

  Qurimoq – yostig‘ini quritmoq: yostig‘i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin (375-bet).

2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan B.Mengliyev, O.Boymatova va M.Xudoyberdiyevalarning “O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati” maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

Imlo lug‘ati – so‘zni amaldagi imlo qoidasiga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o‘rgatadi. Bunday lug‘at hammabop va amaliy tabiatga ega bo‘ladi. 1995yilda lotin imlosidagi «Imlo lug‘ati» «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi.

«Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk»(Turkiy tillar sintaksisi javohirlari) Mahmud Koshg‘ariyning grammatik xarakterdagi asari. «Devonu lug‘otit turk»da muallif ayrim grammatik masalalar talqini xususida fikr ketar ekan, bu boradagi qarashlarining «Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk» nomli asarida keltirilishiga ishora qilib ketadi. Ammo «Devonu lug‘otit turk»da muallif tomonidan tilga olingan bu nodir asar bizgacha yetib kelmagan.(q. Mahmud Koshg‘ariy)

 

«Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk val-qafchoq»mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning lingvistik asari. Asarning Abu Bahr ismli kishi tomonidan 855- yilda ko‘chirilganligi asosida uning XIV–XV asrda yaratilganligi haqida xulosa qilish mumkin. “Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq” birgina nusxaga ega, Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Olimlar asar Suriyada yaratilgan deb taxmin qilishadi.

Qo‘lyozma 4 bobdan iborat, ularning har qaysisi fasllarga ajratilgan. Birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo‘lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag‘ishlangan. Mas., tangri, yalavach, farishta, quyosh, yulduz, oy. Ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag‘ishlangan, bir qancha ichki guruhga ajratilgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o‘rin ravishlari, kishilik va so‘roq olmoshi, ko‘makchilar, hafta kunlari, yil fasllari haqida so‘z boradi. To‘rtinchi bob esa fe’l haqida.

Arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan bu asar turkiy tillar taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba.

Maxsus ensiklopedik lug‘at fan-texnika, san’at va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallab tavsiflaydi. Bunday lug‘atlar sifatida soha ensiklopedik lug‘atlari – «Meditsina ensiklopediyasi», «Fizicheskiy ensiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar» va qo‘lingizdagi lug‘atni misol qilish mumkin. Umumiy ensiklopedik lug‘atdan farqli ravishda maxsus ensiklopedik lug‘atlar tor sohaga doir tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Mas., rus tilida yaratilgan «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar »da shunday deyiladi: «Bu lug‘at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo‘lgan soha – psixologiya, mantiq, falsafa, etnografiya va adabiyotshunoslik sohalari mutaxassislariga mo‘ljallangan.

Maxsus filologik lug‘at– tor o‘quvchilar ommasi, tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi va boshqa ayrim ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan lug‘at turi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug‘atlari shular jumlasidan.

Morfem lug‘atso‘zning tarkibi (ma’noli qismlari)ni ko‘rsatadigan filologik lug‘at turi. Bunday lug‘at birinchi marta A.G‘ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urov tomonidan tuzilib, 1977 yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan. 2007- yil «Yangi asr avlodi» nashriyotida B.Mengliyev va B.Bahriddinovaning maktab o‘quvchisi uchun mo‘ljallangan «O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati» chop etilgan.

 

“O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati»Bir-biriga qarama-qarshi, zid ma’no bildiradigan so‘zlarni jamlaydigan filologik lug‘at turi. Bu lug‘at o‘zbek tilshunosligida 1980- yil Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan yaratilgan.

Lug‘at ikki qismdan: kirish va lug‘at bo‘limlaridan iborat. Kirish qismida antonim va lug‘at tuzilishi haqida batafsil ma’lumot keltirilgan. Ikkinchi qismda esa qat’iy alifbo tartibida lug‘at keltirilgan. Lug‘atda ikki xil maqola – izoh maqolalar va havola maqolalar mavjud. Izoh maqolasi ancha murakkab tuzilishli, unda avval antonimik juftlik keltiriladi. Izoh maqolasini boshlab beruvchi bunday juftlikda antonimlar alifbo tartibida joylangan: yomon – yaxshi, sekin-tez kabi.

Lug‘atdan hozir ham keng foydalanilmoqda.

«O‘zbek tili frazeologizmlarining izohli lug‘ati» – turg‘un birikmalar bo‘lgan frazeologizm (ibora)larni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasi.

Lug‘at ikki qismdan iborat, birinchi qismda iboralar tavsiflansa, ikkinchi qismda iboralar tarkibida qatnashuvchi har bir so‘z alifbo tartibida berilib, bu so‘z qatnashuvchi turli iboralar keltiriladi. Lug‘atdan namuna:

Qulog‘i(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.

Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalinadi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294- bet)

Iboralarni o‘z ichiga oluvchi bu fililogik lug‘at B.Mengliyev, M.Xudoyberdiyeva va O.Boymatovalar tomonidan tuzilgan, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan, 2006-yil “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.

Lugat maqolalari alfavit tartibida tuzilgan, unda mingga yaqin iboraga qisqacha nutqiy izoh berilgan.

Iboralar birdan ortiq variantga ega bo‘lsa, ular ketma-ket vergul bilan ajratilgan holda berilib, so‘ngra izohlangan:

Avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi – barcha kirdikorlarini ochib tashladi.

Avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi – 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi.

Fe’llar o‘quvchilarga qulaylik maqsadida asosan yaqin o‘tgan zamon shaklida berilgan.

Leksik birliklarning morfemik tarkibi – so‘zlarning o‘zak va qo‘shimcalarga qanday ajratilishini ko‘rsatuvchi filologik lug‘at. Bunday lug‘at birinchi marta A.G‘ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urovlar tomonidan tuzilib, 1977- yilda «Oqituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Lug‘atning kirish qismida leksemalarning morfem tarkibi va morfemalar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Lug‘atdan namuna:

kel/ish

kel/ish/gan

kel/ish/gan/lik

kel/ish/il/moq

kel/ish/im    

kabi.

«O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shakldosh so‘zlarni jamlagan filologik lug‘at, 1984-yil Sh.Rahmatullayev tomonidan yaratilgan. Lug‘atda 497 omoifoda ostiga birlashuvchi 1160 dan ortiq leksema tasvirlangan. Dastlab omonimlarga tarixiy-etimologik izoh berilib, keyin ma’nosi ta’riflangan, shu omonimdan yasalgan leksemalar sanalgan, so‘ngra bu omonim qatnashadigan birikma, gap berilib, oxirida matnli misol keltirilgan.

Lug‘atga omofonlar va omograflar ilova qilingan. Lug‘at filologiya fakulteti talabalariga, til va adabiyot o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.

«O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» – o‘zbek tilidagi ma’nodosh so‘zlarni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Bu lug‘atning yorqin namunasi sifatida A.Hojiyevning 1974- yilda nashr etilgan lug‘atini ko‘rsatish mumkin.

Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xarakterli bo‘lgan sinonimik qatorlarni o‘z ichiga olgan. Unga leksik va grammatik sinonimlar kiritilgan. Lug‘at so‘zlari sinonimik qatordagi bosh so‘zga ko‘ra tartiblangan.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»– o‘zbek tilida istemolda bo‘lgan o‘z va o‘zlashma so‘zlarning ma’nosini umumiy tarzda izohlaydigan lug‘at turi. Hozirga qadar ikki marta o‘zbek tilida izohli lug‘at yaratilgan: 1. 1981-yil Moskvada nashr qlingan. 2 jildli. Unda 60 ming so‘z va birikma izohlangan. 2. 2006-2008 yil nasr etilgan. 5 jildli. 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmasi izohlangan.

«O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»–maktabo‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so‘z hamda o‘zlashma so‘zlar aniqlangan.

                   Lug‘atda bosh so‘z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o‘rinlaridan joy olgan.

«O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati» joy nomlari bo‘yicha tuzilgan va o‘qish-o‘rganish jarayoni uchun ko‘proq foydali lug‘at sanaladi. O‘quv toponimik lug‘at respublika, viloyat, shahar, tuman, vodiy yo voha, qishloq yo bir necha qishloqlar guruhi bo‘yicha tuzilishi mumkin. Respublika yoki voha, bir necha viloyatlar toponimlarining izohli lug‘atini tuzish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu lug‘at namunasi T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1500 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga oladi.

O‘quv toponimik lug‘ati uchun, eng avvalo, joy nomlari so‘zligi tuzilgan. Eng muhim oykonim, gidronim, oronim tanlangan. Har bir toponimning hozirgi davrda qanday jo‘g‘rofiy obyektning nomi ekanligi aniqlangan. Nomning sarhadlari belgilangan. Yangiqishloq, Yangiobod, Jartepa, Kattaqishloq, O‘rtaqo‘rg‘on, Uchtepa, Oqtepa, Qoratepa kabi nomlar har bir viloyatda, tumanda bo‘lishi tabiiy. Lug‘atda bu tur va ko‘p uchraydigan nomlarning tarqalish hududi (viloyat, tuman)ni ko‘rsatish shart qilib qo‘yilmagan, lekin qanday obyektning nomi ekanligini zikrlash lozim topilgan: Qiziltepa qishloq; Amudaryo daryo, tuman; Oyqor tog‘.

