Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lik}
So‘z bo‘g‘inlari: lik
Izoh(lar)i: mavjud emas.
Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bir ma’noliliktil birliklari, ya’ni so‘z, qo‘shimcha, ibora, tasviriy ifodaning bir ma’noni anglatish hodisasi.

            Bir ma’noli so‘z.Bir ma’noli so‘zmatn tarkibida ham, matndan tashqarida ham bir lug‘aviy ma’noni bildiruvchi so‘z. Mas., kompyuter, sinus, kelishik, olmosh so‘zi. Bir ma’noli so‘zgaterminlar yaqqol misol.

Leksema bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin (qiyos. Ko‘p ma’noli so‘z). O‘n, Dehqonobod, telefon so‘zi bir ma’noni bildirganligi uchun bir ma’noli so‘z deyiladi. Bir ma’noli so‘z monosemantik so‘z ham deb yuritiladi.

Bir ma’noli so‘z tilda kam va ilmiy, biror soha, kasb-hunar atamasini, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zni o‘z ichiga oladi.

Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan ko‘chma ma’no anglatishi mumkin. Mas., haker so‘zi neologizm, «komputer programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda«umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda

 

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli – harakatning tasdiq yoki inkorini ko‘rsatuvchi fe’l shakli.

Fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi: keldi – kelmadi. Bo‘lishli fe’l harakatning tasdig‘ini bildiradi, maxsus ko‘rsatkichga ega emas: o‘qidi, o‘qib, o‘qigan, o‘qish. Bo‘lishsiz fe’l harakatning inkorini bildiradi. -ma shakli bilan hosil qilinadi: o‘qimadi, o‘qimay, o‘qimasdan, o‘qimas, o‘qimaslik.

Uslubiy belgilari.Fe’llarning bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi nutqda -ma shaklini qo‘llanish-qo‘llanmasligi bilan belgilanmaydi. Nutqda bo‘lishsizlik kuchsizlanishi yoki bo‘lishlilik yo‘qolishi mumkin. Mas., Eshitganini aytmay-qo‘ymaydi (bo‘lishli); Sizni ketkizarmidik (bo‘lishsiz); U sho‘rlik qanday kunlarni ko‘rmadi? (bo‘lishli); Olasaaan (bo‘lishsiz); Bolani kim sevmaydi? (bo‘lishli).

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

Egalik shaklitilimizda ismlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi, xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildiradigan shakllar tizimi. Egalik shaklipredmethodisaning qaysi shaxs va songa qarashli ekanligini bildirib, o‘zi birikkan bosh so‘zni qaratqich kelishigidagi ergash so‘zga bog‘laydi: mening kitobim. Ergash so‘z bo‘lmaganda ham egalik shakli narsaning kimga tegishliligini ko‘rsatadi: (mening) Ukam keldi.

Egalik qo‘shimchasi unli yoki undosh bilan tugagan so‘zga qo‘shilishiga qarab ikkitadan fonetik variantga ega:

 

Mening

kitob

im

uka

m

Sening

ing

ng

Uning

i

si

Bizning

imiz

miz

Sizning

ingiz

ngiz

Ularning

i//lari

si//lari

 

Uslubiy belgilari. 1. Egalik ko‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.

2. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlari tarkibidagi III shaxs egalik shakli shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shu sababli bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo‘llanmaydi: Mustaqillik ko‘chasi, Dehqonobod tumani, Qarshi davlat universiteti, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi.

3. III shaxs birlik va ko‘plikdagi egalik shakllari ayrim ravish va modal so‘zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan: kechasi, kunduzi, tunlari, chamasi, ochig‘i, yaxshisi.

4. Egalik (qarashlilik) ma’nosi -nikiqo‘shimchasi yordamida ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: maktabimiz maktabniki.

5. Qaratqichli birikmada shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.

6. Egalik shaklini ko‘proq ot xususiylashtirgan, biroq egalik shakli istagan mustaqil so‘z, hatto taqlid, undov so‘zlarga qo‘shilib ularni boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirita oladi. Shuning uchun ham u – ismlarning munosabat shakli.

7. Egalik qo‘shimchasi I va II shaxs ko‘plikda belgisiz ishlatilishi, ya’ni tushirib qoldirilishi mumkin. Bu qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bo‘lishini shart qilib qo‘yadi: bizning ayvon, sizning oila, sizlarning maktab, bizlarning shahar.

8. Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik shakllari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi: o‘qiganim, borishim. Shuning uchun qaratqich kelishigidagi shaxs bildiruvchi so‘zning qo‘llanishiga ehtiyoj bo‘lmaydi.

  1. 1. Eshik, qishloq, yutuq, kapalak kabi ikki va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi jarangsizning jaranglilashuvi kuzatiladi: eshigi, qishlog‘im, yutug‘ing, kapalagi. Nok, chok kabi bir bo‘g‘inli so‘zlar, idrok, ishtirok kabi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda bu holat kuzatilmaydi.

2. Qorin, singil, burun, shahar, zahar kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi i, u, a unlilarining tushib qolishi kuzatiladi: Qorni, singlim, burning, shahri, zahri.

3. Haq, his kabi o‘zlashma so‘zlarga egalik shakli qo‘shilganda tovush ikkilanishi yuz beradi: haqqi, hissi.

4. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzokabi arabiy va forsiy so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyim, obro‘ying, mavqeyim, mavzuyi, avzoyim. III shaxs egalik shakli parvo, obro‘, mavqe, avzo so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga -si tarzida qo‘shiladi.

Kirishso‘zlovchining bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z, birikma va gap.Munosabat so‘z bilan ifodalansa,kirish so‘z, so‘z birikmasi bo‘lsa,kirish birikma deb yuritiladi. Kirish so‘z va kirish birikma asosan modal so‘z bilan ifodalanib, quyidagi ma’noni bildiradi: 1) “ishonch/tasdiq”: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so‘zsiz;2) “gumon”: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin;3) “shodlik/achinish”: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus;4) “bayon qilingan fikrning kimga qarashliligi”: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha;5) “bayon qilingan fikrning tartibi”: birinchidan, ikkinchidan...6) “bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligi”: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan;7) “bo‘lishli/bo‘lishsizlik”: ha, yo‘q, mayli, to‘g‘ri.Kirish so‘z yoki birikma gapning boshida kelsa, undan keyin, gapning o‘rtasida kelsa, ikki tomoniga, gapning oxirida kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi: Nihoyat, ular jo‘nashdi. Ular, nazarimda, ketishdi. Hali-beri qishning keti ko‘rinmaydi, shekilli. Kirish gap so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrga qo‘shimcha mulohazasini bildiradi. Kirish gap asosiy fikrni to‘ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. U, odatda, vergul bilan ajratiladi: Biz, sinf rahbarimiz aytdi, ertaga sayohatga boramiz.Kirish gap yoyiq bo‘lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavs ichiga olinadi: 1. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi) ba’zi vaqt ichidan faxrlanardi. 2. Qabulxona – bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo‘lgan bo‘lsa kerak – qorong‘i edi.Kirish gapning tuzilish turi: a) bir bosh bo‘lakli: U yog‘ini so‘rasang, aytaymi, men bunga rozi emasman;b) ikki bosh bo‘lakli: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmidan bahramand qildi.

