Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lekin}
So‘z bo‘g‘inlari: le-kin
Izoh(lar)i:
lekin [le-kin ]

1. Mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan sodda gaplarni, mazmunan zid bo‘lsa-da, biri ikkinchisini inkor etmaydigan gaplarni bog‘laydi. Sidiqjon bilan Kanizak kelganda, zalga odam to‘lgan, lekin prezidium atrofida hech kim yo‘q edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Qilinayotgan ish-harakatning zaminida boshqa maqsad, ketidan keladigan boshqa narsa borligini ifodalash uchun ishlatiladi. [Fazliddin:] Pulni undirish uchun akam shoshmas edi, bir parcha bog‘ bizga unchalik kerak emas. Uning lekini bor, yigitcha yaqinda mardikor bo‘lib urushga jo‘nashi mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: illo [a], biroq , ammo [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ammo – lekin – biroq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.