1. Ko‘chada chakana savdo qilish uchun mo‘ljallangan ochiq peshtaxta, ko‘chma do‘koncha.
2. Sement va boshqalar narsa qorishmasidan ishlangan va bir-biriga ulab ishlatiladigan beton tarnov; suv yo‘li; ariq.
Allaqayerdan tortib kelingan beton lotok-ariq barakdan ikki yuz qadamcha narida tugab, hali ulanmagan bir nechta lotok yerda yotibdi.
H. G‘ulom, Zamin yulduzlari
Bizlar paxtada ishlaymiz-u, lotoklar biqinidagi yerlarga qovun-tarvuz ekib, shundan olamiz rizqimizni.
S. Nurov, Narvon