O‘quv toponimik lug‘ati ilmiy, amaliy, ma’naviy, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa nomining izohini jamlagan. Til umumxalq leksikasining izohli, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nolilik, birikuvchanlik va boshqa tur lug‘atlarda so‘zning hozirgi davrdagi ma’nolari, nutqda qo‘llanilishi bilan bog‘liq lisoniy-nutqiy holatlar, ma’noviy xususiyatlar bayon qilinadi. Toponimik izohda esa nima uchun shu obyekt shu nom bilan atalgan degan savolga javob berilishi lozim. Bu savolga yaqinda yo yaqin o‘tmishda yuzaga kelgan toponimlar misolida aniqroq, ma’qulroq, tushunarliroq, ishonchliroq javob berish, topish mumkin: Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq, Yangibozor nomlaridagi yangi so‘zining ma’nosi yangi ko‘ylak, yangi ro‘mol kabi birikmalar tarkibidagi yangi so‘zi ma’nosi bilan teng emas. Yangiqishloq, Yangiobod, Yangiariq nomlari XX asrning 50–60-yillarida yuzaga kelgan. Yangibozor nomi o‘tgan asrning oxirida yaraldi. Bu nomlarda yangi so‘zining ma’nosi yo‘qolgan, undan keyin yaralgan qishloq, ariq, bozorlar boshqa nomlar bilan atalganligi ma’lum. Yoki Navkat, Novqat, Denov, Shahrinav, Yangikent nomlari bundan bir necha yuz yillar oldin paydo bo‘lgan. Bu nomlarda yangi, nav (tojikcha, yangi) so‘zlarining ma’nosi nisbiy, yaralgan vaqtda “yangi” ma’nosida bo‘lgan, hozir bu ma’no yo‘qolgan, lekin nom tarkibida bu so‘zlar qotib qolgan.

 

 

«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.Lug‘atning maqsadi o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o‘quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so‘zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo‘naltirilgan.

  Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun «O‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»dan nafaqat til o‘rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo‘lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so‘zlar ham mazkur lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.

Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVAR INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug‘at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so‘zlari lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma’lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …    

yoki

ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i.

Tilimizda o‘zlashmalar mustaqil so‘zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so‘zlarlar orasida ham uchraydi. Qo‘llanmaning maqsadi o‘zlashma so‘z haqida batafsil ma’lumot berishga yo‘naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so‘zlar kiritilgan.

O‘zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un, u, asosan, so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r]

AKADEMÍK [r akademicheskiy]

Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko‘pma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki ko‘pma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati.

  2 ot Ajablanish, hayronlik.      3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so‘zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo‘ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.

yoki

XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.

O‘z tilida so‘z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan turli yasama so‘slar bizning tilimizga tayyor holda kirib kelganligi sababli, o‘zbek tilida ular tub so‘zlar hisoblanadi. Shuning uchun lug‘atda bunday so‘zshakllarning har biri alohida izohlangan:

DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o‘zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi…

DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.

Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmagan. Muntazam takrorlanuvchi so‘zlar esa qisqartma shaklida berilgan, ushbi qisqartmalar va boshqa belgilar to‘g‘risida lug‘atning KIRISH qismidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

O‘zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» 1977- yilda va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O‘zbek adabiy talaffuz lug‘ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug‘atda o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 8000 ga yaqin so‘z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so‘z va so‘z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so‘z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto‘g‘ri ko‘rinishi inkor qilinib, uning to‘g‘ri aytilishi ko‘rsatilgan.

«O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so‘zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.

«O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati»maxsus, o‘ziga xos lug‘at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O‘.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘at yasama so‘zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so‘zidan beshta yangi so‘z va bu yangi so‘zdan yana beshta boshqa yangi so‘z hosil bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin:

 

amal ®

amal-dor ® amaldor-lik

amal-iy ®

amaliy-ot

g‘ayri-amaliy

amal-la

amal-parast ® amalparast-lik

be-amal ® beamal-lik

 

Yangi so‘z hosil bo‘lishiga tayanch, asos vazifasini o‘tovchi so‘z yasovchi asos hisoblanadi. Yuqoridagi amal so‘zi o‘zidan kelib chiqqan beshta so‘z uchun yasovchi asos. O‘z navbatida bu so‘zlar keyingi yasalish uchun yasovchi asos vazifasini o‘taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so‘z esa yasama so‘z. Amal so‘zidan hosil bo‘lgan beshta so‘z va keyingi yasalishbunga misol.

Yasama so‘zni vujudga keltiruvchi turli vosita mavjud. Ular qo‘shimcha yoki so‘z ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday vosita lug‘atda qoraytirilgan (jirniy) shaklda berilgan.

Yasovchi asos va yasama so‘z yig‘indisi yasalish uyasini tashkil qiladi. Lug‘atda har bir so‘zdan yasalgan yasalish uyasi alohida ajratib berilgan.

O‘quv lug‘ati yana quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

1) fe’l an’anaviy lug‘atlardagidek harakat nomi shaklida emas, balki buyruq (o‘zak) shaklida berilgan:

lov ® lov-illa, moyil ® moyil-lan, ayni ® ayni-makabi;

2) so‘z yasovchi qo‘shimchadan oldin kelgan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ajratilib, qoraytirilmagan ko‘rinishda berilgan:

 

maqta ®

maqta-n-ar-li

maqta-n-choq

maqta-r-li

 

bela ® bela-n-chak kabi;

3) omonim so‘zlar rim raqami bilan belgilab berilgan va ma’nosi izohlab ketilgan:

bandI (mashg‘ul) ®band-lik (mashg‘ullik)

 

band II (dasta) ®

band-li

band-lik (dastalik/soplik);

 

4) lug‘atda, asosan, affiksatsiya usuli bilan yasalishlar keltirilgan;

5) tovush o‘zgarishi hodisasining asli “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”da berilgani uchun ko‘rsatilmagan:

bo‘ya ® bo‘yo-q, ot (ism) ® at-a ® ato-q ® atoq-likabi.