Ko‘p ma’nolilik – nutq jarayonida til birliklarining birdan ortiq ma’no bildirish hodisasi. Mas., kitob so‘zi ko‘p ma’noli so‘z: 1) «varaqdan tashkil topgan va muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holidagi o‘quv quroli»; 2) «katta hajmli asarning qismi, bo‘limi”. Yoki qo‘zichoq so‘zi «qo‘yning bolasi» va «aziz farzand» ma’nosiga ega. Ko‘p ma’noli so‘zlarda, qo‘shimchalarda, iboralarda, tasviriy ifodalarda bo‘lishi mumkin. (q. Ko‘p ma’noli so‘z, Ko‘p ma’noli ibora, Ko‘p ma’noli qo‘shimcha.)

Bir ma’nolilik tilda kam va termin, biror soha, kasb-hunar atamasi, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zga daxldor. Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan boshqa ma’no ham kasb eta boshlashi mumkin. Mas., hakker so‘zi neologizm, «kompyuter programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda «umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda. Ko‘p ma’noli so‘z metafora, metonimiya, vazifadoshlik, sinekdoxa usullari bilan hosil bo‘ladi.

Ko‘p ma’noli so‘z. Nutq jarayonida birdan ortiq ma’no bildiradigan so‘z ko‘p ma’noli so‘z. Tildagi so‘zning ancha qismi ko‘p ma’noli, chunki kishi o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchaning har biri uchun alohidaalohida so‘z qo‘llayveradigan bo‘lsa, uning soni o‘ta ko‘payib, xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashadi.

Har qaysi tilda sanoqli til birligining turli xil birikuvidan cheksiz tushuncha va fikrni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zga yangiyangi ma’no yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘z hosil bo‘ladi. Mas., tosh so‘zi dastlab «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosiga ega bo‘lgan: Yo‘lda tosh yotibdi. Keyinchalik so‘zdagi «qattiqlik» ma’no qirrasi faollashib, “g‘am ham yemira olmaydigan” ma’nosi vujudga kelgan: Tosh ekan boshim.

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘z ko‘p ma’noli yoki polisemantik so‘z, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi. Polisemiya yunoncha poli «ko‘p», semio «ma’no» so‘zidan olingan, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono bir, semio ma’no)ga zidlanadi.

Qo‘shimcha (hissiy va uslubiy) ma’no so‘zni ko‘p ma’noli qila olmaydi. Chunki u o‘zi alohida tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaga biror qo‘shimcha ma’no orttiradi. Ko‘p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi.

Ko‘p ma’noli so‘z qancha ma’noni bildirmasin, baribir o‘sha predmet, hodisa, harakat orasida aloqa, umumiy belgi mavjud bo‘lishi shart. Mas., belso‘zi uch predmetni anglatadi, ammo ular orasidagi o‘xshashlikka asoslangan umumiy (“o‘rta qism”) belgisi mavjudligi birbiri bilan bog‘lab turadi. Qiyoslang: 1) Avazxon olmos po‘latni beliga boylab, otning beliga mindi; 2) Ezilib ketadi tog‘larning beli.

Ko‘p ma’noli so‘zda ma’no qancha bo‘lsa ham, u bir so‘z hisoblanaveradi. Ko‘chma ma’no nutq tarkibida boshqa so‘z bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, so‘z nutq tarkibidan chiqarilganda o‘z ma’nosi qoladi. Mas., tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosini anglatadi.

Har qanday ko‘p ma’noli so‘z gapning ichida faqat bir ma’noni anglatadi. Chunki bunda so‘zlovchi bir ma’noni nazarda tutadi va gapdagi qo‘shni so‘z ham boshqa ma’noni yuzaga chiqarmaydi.

            Ko‘p ma’noli ibora. Ko‘p ma’noli iborabirdan ortiq ma’noga ega. Mas., Bosh ko‘tarmoq: 1) «sekin sog‘aymoq»; 2) «sekin qaramoq»; 3) «qo‘zg‘olon qilmoq»; o‘ziga kelmoq: 1) «sekinlik bilan tushunmoq»; 2) «sekinlik bilan sog‘aymoq»; ko‘zi ochildi: 1) «qoqilib tushdi»; 2) «ko‘rdi».

Ko‘p ma’noli iboraningqaysi ma’nosi voqelanayotganligi matndan anglashiladi.

  Ko‘p ma’noli qo‘shimcha. Ko‘p ma’noli qo‘shimchabirdan ortiq ma’no anglatadi. Mas.,-chilik qo‘shimchasini olaylik. Darslik va qo‘llanmada uning quyidagi uch ma’nosi farqlanadi: 1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, uzumchilik.2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik. Aksariyat qo‘shimcha – ko‘p ma’noli. Tilda qo‘shimchaning kamligi uning ko‘p ma’noli bo‘lishiga olib kelgan.

 

Ko‘p ma’noli qo‘shimchaga misol:

Qo‘shimcha

Misol

-li

aqlli (mavjudlik), yog‘li (ortiqlik), o‘tirishli (moslik)

-ma

qovurma (harakat natijasi), burama ( odatdagi xususiyat)

-la

moyla (ega bo‘ldirish), randala (vosita bilan), bolala (paydo qilish)

-chilik

paxtachilik (soha), to‘kinchilik (mavjudlik), tirikchilik (holat)

-dor

Aybdor (mavjudlik), bo‘ydor (ortiqlik)

-no

noumid (ega emaslik), nomard (qarama-qarshilik)

-be

beg‘ubor (yo‘qlik), beg‘am (kamlik)

-siz

Asossiz (ega emaslik), madorsiz (kamlik)

-lik

otalik (qarindoshlik), bolalik (holat), mudirlik (kasb-hunar)

 

 

Ma’nodoshlik(sinonimiya)birdan ortiqtil birligirining ma’no munosabatiga ko‘ra har xil shaklda bo‘lsa-da, bir tushunchani bildirishi: ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo.

Tilda bir so‘z ko‘p ma’noni anglatishi bilan birga, bir necha so‘z bir tushunchani bildirishi ham mumkin. Mas., osmon, falak, ko‘k, samo, gardun; yurak, qalb, dil, ko‘ngil kabi. Bir tushunchani turli ma’noda ifodalaydigan so‘z ma’nodosh so‘z. Ma’nodosh so‘zning atash ma’nosi bir xil, o‘zaro qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Mas., yuz, aft, bashara, chehraso‘zining hissiy va uslubiy bo‘yog‘i farqli.

