Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {loyiha}
So‘z bo‘g‘inlari: lo-yi-ha
Izoh(lar)i:
loyiha ot

1. Bino, inshoot, mashina va shu kabilarni qurish yoki tiklash uchun ishlangan, tayyorlangan hujjatlar (chizma, hisob-kitob, andoza, nusxa va shu kabilar) majmui. Binoning loyihasi. Loyiha tuzmoq. ▬ Loyihaga ko‘ra, uy cherdagiga o‘rnatilgan quyosh batareyasi suvni kislorod hamda vodorodga ajratadi. Fan va turmush

2. Qaror, farmon, qonun va shu kabilar hujjatlarning dastlabki xomaki matni. — Qarorning loyihasi ham bor, — deb rais knopkani bosdi. J. Sharipov, Xorazm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.