Lug‘atda 3257 ta tub so‘z (so‘z yasalish uyasi) berilgan, ulardan 9443 ta yasama so‘z hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Demak, bu lug‘atda o‘rtacha 1 ta so‘zdan 3 ta so‘z yasalganini ko‘rish mumkin. Albatta, lug‘at o‘zbek tilidagi hamma so‘zlarni qamrab olmagan. Faqat eng faollari – maktab o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan so‘zlargina lug‘atda o‘z aksini topgan.

 

«O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so‘zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:

  1. Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo‘yoqning kamayib, salbiy bo‘yoqning ortib borishiga ko‘ra).
  2. darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko‘ra).

«O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘atda talaffuzdosh so‘zlarning quyidagi ko‘rininshlari farqlanadi:        

1. So‘z oxiridagi yasovchi qo‘shimchada: borlik-borliq, bo‘shlik-bo‘shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo‘qlik-yo‘qliq.

2. So‘z o‘rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.

3. So‘z o‘rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,

4. So‘z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.

5. So‘z o‘zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.

6. So‘z boshidagi unli tovushlarda: abro‘-obro‘, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.

7. So‘z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;

8. So‘z o‘rtasidagi unlining cho‘ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.

9.So‘z o‘rtasida bir undoshning bor-yo‘qligida: bo‘yincha-bo‘yicha, ziyrak-zirak.

10. So‘z oxirida undoshning tushib qolishida: go‘sh-go‘sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.

11.So‘z o‘rtasida bir unlining bor-yo‘qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.

12. So‘z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so‘zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko‘klik-ko‘hlik.

Lug‘at 1500 dan ortiq so‘zni qamrab olgan va har bir so‘zga izoh berilgan.

 

«O‘zbek tilining toponimik lug‘ati»joy nomlari va ularning kelib chiqish tarixini tavsiflovchi lug‘at turi. O‘zbek tilida lug‘atning yorqin namunasi sifatida dastlab T.Nafasovning „Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati“ 1988-yil nashr etilgan.

Lug‘at Janubiy O‘zbekiston aholi joylari (shahar, qishloq, mahalla, guzar, ko‘cha), suvliklari (daryo, suv ombori, jilg‘a, ko‘l, ariq, hovuz), yer yuzalari (tog‘, cho‘qqi, tepa, qir, dara, soy, dasht, turli balandlik va joy) nomlari kabi 5 mingdan oqtiq toponimlarni o‘z ichiga olgan. O‘z va o‘zga tillardan kirgan toponimlarning ma’no va morfologik tuzilishini aniqlashda ular turli joylardagi turkiy va boshqa tillardagi toponimlar bilan taqqoslangan.

Luga’t filologiya, tarix, geografiya fakulteti talabalari va o‘qituvchilariga, umuman, O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

 

O‘zlashma so‘z lug‘ati – o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadigan lug‘at. Bu tipdagi lug‘at – izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Mas., O.Usmon va R.Doniyorov tomonidan 1965 yilda nashr etilgan «Ruschainternatsional so‘zlar izohli lug‘ati»da rus va boshqa yevropa tilidan kirib kelgan so‘z izohlangan. 2007- yil «Yangi asr avlodi» nashriyotida Y.Hamrayevaning maktab o‘quvchisi uchun «O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» chop etilgan (q. “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”.)

Terminologik lug‘at – ma’lum bir sohaga tegishli so‘z (termin)ni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega. Terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga ajratish mumkin. A.Hojiyevning «Tilshunoslik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, “O‘qituvchi”, 2003)dan olingan namunaga e’tibor qiling:

Kriptologiya. Maxfiy til, ularni tuzish qonuniyatini, rasshifrovka qilish usulini o‘rganuvchi fan.

Ko‘makchili aloqa. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchi vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.”

Tarjima lug‘at bir tildagi atamaning boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi.

 

TERS LUG‘AT

 

Ters lug‘atso‘zlarni teskari tomondan (oxiridan) alifbo tartibida joylashtirishga asoslangan lug‘at turi. Bunday lug‘at ham lingvistik lug‘at, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonovlar tomonidan «Obratniyslovaruzbekskogoyazika» nomi bilan 1969- yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:

serxarajat

hujjat

xat-hujjat

behujjat

murojaat

hojat

muhofazat

ijozat

 

TIL

 

Til yordamida suhbatlashib, savol-javob qilinadi. Fikr til yordamida ifodalanib, uzatiladi. Ajdoddan ma’lumot olib, avlodga uzatamiz. Tilning eng muhim aloqa vositasi ekanligi shunda namoyon bo‘ladi.

Insonning eng asosiy, boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi. Til faqat insonga va jamiyatga xos bo‘lgan hodisa. U bir kishi tomonidan emas, balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek, til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa deyiladi.

            Tilning paydo bo‘lishi. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – azaliy mavzu. Biror tilning qachon paydo bo‘lganini taxminan aytish mumkin. Mas., manbalarda o‘zbek tili XV asrda shakllanib bo‘lgan, boshqa turkiy tillardan ajralib chiqqan deyiladi. (Ne’matov H., Mahmudov N., G‘ulomov A., Sayfullayeva R., Abduraimova M. Ona tili. 9- sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2002. – B. 5.) Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganini aniqlab bo‘lmaydi. Chunki ma’lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi 10–15 ming yildan nariga bormaydi. Olimlar esa tilning paydo bo‘lishini yozma manba asosida belgilaydi.

Tilning paydo bo‘lishi haqida olimlarning fikrini umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til bizga in’om etilgan so‘zlash imkoniyati asosida kishilarning birga mehnat qilishi jarayonida boshqa kishi bilan aloqada bo‘lish zaruriyati, ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan. Til kishining birbirini tushunishiga, yashash vositasini topish va yaratishda birlashishiga yordam bergan.

Tildagi o‘zgarish.Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisa kabi til ham muttasil rivojlanish va o‘zgarishda. Buni shu tilning ikki davrdagi holati farqiga qarab bilish mumkin. Mas., eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili orasidagi farq lug‘at tarkibida ko‘proq aks etganini sezish mumkin.

Ko‘rinadiki, tildagi o‘zgarish, asosan, lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalq tarixida ro‘y bergan iqtisodiyijtimoiy, siyosiy o‘zgarish tufayli yangi so‘z kirib keladi, ayrimi chiqib ketadi. Mas., eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), o‘kush (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘z hozir qo‘llanmaydi.

Shunday qilib, o‘zbek tili lug‘at tarkibi turmush uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchani bildiruvchi so‘zning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchani ifodalovchi so‘zning esa kirib kelishi hisobiga doimo rivojlanib, boyib boradi.

            Tilning taraqqiy etishi.O‘zgarish tabiat-hodisalarigagina emas, tabiiyki, ijtimoiy hodisalarga, shu jumladan, til hodisalariga ham xos. Tarixiy taraqqiyot va o‘zgaruvchanlik tilning hamma sathlariga xos. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan buyon til uzoq davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, boyib borgan. Ayni vaqtda til taraqqiyoti kishilarning turli-tuman tajribalarining takomillashishiga, bu tajriba-yu bilimlarning avloddan avlodga o‘tishiga ham imkon bergan. Til taraqqiyoti natijasida fan, texnika, madaniyat taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan.

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liq, ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar tilda aks etadi. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi. Yangi narsa-buyum, tushunchalarning paydo bo‘lishi yoki, aksincha, narsa-buyum va tushunchalarning iste’moldan chiqib ketishi hammadan avval tilning lug‘at boyligida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Chunonchi, Muqimiy (1850-1903) ning «Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar» matlali g‘azalidagi ayrim baytlarga e’tibor qarataylik:

Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila

O‘ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog‘lar.

Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,

Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar.

Hozir Muqimiy davrida keng qo‘llanilgan mahfil, ulfatu ahbob, ahli tamiz kabi juda ko‘p so‘z va so‘z birikmalari iste’moldan chiqib, eskirgan so‘zlarga aylangan. Muqimiy yashagan davrda tilimizda patta, vistavka, gimnaziya, pech kabi yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu so‘zlarning ko‘pchiligi bizning davrimizga kelib eskirib qoldi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘lishi, ayrim so‘zlarning semantikasida o‘zgarishlar yuz berishi, ba’zi so‘zlarning eskirib qolishi barcha tillarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan. Chunonchi, o‘tgan asrning boshlari va o‘rtalarida rus tilida paydo bo‘lgan bolshevizm, menshevizm, proletariat, syezd, kolxoz, sovxoz marksizm, leninizm, kommunizm kabi ko‘plab so‘zlar hozirda eskirib iste’moldan chiqqan. Tilda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar so‘zning tuzilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, oqibatda u ham asta-sekin o‘zgarib boradi. So‘z strukturasining o‘zgarishi turli tillarda turli yo‘l bilan yuz beradi. Tilshunoslikda buning asosiy uch usuli qayd etiladi: soddalashuv, qayta bo‘linish va murakkablashuv.

So‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan yasalgan qo‘shma so‘zlarning tub so‘zlarga yoki o‘zakka, ko‘p morfemali so‘zning bir morfemali so‘zga o‘tish hodisalari soddalashuv deyiladi. Odatda, soddalashuv hodisasi so‘z o‘z «ichki tuzilish shakli»ni o‘zgartirganda, ya’ni morfemalar orasidagi chegara yo‘qolganda ro‘y beradi. Ilmiy adabiyotlarda soddalashuv hodisasining sodir bo‘lishiga asosan ikkita sabab borligi ko‘rsatiladi:

1)    u yoki bu morfemaning ma’nosi kuchsizlanishi, asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi natijasida uning iste’moldan chiqib ketishi;

2)    o‘zakdosh so‘zlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishi.

Birinchi usulga o‘zbek tilidagi qishloq, qovurg‘a, yuksak, qachon, bo‘rsiq so‘zlari, rus tilidagi nujniy, xijina, kolsoso‘zlari misol bo‘la oladi. Qishloq so‘zi aslida qish+la (fe’l yasovchi affiks) + q(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; qovurg‘aso‘zi qop+ur (daraja ko‘rsatuvchi affiks) + g‘a(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; yuksak so‘zi yuk+sa (fe’l yasovchi affiks) + k(sifat yasovchi affiks); qachon so‘zi qay, chog‘va-inmorfemalaridan hamda bo‘rsiq so‘zi esa bo‘r+si+q morfemalaridan tashkil topgan. Hozirgi tilshunoslikda bu so‘zlar sodda tub so‘zlar sifatida baholanadi.

Nujniy, xijina, kolso so‘zlarini hozirgi rus tili grammatikasi nuqtai nazaridan yuqoridagi so‘zlar kabi izohlash mumkin. Bir vaqtlar rus tilida nuja, xija, kolo so‘zlari bo‘lgan, ana shu so‘zlarga so‘z yasovchi (-n, -in, -u) va shakl hosil qiluvchi (-iy, -a, -o) affikslar qo‘shilishi natijasida bu so‘zlar hosil bo‘lgan.

Hozirgi o‘zbek tilidagi qishloq va qishki so‘zlari ikkinchi usulga misol bo‘la oladi. Etimologik jihatdan har ikkala so‘zning ham o‘zagi qishso‘zi bo‘lgan. Hozirgi til nuqtai nazaridan ularda hech qanday semantik umumiylik yo‘q. Rus tilidagi jir (yog‘), jizn (hayot), jivoy (tirik) so‘zlari qadimda o‘zakdosh so‘zlar hisoblangan. Aslida jirso‘zi ji+r(so‘z yasovchi affiks)dan tuzilgan, «hayotda orttirilgan» ma’nosini bergan. Tilning tarixiy taraqqiyotida bu so‘zlarning morfemalari orasidagi chegara yo‘qolgan, ya’ni soddalashuv hodisasi ro‘y bergan. Soddalashuv jarayoni ba’zan bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Chunonchi, ingliz tilidan o‘zlashgan futbol, voleybol so‘zlari, nemis tilidan o‘zlashgan kurort so‘zi o‘zbek tilida tub so‘zlar hisoblanadi. Aslida esa o‘z holatida bular qo‘shma so‘zlardir, ya’ni foot – oyoq, ball – to‘p, volleyqo‘l, ballto‘p; kurdam, ort joy kabi. O‘zbek tiliga fors tilidan o‘zlashgan navro‘z tub so‘zi aslida nav-yangi, ro‘z-kun ikki o‘zakdan, astoydil tub so‘zi «az tahi dil» uch o‘zakdan tashkil topgan. Rus tiliga o‘zbek tilidan o‘zlashgan karandash, utyug so‘zlari hozirda shu tilda tub so‘zlar hisoblansa-da, etimologik jihatdan o‘zbek tilida bular «qora tosh», «o‘t yoq» shaklidagi qo‘shma so‘zlar bo‘lgan.

So‘zdagi morfemalar chegarasining o‘zgarishi natijasida yangi affiksal morfemalar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bunday jarayon so‘zning material strukturasidagi q a y t a b o‘ l i n i s hhodisasi deb yuritiladi.

O‘zbek tilidagi bo‘lajak, ular, gulduros so‘zlarida, rus tilidagi gotovnost so‘zida qayta bo‘linish hodisasini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda bu so‘zlar bo‘l+ajak (sifatdosh shakli affiksi), u+lar (ko‘plik shakli affiksi), guldur+os (sifat yasovchi affiks); gotov+nost (so‘z yasovchi affiks) shaklida morfemalarga ajratiladi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, bu so‘zlarda quyidagicha qayta bo‘linish ro‘y bergan:

bo‘lajak < bo‘l-a-jak < bo‘l-ajak

ular < ul-ar < u-lar

gulduros < guldur-a-s < guldur-os

gotovnost < gotov-n-ost < gotov-nost.

Ba’zi hollarda faqat affiksal morfemalar emas, so‘zlar ham qayta bo‘linadi. Mas., rus tilidagi sva k predloglari uchta tovushdan tashkil topgan: s’n, k’n. Ma’lumki, predloglar yordamchi so‘zlar. Nutqda urg‘u olmaydigan predloglar, odatda, olmoshlarga qo‘shilib talaffuz etiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu predloglar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:

s’n im< s’nim< s’ nim < s nim;

k’n im

Avval tub deb hisoblangan so‘zlarning yasama yoki murakkab so‘zlar qatoriga o‘tishi m u r a k k a b l a sh u vdeyiladi. Bu hodisani boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarda kuzatishimiz mumkin. Murakkablashuv hodisasi tilda soddalashuv va qayta bo‘linish hodisalariga nisbatan kamroq uchraydi. Chunonchi, rus tilidagi gravyura(toshga, metallga yoki yog‘ochga o‘yib ishlangan va bosmaxonada bosilgan rasm) so‘zi fransuz tilidan olingan, rus tilida gravyor, gravirovatso‘zlari paydo bo‘lgandan keyingina uch morfemaga (grav-yur-a) ajraladigan bo‘lgan.

Til – yaxlit butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismlardan tashkil topganligi kabi til ham gap, so‘z birikmasi hosil qilish va so‘z yasash qolipi, so‘z, qo‘shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi. Til qismi til birligi hisoblanadi. Maktab darsligida gap, so‘z birikmasi, so‘z, qo‘shimcha va tovush til birligi sifatida qaraladi. Bularning barchasi nutqda qorishgan holda namoyon bo‘ladiki, ular orasiga keskin chegara qo‘yishning iloji yo‘q.

Tilning yaxlit butunligini ikki xil tushunish bor: 1) zohiriy tushunishda bir xil til birligining birikib ikkinchi bir birlikni keltirib chiqarishi tushuniladi: tovush+tovush=so‘z; so‘z+so‘z=so‘z birikmasi yoki gap kabi; 2) botiniy tushunishda bir sath birligi voqelanishi uchun ikkinchi bir sathning yordamga kelishi tushuniladi. Mas., so‘zni voqelantirish uchun morfologik qo‘shimchalar bilan birga so‘z birikmasi va gap qoliplari yordam beradi. Qo‘shimchaning yuzaga chiqishida leksik birliklar so‘z birikmasi va gap qoliplari ko‘maklashadi. So‘z birikmasi va gap qoliplari yuzaga chiqishida esa morfologik qo‘shimchalar va leksik birliklar hamrohlik qiladi.

Muayyan nutq sharoitida yaxshi leksemasi turli daraja shakllari bilan keladi. 1.Salim yaxshi o‘qiydi. 2.Bugun ish unumi yaxshiroq. 3.Eng yaxshi odamlar bizlarga hamrohdir. Ko‘rinadiki, birinchi gapda yaxshiso‘zi oddiy darajada, bunda leksema ma’nosining ifoda bo‘yog‘i darajaning oddiyligi. 2- va 3- gaplarda esa daraja ma’nosi kuchaygan holda voqelangan. Daraja shakllari yaxshi so‘zining ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi. Qiyoslang: 1.Yaxshi, hozir yetib boraman. 2.Siz zudlik bilan yo‘lga tayyorlaning. -Yaxshi. 3.Qovun yaxshi yetishibdi. 4. O‘smamiz juda yaxshi. Yaxshi so‘zining voqelangan ma’noviy ko‘rinishlari farqlanuvi asosida gaplarni ikkiga ajratish mumkin:

a) 1- va 2- gaplar;

b) 3- va 4- gaplar.

Birinchi guruh qo‘llanishlarda yuqorida zikr etilgan yaxshi leksemasining barchasi kuzatilmaydi. Aniqrog‘i, bunda «belgi» ma’nosi emas, balki «ma’qullash» ma’nosi voqelangan, «mustaqil gap bo‘lagi» emas, balki «kirish so‘z» (birinchi gapda) va «so‘z-gap» (ikkinchi gapda) vazifasi yuzaga chiqqan. Chunki kirish so‘z va so‘z-gap vazifasida yaxshi so‘zi darajalanish qobiliyatini yo‘qotgan. Demak, yaxshi so‘zida ikki xil ma’no borligiga amin bo‘lish mumkin:

1. Ijobiy, shaxsiy, ma’qullashni bildiruvchi kirish so‘zi yoki so‘z gap.

2. Ijobiy, shaxsiy, oddiy belgi ifodalovchi va gap bo‘laklari vazifasida kela oladigan sifat.

Bu ikki ma’noni sintaktik vazifa va daraja ko‘rsatkichlari farqlaydi. Tilning yaxlitligini ana shunday tushunish lozim.

Til me’yori.Me’yorlisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil, lisoniy imkoniyatlardan – sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan har birining voqelanish o‘rinlari va xususiyatlarini belgilaydi.

O‘zbek va dunyo tilshunosligida me’yor masalasiga keng o‘rin berilgan va unga bag‘ishlangan qator ishlar mavjud. Bu masala, avvalo, uslubshunoslik va nutq madaniyati masalalari atrofida o‘rganildi. Zero, o‘zbek adabiy me’yorining asoschilaridan bo‘lgan E.Begmatovning uqtirishicha, me’yor masalasi XX asrning boshlarida o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining yangi bir bosqichida u uchun asos bo‘lgan dialektal negizni belgilash, yozuv va alifbo masalalarini hal qilish, imlo qoidalarini ishlab chiqish, imlodagi mavjud kamchiliklarni tuzatish, umuman til birliklarini qo‘llashdagi ikkilanish va beqarorlikni bartaraf etish, atamalarni takomillashtirish, grammatikalar yaratish, o‘qish-o‘qitish ishini yo‘lga qo‘yish singari vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi say’-harakatlar ham nutq madaniyati muammolarini hal qilishning tarkibiy qismi edi. Bundan esa o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilini tadqiq etishga bag‘ishlangan kuzatishlarning ma’lum qismi shu tilning adabiy me’yor muammolarini hal etishga xizmat qilgan, degan xulosa kelib chiqadi.