Ma’nodoshlik so‘z, qo‘shimcha, ibora, gaplarda mavjud. Shunga ko‘ra ma’nodoshlik: 1) lug‘aviy (leksik) ma’nodoshlik, ya’ni so‘z ma’nodoshligi: ish, yumush; gapirmoq, so‘zlamoq; 2) ibora (frazeologik) ma’nodoshligi: boshi osmonga yetdi, terisiga sig‘madi; 3) qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi: bu o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi: a) so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi: -ser, -dor, -siz, -be; b) grammatik shakl ma’nodoshligi: yap, yotir, moqda; 4) sintaktik ma’nodoshlik kabi turga bo‘linadi.

Leksikologiyada faqat leksik (lug‘aviy) va frazeologik ma’nodoshlik o‘rganiladi.

Ma’nodoshlikning mohiyatini to‘g‘ri tushunish uchun ikki hodisani birbiridan farqlash lozim:

– tushuncha va so‘z, uning o‘zaro munosabati;

– so‘z va uning ma’nolari, har bir so‘zning ma’no qirrasi.

Tushuncha predmet, belgi, voqea-hodisa, harakat haqida kishining tasavvuri, ma’no – uning tilda namoyon bo‘lishi. Tushuncha ma’noga, so‘z esa tushunchaga to‘la ravishda mos kelavermaydi. Mas.,yuz, aft, bashara, chehraso‘zi bir tushunchani bildiradi, ammo ma’nosi boshqa-boshqa. Ma’nosi bir xil so‘zning bittasi tilda yashaydi, boshqasi iste’moldan chiqib ketadi.

So‘z ma’nosi tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyatini va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va xususiyati o‘zga so‘z bilan ifodalanadi.

M a’nodoshlik qatori.Ma’nodosh so‘zlar to‘plamima’nodoshlik qatori deyiladi. Sinonimik qator birdan ortiq so‘zdan tashkil topadi: osmon, ko‘k, samo, falak; qiziq, g‘alati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib kabi.

Sinonimik qatordagi ma’lum aniqlikka ega bo‘lgan, uslubiy jihatdan «betaraf» so‘z bosh so‘z (dominanta) deyiladi: yurak, ko‘ngil, qalb, dil qatorida bosh so‘z – yurak.

Bosh so‘z quyidagi xususiyatga ega: a) boshqalariga nisbatan ko‘p ishlatiladi; b) uslub tanlamaydi; d) boshqasini erkin almashtiradi; e)   hissiy bo‘yoqsiz bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’no anglatish-anglatmasligiga ko‘ra, sinonim uchga bo‘linadi:

a)         to‘liq ma’nodoshlik;

b)        ma’noviy ma’nodoshlik;

d)        sh a r t l i m a’n o d o sh l i k.

Agar asos ma’no ham, qo‘shimcha ma’no ham birbiriga to‘g‘ri kelsa, to‘liq ma’nodoshlik deyiladi: lingvistika – tilshunoslik, fazogir – kosmonavt, huquqshunos – yurist kabi. Bir tilning o‘z so‘zlari o‘zaro to‘liq ma’nodosh bo‘lmaydi.

Asos ma’nosi bir xil, lekin qo‘shimcha ma’nosi (hissiy, uslubiy ma’nosi) birbiridan farq qilsa, ma’noviy ma’nodoshlik deyiladi. Mas., yurak, dil, qalb, ko‘ngil; kerak, lozim, shart, darkor kabi.

Ma’nodoshlikmunosabati bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi: ulug‘, buyuk, katta (sifat); odam, inson, bashar (ot). Ma’nodoshlik deyarli barcha so‘z turkumida uchraydi.

Ko‘p ma’nolilikda ma’ n o d o sh l i k. Ko‘p ma’noli so‘zda ma’nodoshlik o‘ziga xos. U har bir ma’nosi bilan boshqaboshqa ma’nodoshlikqatorida bo‘lishi mumkin. Mas., bitirmoq so‘zi uch ma’nosi bilan uch ma’nodoshlik qatorida birlashadi:

a) bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq. Bu so‘z «yakuniga yetkazmoq» tushunchasi asosida o‘zaro ma’nodosh.

b)bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, do‘ndirmoq. Bu qatordagi so‘z «ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq» tushunchasi asosida o‘zaro sinonim.

d) bitirmoq, sop qilmoq, yo‘qotmoq. Bu so‘z «butkul yo‘q holatga keltirmoq» tushunchasi asosida sinonimlik hosil qiladi.

Yoki birinchi so‘zini olaylik: a)birinchi(sentabr) (sinonimi yo‘q); b)birinchi(farzand), bosh, to‘ng‘ich, katta;d)birinchi(masala),asosiy, muhim, dolzarb;e)birinchi (qadam),dastlabgi, ilk.

M a’nodoshlikning paydo bo‘lishi. Quyidagi yo‘l bilan paydo bo‘ladi: a) bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘tishi natijasida: manglay, peshona; kuch, quvvat; josus, agent; b) mahalliy shevadan so‘z olish natijasida: do‘ppi, kalapo‘sh; buzoq, go‘sala; d) so‘z yasalishi natijasida: his, sezgi; savol, so‘roq; vazifa, topshiriq; e) so‘zning yangi ma’no kasb etishi natijasida: o‘rin, joy, lavozim.

Ayrim so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanib, boshqa so‘zga vaqtincha ma’nodosh bo‘ladi. Mas., qattiq so‘zi ko‘chma ma’noda baxil, xasis, ziqna, mumsik so‘zi bilan, o‘t so‘zi chiroy, husn so‘zi bilan ma’nodosh. Bu shartli ma’nodoshlik deyiladi.

Ko‘rinib turibdiki, ma’nodoshlikning asosi turlicha, ular o‘zaro umumiy ma’nosi asosida bog‘lanadi. Har bir ma’nodosh so‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Shuning uchun ham uning ba’zisini ikkinchisining o‘rnida ishlatib bo‘lmaydi.

          Ibora ma’nodoshligi. Ibora (frazeologik) ma’nodoshligi–shaklihar xil, ma’nosi birbiriga yaqin bo‘lgan ibora (frazeologik sinonim)lar munosabati: toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq; terisiga sig‘madi – boshi osmonga yetdi.Lug‘aviy birlik sifatida ibora so‘z bilan sinonimlik tashkil qila oladi: g‘azablanmoq – joni chiqmoq, sevmoq – yuragidan urmoq, maqtamoq – ko‘klarga ko‘tarmoq. Bu ibora va so‘z (leksik-frazeologik) ma’nodoshligi deyiladi.

M a’nodoshlik ning uslubiy xususiyati. Og‘zaki va yozma nutqda ma’nodoshlikning amaliy ahamiyati katta. Ma’nodoshlik so‘zni o‘rinsiz takrorlashga yo‘l qo‘ymaydi, uslubning ravonligini ta’minlaydi.

