1. beliga tepdi: xalaqit berdi
2. gah desa qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan: juda itoatkor qilib olgan
3. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish
4. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi
5. ko‘ngliga g‘ashlik soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi, tashvishli holatga qo‘ydi
6. ko‘ngliga g‘ashlik tushdi: o‘z -o‘zicha tashvish qildi
7. ko‘ngliga g‘ashlik tushgan: 1)qiziqishi yo‘qoldi, zeriktirdi 2)jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi
8. ko‘ngliga keldi: 1)o‘zicha o‘yladi 2) biror munosabat bilan aytilgan gapni yoki qilingan harakatni og‘rinib qabul qildi 3)hohladi
9. ko‘ngliga qo‘l soldi: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi
10. ko‘ngliga sig‘maslik: diqqatlik, xafalik tufayli mashg‘ul bo‘lolmaslik
11. ko‘ngliga tegdi: 1)yoqmay qoldi, tanasi qabul qilmay qo‘ydi 2)yoqtirmaslik hissi uyg‘ondi
12. ko‘ngliga tugdi: 1)o‘rni kelganda aytishni mo‘ljallab qo‘ydi 2)ahd qildi 3)fikran belgilab qo‘ydi 4) unutmay ichda saqladi
13. ko‘ngliga urdi: 1)qiziqishi yo‘qoldi 2)jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi
14. ko‘ngliga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi
15. ko‘ngliga vahima tushdi: kuchli darajada qo‘rqish hissi uyg‘ondi
16. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi
17. tiliga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.
18. tiliga tushdi: 1) ko‘pchilik orasida gap-so‘z bo‘ldi 2) shuhrat qozondi
19. vasliga yetmoq: Visoliga erishmoq; yetishmoq
20. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi
21. yo‘liga ko‘z tutmoq: kelib qolar degan umidda kutdi
22. zig‘ir yog‘day ko‘ngliga urmoq: qiziqishi yo‘qoldi, jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi