1. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
2. Be’ma’ni – badqiliq – dilozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortishiga ko‘ra )
3. Iflos – isqirt – irkit – isliqi – iqna – ivirsiq – nopok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)
4. Iliq – issiq – jazirama.
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning oshib borishiga ko‘ra)
5. Lablanmagan – noto‘liq lablangan – lablangan
Ma’nosiga ko‘ra
(labning ishtirokiga ko‘ra)
6. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
7. Sovuq – iliq – issiq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning past-balandligiga ko‘ra)
8. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)