Ma’nodoshlikbadiiy nutqda tasvir vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi ma’nodoshlik vositasida kishi xarakterini, voqeahodisani, manzarani aniq va jozibali qilib tasvirlaydi. Ma’nodoshlikdagi bunday xususiyatni XV asrdayoq idrok etgan Alisher Navoiy «Muhokamat ullug‘atayn» asarida ichmoq so‘zining 6 ta, yig‘lamoq so‘zining 7 ta ma’nodoshini keltiradi: yig‘lamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o‘kirmoq, inchkiramoq, hoyhoy yig‘lamoq. Alisher Navoiy bu ma’nodosh so‘zlarni birbiridan o‘zining nozik ma’no qirrasi bilan farqlanishini she’riy nutqda qo‘llash asosida tushuntiradi.

Ma’nodosh so‘z o‘zaro hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i bilan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuzso‘zi betaraf bo‘lsa, bet, aft so‘zi salbiy bo‘yoqli, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turqso‘zida basharaso‘ziga nisbatan ham kuchliroq; chehraijobiy bo‘yoqqa ega, jamolso‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. So‘zlovchi o‘z kayfiyati, maqsadi va munosabatiga qarab undan tanlaydi. Shuningdek, ma’nodoshning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qariso‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganiniki esa chegaralangan.

Ma’nodoshni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xato kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilayso‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu so‘z kishiga nisbatan ishlatiladi; bunda devorga nisbatan nuray (qulamoq) so‘zi qo‘llanishi maqsadga muvofiq edi.

            Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi.Qo‘shimcha (affiksal) ma’nodoshligi– qo‘shimchalardagi shaklning turlicha, lekin ma’noning bir xil bo‘lish hodisasi. Barcha tur qo‘shimcha ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi. Shu boisdan so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligihamda grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligifarqlanadi.

Qo‘shimcha ma’nodoshligiga misol keltiramiz:

Qo‘shimcha

Misol

Qo‘shimcha

Misol

ba-/-li

bahaybat – haybatli

-qir/-ag‘on

topqir – topag‘on

-ga/-ni

unga tushunmadi –uni tushunmadi

-chi/-shunos

tilchi – tilshunos

-dan/ -ni

nondan oling – nonni oling

no-/-siz

noo‘rin – o‘rinsiz

-dan/-ga

teshikdan sig‘madi – teshikka sig‘madi

-ona/-larcha

mardona – mardlarcha

-dan/-ning

shundan biri – shuning biri

-sa/-sira

suvsamoq – suvsiramoq

-digan/-ar

qiladigan ish – qilar ish

-lab/-dan

saharlab – sahardan

-don/-li

bilimdon – bilimli

(-u)v / -(i)sh

o‘quv – o‘qish

-do‘z/-chi

mahsido‘z – mahsichi

-imtir/-ish/-roq

Oqish – oqimtir – oqroq

-yotir/-moqda/-yapti

borayapti – borayotir – bormoqda

-iz/-dir

Tomiz – tomdir

-ish/-lar

ketishdi – ketdilar

-larcha/-cha/-chasiga

Erkaklarlarcha – erkakchasigaerkakcha

-lay/-ligicha

butunlay – butunligicha

 

 

-loq/-zor

o‘tloq – o‘tzor

-li/-dor

unumli – unumdor

ser-/ -li

sero‘t – o‘tli

be-/-siz

bemaza – mazasiz

-soz/-chi

soatsoz – soatchi

 

 

 

So‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning bir-biriga yaqin ma’noni ifodalashi so‘z yasovchi qo‘shimcha ma’nodoshligi deyiladi. Mas., sifat yasovchi-li, -dor, -ser, -ba qo‘shimchasi o‘zaro sinonim: savlatli, savlatdor, sersavlat, basavlat kabi. Biroq ma’nodoshlik to‘liq emas, balki qo‘shimchaning ayrim ma’no qirrasi orasida. Ya’ni bir qo‘shimcha ikkinchi qo‘shimcha bilan barcha ma’nosi asosida sinonim bo‘la olmaydi.

Grammatik qo‘shimcha ma’nodoshligi. Nonni yengnondan yeng, uyga jo‘namoq – uy tomon jo‘namoq kabi hodisada grammatik ma’nodoshlik mavjud. Grammatik ma’nodoshlik grammatik qo‘shimcha orasida ham, grammatik qo‘shimcha va yordamchi so‘z orasida ham bo‘ladi.

 

Murakkab sintaktik butunliksodda gaplarning bir-biriga grammatik jihatdan bog‘lanmasdan, nisbatan mustaqil, lekin bir mavzu atrofida birlashishidan hosil bo‘lgan sintaktik birlik: Men ko‘chada do‘stimni uchratib qoldim. Biz u bilan birga dars tayyorlashga kelishib oldik. Do‘stim ham matematika va ona tilidan sal qiynaladi. Birabzas (xat boshi) tarkibidagi mustaqil gaplar murakkab sintaktik butunlikni tashkil etadi.

O‘lik tilqadimda qo‘llanib, shu tilda gaplashgan xalqning turli sabab bilan yo‘q bo‘lib yoki boshqa xalqqa qo‘shilib, o‘zga tilda gaplashib ketishi natijasida iste’moldan chiqib, muomalada ishlatilmaydigan bo‘lib qolgan, bugungacha faqat yozma manba orqali yetib kelgan til. Mas., lotin, qadimgi hind yoki sanskrit, qadimgi slavyan, qadimgi xorazmiy, qadimgi arab, qadimgi fors, so‘g‘d tili va boshqalar.

Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bo‘lgan. Imperiya yemirilgandan keyin asta-sekin o‘lik tilga aylana borib, hozirgi davrda qoldig‘i ilmiy atama sifatida uchraydi. Lotin tili o‘rta va oliy tibbiyot o‘quv yurtidagina o‘qitiladi. Lekin bu uning muomalada ekanligini ko‘rsatmaydi.

Eroniy tilning sharqiy turkumiga kirgan qadimgi xorazmiy tilida qadimgi Xorazm aholisi gaplashgan. Bu til XI asrgacha muomalada bo‘lgan. So‘ngra iste’moldan chiqib, o‘lik tilga aylangan (qiyos. Tirik til).

 

Shakldoshlik – til birliklarida tovush va yozuv tomoni bir xil, ammo birbiriga bog‘liq bo‘lmaydigan ma’no ifodalash hodisasi. Bunday hodisa omonimiya ham deyiladi: Dalada ot kishnadi. Chaqaloqqa ot qo‘yildi. To‘pni menga ot. Har uchala gapda qo‘llangan ot so‘zi shaklan bir xil bo‘lsa-da, aslida mutlaqo boshqaboshqa so‘z.

Shakldoshlik so‘z, qo‘shimcha, ibora, so‘z birikmasi va gapda mavjud. Shu hodisaga xos birlik shakldosh so‘z, shakldosh qo‘shimcha, shakldosh ibora, shakldosh so‘z birikmasi, shakldosh gap deyiladi.

