Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lotin}
So‘z bo‘g‘inlari: lo-tin
Izoh(lar)i:
lotin ot

1. Rimga, qadimgi rimliklarga oid; lotin tili yoki yozuvi bilan bog‘liq. Lotin tili. Lotin yozuvi. Lotin madaniyati.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

1926yil 10iyunda O‘zbekiston Sovetlar Ijroiya Komiteti lotin alifbosiga o‘tish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Qarorga asosan «Yangi o‘zbek alifbosini joriy qilish qo‘mitasi» tuzilib, unga Y.Oxunboboyev rais, A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Elbek, Majidiy, Fitrat va boshqalar a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil mart oyidagi III sessiyasi lotin alifbosini joriy qilishni ko‘rib chiqib, uni davlat alifbosi deb qaror qabul qildi. Sobiq Sho‘ro Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi bu Qarorni 1929 yil 7 avgust kuni maxsus qarori bilan ma’qulladi. 1929yil may oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyida 9 unli shakli olingan bo‘lsa-da, 1934yil mart oyida o‘tkazilgan imlo qurultoyi 6 unlining harf shaklini belgiladi. 1993 yil 2 sentabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1995 yil 6–7- mayda Oliy Kengash bu alifboga ma’lum o‘zgarish kiritdi va shu yil 24- avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash» haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga Respublika Prezidenti imzo chekdi. 1996–1997 o‘quv yilidan maktabning 1sinfi yangi alifboni o‘rgana boshladi. Yangi o‘zbek alifbosiga o‘tish 2005 yil 1sentabrda tugallanishi ko‘rsatilgan. Keyinchalik bu 2010- yilgacha uzaytirildi. O‘zbekiston Respublikasining rus (kirillitsa) alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishida dunyo fani va texnikasiga yaqinlashish, o‘zbek tilining nozik xususiyatini to‘laroq ifodalash asosiy maqsad qilib qo‘yildi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.