1. 1. Nam ta’sirida yoki suv bilan qorishib, yumshoq va yopishqoq massa holiga kelgan tuproq.
Yomg‘ir yog‘di — ko‘cha loy bo‘ldi. Mashina loy sachratdi.
▬
Bola suvni ko‘p sepib, yerni loy qilib yuborgan edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Deyarlik har qadam-da bir poy kavushi oyoqdan tushib, loyga botar, qiz engashib olar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Suv ostiga o‘tirib qolgan tog‘ jinslaridan, qum, tuproq zarrachalaridan hosil bo‘lgan cho‘kindi; balchiq (Ba’zi turlari shifobaxsh bo‘lib, davolash maqsadlarida ishlatiladi).
Ariqning loyini tozalamoq.
3. 3. Tuproqni suvga qorib, ba’zan somon, jun kabi narsalar aralashtirib tayyorlangan maxsus qurilish materiali.
Somonli loy. Kulol loyi. Loy qilmoq. Loy pishitmoq. Loy suvoq.
▬
Sovuqda loy qorib, oyog‘imiz kesak, burnimiz sholg‘omday bo‘lib ketdi.
E. Raimov, Ajab qishloq