Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {libos}
So‘z bo‘g‘inlari: li-bos
Izoh(lar)i:
libos [li-bos ]

1. Kiyim, ust-bosh. Mana ko‘rdingizmi? Otga jabduq, odamga libos, deganlaricha bor-da. Kiyinib, tuppa-tuzuk odam bo‘ldi-qo‘ydi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. Spektakl va rejissyor g‘oyasiga muvofiq, muayyan rol, binobarin, aktyor uchun tanlanib kiydiriladigan kiyim, poyabzal, bosh kiyim, zeb-ziynat va boshqalar; spektaklni bezashning asosiy vositalaridan biri. Libos tanlashda qahramonning xarakteri yoshi o‘z aksini topadi. O‘zME

3. Badiiy tasvirda: o‘ragan, qoplagan narsaga nisbatan ramziy ma’noda qo‘llanadi. Chap tomonda esa, kuz libosini kiygan Oltinsoy qishlog‘i ravshan ko‘rinardi. I. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. Badiiy tasvirda: o‘ragan, qoplagan narsaga nisbatan ramziy ma’noda qo‘llanadi. Chap tomonda esa, kuz libosini kiygan Oltinsoy qishlog‘i ravshan ko‘rinardi. I. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kiyim
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.