Shakldoshlik o‘ziga yondosh bo‘lgan ma’nodoshlik, zid ma’nolilik, talaffuzdoshlik singari hodisalardan farq qiladi. Shakldoshlikda so‘zlarning fonetik qurilishi ham, talaffuzi ham bir xil, lekin lug‘aviy ma’nolari turlicha. Ma’nodoshlik va zid ma’nolilikda faqat so‘zning lug‘aviy ma’nolariga e’tibor qilinadi. Talaffuzdoshlikda esa so‘zlarning talaffuzi inobatga olinadi.

Shakldoshlik bilan ko‘p ma’nolilikni chalkashtirmaslik kerak. Uning farqi quyidagicha:

– shakldoshlikda nechta ma’nosi bo‘lsa, u shuncha so‘z hisoblanadi, ko‘p ma’nolilikda esa uning ma’nosi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, baribir bir so‘z hisoblanadi;

– shakldoshlikdagi ma’no birbiriga mutlaqo bog‘liq emas, lekin ko‘p ma’nolilikda ma’no birbiriga aloqador bo‘ladi;

– shakldoshlik turli xil tildan so‘z kirib kelishi, bir tildagi turli shaklning aynan to‘g‘ri kelib qolishi natijasida yuzaga keladi, ko‘p ma’nolilik esa uning nechta ma’nosi bo‘lsa, bari bir ma’nodan o‘sib chiqadi.

Shakldoshlik ham, ko‘p ma’nolilik ham qaysi ma’noda kelayotganligi matn orqali aniqlanadi.

Shakldosh so‘z bir so‘z turkumi doirasida ham, bir necha so‘z turkumi doirasida ham bo‘lishi mumkin: Uyga o‘t ketdi. Dalada o‘t ko‘kardi. Gapda faqat ot turkumiga mansub so‘z o‘zaro shakldoshlikni hosil qilgan. Faqat bir so‘z turkumi doirasida hosil bo‘lgan omonim so‘zlar grammatik shakl olsa ham omonim bo‘lib qolaveradi: Bu uningni o‘zing non qilib ye. Uningni o‘chir! gapidagi un so‘ziga ing egalik va ni tushim kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda ham omonimlik bartaraf bo‘lmagan. Lekin omonimlik boshqaboshqa so‘z turkumi doirasida bo‘lsa, grammatik qo‘shimcha olishi bilan u yo‘qoladi. Mas., ot – ism, ot – harakat: Oting nima?Uzoqqa otib yubor. Ba’zan, omonimlik har xil so‘z turkumi doirasida bo‘lsa-da, qo‘shimcha qo‘shilsa ham saqlanib qolishi mumkin. Bunda qo‘shimcha (grammatik) omonimligini ham kuzatish mumkin: Oting nima? G‘ishtni yuqoriroqqa oting. Bunda ing – egalik, ingshaxsson qo‘shimchasi. Bunday holda shakldoshlik gapdagi boshqa so‘z yordamida bartaraf etiladi.

O‘zbek tilshunosligida shakldoshlikni hosil qiluvchi hodisalar turlicha ekanligi qayd etiladi. Fonetik qurilishi va talaffuzi o‘xshagan so‘zlarning nutqda bir xil talaffuz etila boshlashi: ot, o‘t; so‘z ma’nosida yuz beradigan o‘zgarish: musht, til, dam, boshqa tillardan so‘z o‘zlashishi: bog‘, jaz, mil; yangi so‘z yasalishi natijasida: ruh+lan, ruh+la+nkabilar shakldoshlik hodisasini keltirib chiqaradi.

Shakldosh so‘zlar lug‘at boyligi uchun muhim manbalardan biri. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan shakldosh so‘zlar izohli va maxsus lug‘atlarda o‘z aksini topgan.

          Ibora shakldoshligi.Ibora shakldoshligibir xil qism (so‘z) dan tuzilgan, ya’ni shakli o‘xshash, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan iboralar munosabati: uyni boshiga ko‘tarmoq – onasini boshiga ko‘tarmoq. 1.Ilgari bir qatra og‘zimga olmas edim (Oyb.). – Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni og‘ziga olmas edi. (A.Qah).

Shakldoshlikning uslubiy xususiyati.Nutqda shakldosh so‘zdan foydalangan holda turli so‘z o‘yini hosil qilinadi va badiiy nutqning go‘zalligiga erishiladi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonimi turli ma’noni ifodalayapti. Omonim so‘zdan foydalangan holda so‘z o‘yinini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi.

   Qo‘shimcha shakldoshligi. Qo‘shimcha shakldoshligi(omonim qo‘shimcha) – qo‘shimchalardagi shaklning bir xil, ma’nosi har xil bo‘lish hodisasi. Shakldoshlik bir tur qo‘shimcha orasida ham, turli qo‘shimcha orasida ham bo‘lishi mumkin.

1. So‘z yasovchi qo‘shimcha shakldoshligi: -ki I: turtki, tepki, ko‘chki (ot yasaydi); -ki II: ichki, kechki, ustki (sifat yasaydi).

2. Grammatik qo‘shimcha shakldoshligi: -(i)sh I: borish (bormoq), kelish (kelmoq), ketish (ketmoq) (harakat nomi shakli); -(i)sh II: (birga) yuvish, (birga) tarash, (birga) ishlash (birgalik nisbat shakli).

3. So‘z yasovchi va grammatik qo‘shimcha shakldoshligi: -(i)m I: yig‘im, terim, sig‘im (ot yasovchi morfema); -(i)m II: uyim, kitobim, soatim(egalik morfemasi).

O‘zbek tilidagi asosiy shakldosh qo‘shimcha:

Qo‘shimcha

Otda

Sifatda

Fe’lda

Ravishda

Yordamchi so‘zda

-a

jizza (s/y)

ko‘tara (savdo, s/ya)

qona (s/y), bora (sh/y), bura (sh/y)

shig‘g‘a, chippa (s/y)

sen-a

-ay

kuchay (s/y), boray (sh/y)

-ak

g‘ijjak (s/y)

qirmizak (s/y)

-ar

ko‘kar (s/y), kelar (sh/y)

-ga

bolaga (sh/y)

surgamoq (sh/y)

-gi

supurgi (s/y)

yozgi (s/y)

 

-gina

qizgina (sh/y)

qizimgina

-g‘oq

to‘lg‘oq (s/y)

toyg‘oq (s/y)

-da

uyda (sh/y)

 

 

keldi-da

-dir

sezdir (sh/y)

kelgandir

-don

kuldon (s/y)

qadrdon (s/y)

-dor

chorvador (s/y)

puldor, yelkador (s/y)

-i

oti (sh/y)

Jannati (s/y)

tinchi (s/y), to‘zi (sh/y)

-ik

ko‘rik (s/y)

egik (s/y)

birik, ko‘zik (s/y)

-iq

chiziq (s/y)

ochiq (s/y)

yo‘liq (s/y), siniqmoq (sh/y)

-il

egildi (sh/y, o‘zlik), ichildi (sh/y, majhul)

