Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {latofat}
So‘z bo‘g‘inlari: la-to-fat
Izoh(lar)i:
latofat [la-to-fat ]

0. Narsa, hodisa, manzara va shu kabilarning nozik his uyg‘otuvchi go‘zalligi, yoqimliligi. Ko‘rishguncha xayr, sohillar! Xayr, shimol latofatlari! S. Akbariy

1. Latif ko‘rinish, chiroy; latiflik, noziklik, go‘zallik. Bir qiz bo‘lsa, shunchalik bo‘lar-da! Ana latofat, ana nazokat! Shuhrat, Shinelli yillar

3. Latofat (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«Latofatnoma»XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab ijod etgan Xo‘jandiy qalamiga mansub va eski o‘zbek tilining nodir namunasi. Shu davrda Xorazmda hukmronlik qilgan Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag‘ishlangan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan farqli ravishda, har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojotlar ham yo‘q. “Latofatnoma” masnaviy shaklida yozilgan. Bizgacha 4 nusxasi yetib kelgan. Ikkitasi Kobul kutubxonasi muzeyida, bir nusxasi Istanbulda, biri esa Britaniya muzeyida saqlanadi. 488- yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma 313 baytdan iborat. Asar 1980- yilda E.Fozilov tomonidan nashr etilgan. “Muborak maktublar” majmuasiga kiritilgan.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.