Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lavha}
So‘z bo‘g‘inlari: lav-ha
Izoh(lar)i:
lavha [lav-ha ]

1. Silliqlangan tosh yoki metall taxta. Oppoq marmar lavha ustiga qo‘yilgan siyohdon juda yarashig‘liq edi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. Xotira yoki qisqacha tarixiy ma’lumot yozib, biror joyga o‘rnatib qo‘yilgan tosh yoki metall taxta va unga yozilgan matn, xat. Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhani o‘qib chiqqandan keyin u ham piq-piq yig‘lab yubordi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Voqea, hodisa va shu kabilar haqidagi kichik asar yoki parcha. Xayolimning oltin qayig‘i Suzar ekan bag‘ringda mag‘rur, Jilva bilan keksa tarixning Lavhalari bir-bir ko‘rinur. Uyg‘un

4. Kitobning boshiga, bob va fasllarining avvaliga sahifaning eni bo‘ylab solingan naqsh.

5. Ko‘rinish, manzara. Tezguzar da bo‘ldim. O‘tmish asrlarning xarobazor, vahima, cho‘l lavhalaridan iz ham qolmagan. Tuyg‘un, Yillar va kishilar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.