-im

uyim (sh/y), bilim (s/y) chekim (s/y)

ayrim (s/y)

 

-in

ekin (s/y)

sog‘in sigir (s/y)

ko‘rin (sh/y)

oldin (s/y)

-ing

uying (sh/y)

oching (sh/y)

-ingiz

uyingiz (sh/y)

ochingiz (sh/y)

-ir

gapir (s/y), o‘chir (sh/y)

-ish

ko‘kish (sh/y)

yozish (sh/y), olishdi (sh/y)

-y

qoray (s/y), o‘qiy (sh/y)

-k

to‘shak (s/y)

chirik (s/y)

bordik (sh/y)

 

-q

taroq (s/y)

yumshoq (s/y)

-ka

yo‘lka (sh/y), etikka (sh/y)

iska (s/y), surka (sh/y)

-qa

o‘qqa (sh/y)

qisqa (s/y)

chayqa (sh/y)

-kash

aravakash (s/y)

janjalkash (s/y)

-ki

tepki (s/y)

kechki (s/y)

demakki, biladiki

-qi

chopqi (s/y)

Sayroqi (s/y)

-kin

 

keskin (s/y)

to‘kkin (sh/y)

-qin

to‘lqin (s/y)

sotqin (s/y)

boqqin (sh/y)

-qoq

tutqoq, botqoq (s/y)

yopishqoq (s/y)

-kor

paxtakor (s/y)

Fusnkor (s/y)

-la

ishla (s/y), quvla (sh/y)

sen-la

-lik

ochlik (s/y)

o‘shlik (s/y)

-m

chidam (s/y), ukam (sh/y)

yozdim (sh/y)

-ma

tugma (s/y)

yasama (s/y)

kelma (sh/y)

yonma-yon (sh/y)

-miz

onamiz (sh/y)

olamiz (sh/y)

-moq

quymoq (s/y)

ichmoq (sh/y)

-n

o‘zin(i) (sh/y)

yasanmoq (sh/y)

-oq

o‘roq (s/y)

qo‘rqoq (s/y)

keliboq

-on

to‘zon (s/y)

Shodon (s/y)

-sa

suvsamoq (s/y), kelsa (sh/y)

-si

otasi (sh/y)

garangsi (sh/y)

-siz

ishsiz (s/y)

ichasiz (sh/y)

to‘xtovsiz (s/y)

-t

to‘latdi (s/y), o‘qitdi (sh/y)

-xon

kitobxon (s/y), onaxon (sh/y)

-ch

quvonch (s/y)

tinch (s/y)

-cha

qizilcha (s/y)

farg‘onacha (s/y)

o‘zicha (s/y)

-chak

kelinchak (sh/y)

kuyunchak (s/y)

-chi

ishchi (s/y)

 

kel-chi

-chiq

qopchiq

(sh/y)

sirpanchiq (s/y)

-choq

toychoq (sh/y)

maqtanchoq (s/y)

Til so‘zlash, fikrni ifodalash vositasi sifatida ham o‘ziga xos bir olam. Uning xususiyatini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fan tilshunoslik (lingvistika) deyiladi. Tilshunoslik fani bir necha tarkibiy qism, ya’ni bo‘limdan iborat. Tilshunoslik fani umuman insoniyatga xos tilni yoki ma’lum bir xalq tilini o‘rganish nuqtai nazaridan umumiy va xususiy turga bo‘linadi.

Lingvistika – til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va boshqalarga ko‘ra tilshunoslikning bir necha sohalari ajratiladi: umumiy tilshunoslik – tilni, umuman insonga xos hodisa sifatida o‘rganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritish bo‘lgan soha; xususiy tilshunoslik – ayrim bir til umumiy xususiyatlarini o‘rganadi; amaliy tilshunoslik – tildan foydalanish bilan bog‘liq amaliy masalalarni hal qilish metodlarni ishlab chiquvchi soha. Shuningdek, tilshunoslikning turli vazifalar bilan shug‘ullanuvchi matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, interlingvistika kabi sohalari ham ajratiladi.

          Umumiy tilshunoslik. Umumiy tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi, qarindoshlik aloqasi va barcha tillarning umumiy nazariy masalalarini o‘rganadi. U tilshunoslikning alohida sohasi.

            Xususiy tilshunoslik. Xususiy tilshunoslik – muayyan bir til xususiyatini tekshiradi. Jumladan, o‘zbek tilshunosligi xususiy tilshunoslik, o‘zbek tilining tovush tizimi, leksikasi, grammatik qurilishi, yozuvi, shevasi, imlo va talaffuz qoidasi, uslubini o‘rganadi.

Tilshunoslik fani bo‘limlari. O‘zbek tilshunosligi fani quyidagi bo‘limni qamrab oladi:  1. Fonetika. 2. Orfoepiya (talaffuz) . 3. Grafika (yozuv) . 4. Orfografiya (imlo). 5. Leksikologiya. 6. Frazeologiya. 7. Leksikografiya (lug‘atshunoslik). 8. Morfemika (so‘z tarkibi) . 9. So‘z yasalishi. 10. Morfologiya. 11. Sintaksis. 12. Punktuatsiya (tinish belgilari). 13. Uslubiyat. 14. Dialektologiya (shevashunoslik). 15. Etimologiya (so‘zlarning kelib chiqishi). 16. Til tarixi.  

Bu bo‘limdan har biri tilning alohidaalohida tomonini tekshiradi va, o‘z navbatida, kichik bo‘limlarga ham bo‘linishi mumkin.

            O‘zbek tilshunosligi tarixi. O‘zbek tilshunosligi tarixi – O‘zbek tilshunosligi fan sifatida quyidagi tarixiy bosqichni bosib o‘tgan: 1) eski turkiy tilshunoslik (XI–XIII asr); 2) eski o‘zbek tilshunosligi (XIV–XIX asr); 3) zamonaviy o‘zbek tilshunosligi (XX asrning 20- yillaridan hozirgacha).

Eski turkiy tilshunoslik. O‘zbek tilshunosligi fani M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari bilan boshlanadi. Asar XI asrda yaratilgan, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan.

«Devonu lug‘otit turk» uch tomdan iborat, 1915–17- yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan. Shu nashr asosida V.Brokkelman bu asarni 1928- yilda nemischa tarjimada nashr qildi. 1939- yilda Anqarada Basim Atalay tarjimasida turk tilida bosildi. Olim S.Mutallibov devon tarjimasi ustida samarali ishlab, 1960–63- yillar davomida uch tomda o‘zbek tilida nashr qildi.

Asarning lug‘at qismida 7500 so‘z sakkiz bo‘limda izohlanadi. Asarda so‘zlar ot, fe’l, yordamchi so‘z turkumiga ajratilgan.

Mahmud Koshg‘ariyning hozirgacha topilmagan turkiy til sintaksisiga bag‘ishlangan “Kitob javohir un-nahv fil-lug‘atit turk” asarini yozgani ham manbalarda qayd etilgan.