O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning so‘nggi chorak asri davomida adabiy til me’yorlari bo‘yicha bajarilgan barcha tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq qator o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratildi.

Tadqiqotlarning barchasida adabiy me’yorga e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, adabiy til normalari, undagi muhim qonuniyatlarni ochish o‘zbek adabiy tili normativ sistemasidagi to‘g‘ri, namunaviy holatlarni belgilash bilan birga, undagi noadabiy hodisalarni, ya’ni xato va nuqsonlarni ham aniqlashga, ularning asosiy sabablarini ochishga ko‘maklashish asosiy diqqat markazida bo‘lgan.

Lison nutqda turlicha voqelanadi. U adabiy til ko‘rinishida ham, sheva va lahja shaklida ham, turli tabaqa, toifa kishilari nutqida, shuningdek, turli nutq sharoiti va vaziyatiga mos ravishda yuzaga chiqadi. Ana shu moslanish va xoslashuv me’yor tusini oladi.

Umumxalq tilining lisoniy tizimi dastlab ikki ko‘rinishda voqelanadi: sheva va adabiy til. Avvalo, adabiy til va shevaga xos me’yoriy qonun-qoidalar mavjud, bu qonun-qoida umumxalq tilining ikki tarkibiy qismini ajratishga, ularning har birining o‘ziga xos yashovchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun dialektal va adabiy me’yor farqlanadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin:

 

UMUMXALQ TILI(lison)

Dialektal me’yor      
Adabiy me’yor

 

O‘zbek tilshunosligida umumxalq tilining umumxalq va dialektal ko‘rinishi keng va teran o‘rganilgan, biroq me’yor masalasida adabiy tilga ko‘p e’tibor qaratilgan. Bu shevalarning nutqiy ko‘rinishi me’yorsiz bo‘ladi, degani emas. Holbuki, shevada ham lison voqelanar ekan, bu voqelanish, albatta, ma’lum “cheklov” va so‘zlovchiga lisoniy-ijtimoiy “buyurish” asosida yuz beradi. Ana shu “cheklov” (qolip) va ijtimoiy buyurish me’yorni tashkil etadi. E.Begmatov sheva me’yori xususida fikr yuritar ekan, uning stixiyali tarzda shakllanishi va rivojlanishi, majburiy deb tushunilmasligi, bilvosita, negativ ravishda, ya’ni biz unday demaymiz, biz bunday gapirmaymiz singari tasavvurlar asosida amalga oshirilishini ta’kidlaydi.

Ters lug‘atso‘zlarni teskari tomondan (oxiridan) alifbo tartibida joylashtirishga asoslangan lug‘at turi. Bunday lug‘at ham lingvistik lug‘at, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonovlar tomonidan «Obratniyslovaruzbekskogoyazika» nomi bilan 1969- yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:

serxarajat

hujjat

xat-hujjat

behujjat

murojaat

hojat

muhofazat

ijozat

Umumiy ensiklopedik lug‘atalfavit tartibida, ularda so‘zlar emas, balki shu so‘zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‘lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at. Lug‘at maqolalari lug‘atdagi tavsif lug‘at maqolasi deyiladi. Lug‘at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» ana shunday lug‘atlardan biri. Unda shunday deyiladi: O‘zME (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‘lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iborat.

 

Umumiy filologik lug‘at – barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atlar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (O‘TIL) «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‘TIL da shunday deyiladi: «Lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga – tilshunoslar, o‘rta va oliy maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.» (2 tomlik, 1- tom, 5- bet.) Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so‘zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:

BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo‘ydi. R.Fayziy. El mehri.

  YOZ 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.

  2 ko‘chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.

            Ko‘ngli yoz bo‘ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.

Umumiy izohli lug‘atda lug‘aviy birliklarning barcha – grammatik, uslubiy, frazeologik birliklar tarkibida qatnashishi, omonimik, qaysi tildan o‘zlashganlik belgilari ko‘rsatiladi.

O‘zbek tilining bu tipdagi lug‘ati birinchi marta 1981- yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an’analarning davomi sifatida o‘tgan asrning 50–80 - yillari mobaynida o‘zbek tilshunosligida erishilgan va o‘zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan» (2 tomli, 1- tom, 5- bet) «O‘zbek tilining izohli Lug‘ati» o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi. «Lug‘atning asosiy vazifasi o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so‘z yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet).

  Demak, o‘zbek tilining ilk izohli lug‘ati o‘z oldiga qo‘yilgan o‘zbek adabiy tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash hamda uning me’yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o‘rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo‘yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keldi. Natijada 5 tomli izohli lug‘at yaratildi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.