Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {latta}
So‘z bo‘g‘inlari: lat-ta
Izoh(lar)i:
latta [lat-ta ]

1. Chit buyumlarning parchasi; ishlatilgan, eski-tuski matolar. Katta-kichik xitoy vazalarni latta bilan yaxshilab artdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Umuman, ip gazlama, undan tikilgan narsalar. Yangi yor topganda, do‘stlar, eskidan kechmoq kerak, Eskini o‘lgan sanab, latta kafan bichmoq kerak. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Ipak mato. [Kumushning] Paranjisi qo‘li-da, qora atlas ko‘ylak egnida, zangor latta mursak ustida edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Dag‘l. O‘taketgan bo‘sh, noshud; shalviragan. Erkakning zug‘mi bo‘lmasa, xotinlar uni latta deydi. S. Yunusov, Oson ishning ohi bor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

2. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.