Mahmud Koshg‘ariy turkiy til qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschisidan biri bo‘lib qoldi.

Ilm-fan xazinasiga bebaho durdona qo‘shgan Mahmud az-Zamaxshariyning eski turkiy tilshunoslikda ham o‘ziga xos o‘rni bor. Zamaxshariy – yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim. Biroq uning lug‘atlarida turkiy so‘zga ham alohida e’tibor berilib, unda XII-XIII asr Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi ham o‘z aksini topgan. Mahmud az-Zamaxshariyning “Muqaddimatul-adab» asari arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan.

XIII-XIV asrda yashab ijod etgan Abu Hayyon al-Andalusiyning eski turkiy tilshunoslikda tutgan o‘rni o‘ziga xos. U turkiy va arab tili muqoyasasiga doir ko‘plab asar yaratgan, muhimi – «Kitob al-idrok li lisonal-atrok» lug‘ati. Asar 1312- yilda Qohirada bitilgan, lug‘at va grammatikadan iborat. Asarda qipchoq unsuri juda kuchli, shu bilan birga, o‘g‘uz unsuri ham uchrab turadi.

Eski turkiy tilshunoslik taraqqiyotida mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Uning taxminan XIII–XIV asrda yozilgan «Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq» («Turk va qipchoq tiliga mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob») asari arab, fors, turk, mo‘g‘ul tili qiyosiga bag‘ishlangan, u turkiy tilning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

Eski o‘zbek tilshunosligi. Eski o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotida Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Aloyi binni Muhibiy, Mirzo Mahdixon, Is’hoqxon Ibrat kabilarning lingvistik qarashi va asarlari muhim ahamiyatga ega.

XIX asrning oxiriga kelib o‘zbek tilshunosligida chor bosqinchilarining mahalliy xalq madaniyati, urf-odati va tilini o‘rganish ehtiyoji natijasida bir qancha amaliy ahamiyatga ega grammatika vujudga keldi. M.A.Terentevning «Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi» (1875)ni A.Starlevskiyning «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi» (1878) asarini, Z.A.Alekseyev va V.Vishnegorskiyning «Sort tili samouchiteli» (1884), M.Andreyevning «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma» (1896)sini, F.Mashkovtsevning «Sort tili darsi» (1899)ni, V.P.Nalivkinning «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma» (1898)sini, N.Budzinskiyning «Sort tili darsligi» (1910) ni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.

Zamonaviy o‘zbek tilshunosligi. Tom ma’nodagi fan sifatida o‘zbek tilshunosligi XX asrning 20–30- yillarida shakllana boshladi va asrning oxiriga kelib o‘zining yuqori cho‘qqilaridan biriga erishdi.

XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishida Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, Y.D.Polivanov, Qayum Ramazon, Faxri Kamolov va Ayyub G‘ulomovlarning xizmati katta.

Bu davrda o‘zbek tilining ichki qurilishi zamonaviy tilshunoslik yutug‘i asosida ishlab chiqildi va o‘zbek tilshunosligi jahon zamonaviy tilshunosligining bir bo‘lagi sifatida shakllandi. Imlo qoidasi yaratilib, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktab uchun bu tildan me’yoriy darslik, qo‘llanma va ilmiy grammatika tuzildi. Tilshunoslikning mavjud barcha bo‘limi bo‘yicha ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishi vujudga keldi.

Lug‘atshunoslik bo‘yicha olib borilgan ish nihoyatda samarali bo‘ldi. Bir tilli, ko‘p tilli va turli sohaviy lug‘at yaratilib, leksikografiya tilshunoslikning alohida, ilg‘or bo‘limi sifatida namoyon bo‘ldi.

Bu sohaning barchasi bo‘yicha 1934- yil Toshkentda ochilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, universitet va pedagogika institutlarining tilshunoslari samarali mehnat qilishdi.

1975–76- yilda yaratilgan ikki tomli «O‘zbek tili grammatikasi», 1980- yilda nashr qilingan «O‘zbek tili leksikologiyasi» nomli asar, ko‘p tomli «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi», ikki tomli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», o‘zbek tili frazeologiyasi, terminologiyasi, kasb-hunar leksikasi, Navoiy asarlari tilining lug‘ati va boshqa soha bo‘yicha ham bir qator lug‘at yuzaga keldi.

          O‘zbek o‘quv lug‘atchiligi. O‘quv lug‘atchiligi vatanimizda XXI asr boshida shakllana boshladi. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun “Ona tili” darsligiga yordamchi manba sifatida yaratilib, chop etilayotgan “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘zlar birikuvchanligi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv etimologik lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati”, “O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati” kabi o‘nlab o‘quv lug‘ati ham o‘zbek lug‘atchiligi yutug‘i.

Narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o‘xshashlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chirish vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chirish deyiladi.

Vazifaviy ko‘chirish ham o‘xshashlikka asoslanadi. Bu jihatdan u metaforaga yaqin turadi. Farq shundaki, vazifaviy ko‘chirishda tashqi ko‘rinish o‘xshashligi emas, balki vazifa o‘xshashligi hisobga olinadi. Mas., qush tanasining uchish uchun xizmat qiladigan a’zosi qanot deb ataladi. O‘xshash harakatni bajaruvchi samolyot qismi ham shunday nomlanadi. Tugmayaktakning oldini tugib yopuvchi bog‘ich nomi bo‘lgan. Hozir shu vazifani bajaradigan odatda aylana tutqich ham tugma deyiladi. Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi faqat ot turkumida uchraydi.

Zid ma’nolilik– so‘z, ibora va qo‘shimchaning o‘zaro zid ma’no asosidagi munosabati. Uning leksik (yaxshi – yomon, keng – tor), morfologik (li – siz), frazeologik (qo‘li uzun – qo‘li kalta) ko‘rinishi mavjud. Zid ma’nolilikni hosil qiladigan belgi – asos ma’nodagi zidlik. Qo‘shimcha ma’nosidagi zidlik antonimlik hosil qila olmaydi. Mas., chehra va bashara so‘zi qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Inkor yoki fe’lning bo‘lishlibo‘lishsizlik shakli ham antonimlik hosil qila olmaydi.Mas., o‘qidi va o‘qimadi fe’llari o‘zaro antonim emas. Ma’nodagi zidlik asosida bo‘ladigan inkor bilan biror narsa, belgi yoki harakatning aynan o‘zining inkor etilishini farqlash kerak. Zid ma’nolilikda, yuqorida ko‘rilganidek, o‘zaro zidlik yotadi. Bu zidlik ikki birlikning ma’nosi o‘rtasida bo‘ladi. Oddiy inkorda esa, aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bunda o‘zaro qaramaqarshi turadigan ikki narsa, ikki belgi, ikki harakat bo‘lmaydi. Mas., tun, qora, olmoq so‘zi bildirgan narsa, belgi, harakat inkor etilishi bilan tun emas, qora emas, olmadikabida oq – qora, bormoq – kelmoq so‘zidagiga o‘xshash zidlik yo‘q. Ko‘p ma’noli so‘zning zid ma’noliligi qanday ma’noda kelganligiga qarab belgilanadi. Bir so‘z har xil ma’nosi bilan har xil so‘zga zid ma’noli bo‘la olishi mumkin. Mas., qattiq so‘zi bir ma’nosi bilanyumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosi bilan esa saxiy so‘ziga zid ma’noli bo‘ladi. Qiyoslang: qattiq predmet – yumshoq predmet, qattiq odam – saxiy odam. Zid ma’noli so‘zlar juft holda qo‘llanib ko‘chma ma’no ifodalaydi: yaxshiyomon(har xil) gaplar, ertakech (doim) xayolimdasan. Zid ma’nolilik, asosan, belgi bildiruvchi so‘z – sifat va ravishda uchraydi. Ot va fe’lda kamroq: vafo – jafo, yig‘lamoq – kulmoq kabi. Zid ma’nolilikyordamida badiiy adabiyotda tazod, antiteza san’ati hosil qilinadi. Biroq zid ma’noliliknitazod va antitezaga tenglashtirib qo‘ymaslik kerak. Zid ma’noli bo‘lmagan so‘zlar ham bu san’atni hosil qilaveradi.

Zid ma’nolilikdan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini tatigan kishiga o‘xshaydi. Gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchuk juftligi ishlatilishi kerak edi.

1. azavozlik qilmoq: Ortiqcha (bekorga) yig‘i-sig‘i qilmoq, ko‘z yoshi to‘kmoq

2. bandalik qilmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

3. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

4. bandalikni topshirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq.

5. betlamaslik: nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaslik

6. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq

7. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

8. bir chaqalik: qadr-qiymatsiz

9. chakagi chakagiga tegmaslik: 1. tez va ko‘p gapirmoq; ezmalanmoq; 2. ko‘p ovoz chiqarmoq. 3. ko‘p, tinimsiz yig‘lamoq (bola haqida).

10. chang qo‘ndirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.

11. chang yuqtirmaslik: 1. gard, dog‘ tegizmaslik, ozoda tutish. 2. ko‘chma o‘ziga, nomiga dog‘ tushirmaslik, gap tegizmaslik.

12. cho‘t bermaslik: daromad olishga olib kelmaslik.

13. egardan tushmaslik: mavqeini yo‘qotganiga qaramay, o‘zini avvalgiday tutdi

14. egri qo‘llik qildi: mayda o‘g‘irlik qildi

15. ellik og‘iz: juda ko‘p

16. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

17. ichi qoralik qildi: yomon niyatli ish qildi

18. ikki ellik: qisqagina

19. jon bermaslik: taslim bo‘lmaslik, o‘zini yengilgan deb hisoblamaslik

20. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

21. kayfi chog‘lik qildi: xursandchilik qildi, dilxushlik qildi

22. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik

23. ko‘ngliga g‘ashlik soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi, tashvishli holatga qo‘ydi

24. ko‘ngliga g‘ashlik tushdi: o‘z -o‘zicha tashvish qildi

25. ko‘ngliga g‘ashlik tushgan: 1)qiziqishi yo‘qoldi, zeriktirdi 2)jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi

26. ko‘ngliga sig‘maslik: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik

27. ko‘nglini bo‘lmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

28. ko‘nglini buzmaslik: har xil o‘y-xayollarga borib, o‘zini o‘zi xafa qilmaslik

29. ko‘z ochgani qo‘ymaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq siquvga oldi

30. ko‘z ochirmaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq, siquvga oldi

31. ko‘z olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

32. ko‘zdan qochirmaslik: doim kuzatib turdi

33. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

34. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

35. ko‘ziga ko‘rinmaslik I: ro‘para bo‘lmaslik, duch kelmaslikka harakat qilish

36. ko‘ziga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

37. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

38. ko‘zini uzmaslik: muttasil qarash

39. kun bermaslik: chiqishtirmaslik, ta’bini xira qiladigan, osoyishtaligini buzadigan harakatlar qildi

40. lom demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

41. lom-mim demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

42. lom-mim demaslik: hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik

43. nafasi chiqarmaslik: hech narsa demadi, indamadi

44. nazarga ilmaslik: 1)mensimaslik, pisand qilmaslik 2) arzugulik deb, diqqatga loyiq deb qaramaslik

45. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.

46. oq ko‘ngillik: to‘g‘rilik, yomonlikni bilmaslik

47. parvoyiga keltirmaslik: e’tibor qilmaslik, o‘ylab ham o‘tirmaslik

48. pinagini buzmaslik: o‘ziga qartilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa bilmagandek tutish

49. qo‘li qisqalik qildi: cheklangan imkoniyatga ega

50. sariq chaqalik: hech

51. sazasini o‘ldirmaslik: gapi e’tiborsiz qolsa, xafa bo‘lmasin deb aytganini bajardi

52. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi

53. so‘z bermaslik I: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvda yutib chiqishga qodir bo‘ldi

54. so‘z bermaslik II: muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat berdi

55. so‘zini bermaslik: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvdayutib chiqishga qodir bo‘ldi

56. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

57. sodda dillik bilan: jo‘nlik, ishonuvchanlik oqibatida

58. sof dillik: vijdonlilik, beg‘arazlik

59. tegajaklik qilmoq: Hazil-huzul bilan, o‘ynashib tegishmoq

60. tirikchilik qilmoq: Hayot o‘tkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq

61. tirnog‘ini o‘stirmaslik: Birovning biri ikki bo‘lishiga, o‘nglanishiga, boyishiga yo‘l qo‘ymaslik

62. to‘rt ellik: qisqagina

63. uxlab, tushida ko‘rmaslik: mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik

64. uyqu bermaslik: Uxlashga qo‘ymaslik, uxlatmaslik

65. vaqti chog‘lik qildi: xursandchilik , dilxushlik qildi

66. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

67. yuragiga sig‘maslik: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik

68. yuzi chidamaslik: andisha qildi, nomus qildi

1. Asirlik – asorat – tutqunlik – qullik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Birlik – o‘nlik – yuzlik – minglik
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm ko‘lamining kengligiga ko‘ra)

4. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

5. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

6. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

7. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

8. Naqadar – nechog‘lik – qanchalik – bunchalar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

9. Nazr – ehson – qurbonlik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

10. O‘yiq – chuqur – jarlik
Ma’nosiga ko‘ra
(chuqurlik darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

11. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

12. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

13. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

14. Taqdir – qismat – yozmish – peshana – nasib(a) – ko‘rgilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

15. Turmush – hayot – tirikchilik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

16. Umumiylik – alohidalik – xususiylik
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining bog‘liqli-bog‘liqsizligiga ko‘ra)

17. Xavfli – xavotirli – xatarli – qo‘rqinchli – tahlikali
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

18. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

19. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.